Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadval Qishloq xo‘jaligida davlat mulki hissasi bilan davlat investitsiyasi hajmi o‘rtasidagi nisbat


Download 1.68 Mb.
bet49/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

5.2-jadval
Qishloq xo‘jaligida davlat mulki hissasi bilan davlat investitsiyasi hajmi o‘rtasidagi nisbat


Ko‘rsatkichlar


1990


1995


2000


2002


2006


2009


Davlat korxonalari soni


786


261


47


39


28


12


Yalpi mahsulotda davlat mulki hissasi, %


34,0


2,2


1,0


0,6


0,3


0,1


Qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yalpi investitsiya hajmi,%


26,7


7,2


5,7


5,0


4,6


4,7

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, respublikamizda 1990-2009 yillarda qishloq xo‘jahgida davlat mulki hissasi hajmining pasayishi, shunga mos ravishda tarmoqda davlat invesitsiyasi hajmining pasayganligini kuzatish mumkin. 1990-1995 yillarda qishloq xo‘jaligida davlat mulki bilan yalpi investitsiya hajmi hissasi 34,0 % dan 2,2 % ga, tarmoqdagi davlat investitsiyasi hajmi 26,7 % dan 7,2 % ga keskin pasaygan va undan keyingi 2009 yilga kelib mos ravishda 0,1 va 4,7 % gacha pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan.


Qishloq xo‘jaligida davlat mulki hajmining pasayishi, tarmoqda mehnat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda investitsiya bozorlarining yaxshi rivojlanmaganligi, qishloq bozor infratuzilmasinmg takomil- lashmaganligi kabi muammolar undagi investitsion faollikning jadallashuviga to‘siq bo‘lib qolmoqda. Qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirishda nodavlat sektoming ulushi 99 % ni tashkil etsa-da, biroq, sohaning rivojlanish darajasi davlat mulki hajmi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘i rivojlanishidan ancha orqada qolmoqda. Bunga muhim sabablar sifatida qishloqda davlat mulki hajmining pasayishini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, xorijiy investorlar uchun davlat kafolatlarining pasayishi natijasida chet ellik tadbirkorlaming bunday serdaromad sohaga bo‘lgan e’tibori susaymoqda.
Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan davrda shakllangan davlat mulki va ularga egalik qilish huquqi berilgan davlat korxonalari davlat mulki asosida toiiq xo‘jalik yuritish huquqiga ega. Korxona mol-mulki bilan to‘la xo‘jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka nisbatan o‘z xohishi bilan qonun doirasida faoliyat yuritadi.


  1. Qishloq xo‘jaligida jamoa va shirkat xo‘jaliklari hamda ularning rivojlanishi

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida shirkat xo‘jaliklari jamoa mulkining pay ulushi shaklidagi mulk ko‘rinishi hisoblanadi. Pay ulushi o‘zida shunday mulk munosabatlarini ifoda etadiki, unga ko‘ra, jamoa mulkining har bir a‘zosi, pay ulushining egasi iqtisodiy faoliyatining yuqori samaradorlikka ega bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.


Jamoa mulki paylari aktsiyalar, shaxsiy hisob raqamlari, omonatlar ko‘rinishida bo'lishi mumkin. Ular quyidagi holatlarda tashkil topadi: hissadorlik jamiyatlarini tashkil etishda; mehnat jamoasi tomonidan korxona mulkini sotib oUsh va ularga mulkning bir qismini keyinchalik xodimlarga pay ulushi tariqasida taqsimlash sharti bilan tekinga berish natijasida; ijara korxonalarining pay ulushi fondi hisobiga; qo‘shma mulkni payli mulkka aylantirish hisobiga.
0‘zbekistonda paychilik asosida shirkat xo‘jaliklarini tashkil etish va uni shakllantirishning bosh asoschisi Prezidentimiz LA.Karimov ta‘kidlaganidek, “Pudrat boshqa shakllardan shunisi bilan farq qiladiki, ijarachilar yeming vaqtincha egasi boigani holda yetishtirgan mahsuloti va o‘z mehnati natijasining to‘laqonli egasi bo‘ladi”.
0‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamoa mulkining o‘ziga xos shakli - shirkat xo‘jaliklari mulki vujudga keldi. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarohk kodeksining 49-moddasiga asosan, huquqiy shaxslami qayta tashkil etishning “biriktirish, qo‘shib yuborish, ajratib yuborish, bo‘lib yuborish va o'zgartirish” kabi bir nechta turlari mavjud boiib, ulaming orasida bizning shart-sharoitga iqtisodiy samaradorlik yuzasidan eng maqbulini tanlash o‘zgartirish usulidir. 0‘zgartirish - bu korxonaning yaxlitligini saqlab qolgan holda, uning tashkiliy-huquqiy shaklini almashtirishdir. Ya’ni, o‘zgartirish usuli orqah korxona qayta tashkil etilganda, uning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu esa, qayta tashkil etilayotgan koixona mol-mulkining talon-taroj bo‘lishidan saqlaydi hamda ko‘plab kapital qo‘yilmalar sarflashni talab etmaydi. Zero, korxona qancha ko‘p parchalansa, shuncha ko‘p kapital sarf qilishga to‘g‘ri keladi.
Shu nuqtai nazardan mustaqillikning dastlabki yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan sobiq tuzum davridagi jamoa xo‘jaliklari o‘mida o‘zgartirish usuli orqali shirkat xo‘jaliklari tashkil etildi. Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu to‘g‘ri tanlangan usul, deb baholanmoqda.
Respublikamizda mustaqillikning birinchi yillarida shirkat xo‘jaliklarini tashkil etishning ikkinchi muhim omili ijtimoiy sohaga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, u xo‘jalik yuritish shakli sifatida o‘tish davri talablariga to‘la mos keladi. Unda mulkchilikning xususiy va umumiylik xususiyatlari mujassamlashgan.
Bundan tashqari, rejah iqtisodiyot davri xo‘jaliklari bir butunligini saqlagan holda, tashkiliy-huquqiy shakllarini o‘zgartirish orqali shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi. Bundan respublikamiz qishloq xo‘jaligida mavjud salohiyatning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi, balki davlatimiz mulkiy munosabatlarini va xo‘jalik qonunchiligini o‘zgartirish orqali qishloqda yirik tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi bozor sub‘ektlarini shakllantirishga erishildi.
Respublikamizda 1996 yilda 26 ta jamoa xo‘jaligini yopiq turdagi qishloq xo‘jaligi aktsiyadorlik jamoalariga aylantirish va ular faoliyatini bozor munosabatlari doirasida amalga oshirish hamda ular bo'yicha o‘t- kazilgan tajribadan keyin 1998 yilda “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shir- kat xo‘jaligi) to‘g‘risida” gi qonun va “Qishloq xo‘jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq, qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Vazirlar Mahkama- sining 299-sonli qarori qabul qilingandan so‘ng, faoliyat ko‘rsatib turgan jamoa xo‘jaliklari shirkat xo‘jaliklari sifatida qayta tashkil etila boshlandi.
Qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish va shirkat xo‘jaliklarini rivojlantirish nuqtai nazaridan respublikamiz iqtisodiy adabiyotlarda bir guruh olimlar tomonidan tayyorlangan mulkiy pay ulushi asosida qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
0‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risidagi qonunda unga shunday ta’rif berilgan: “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) bu, mahsulot yetishtiruvchi, pay usuliga va oila pudrati (ijarasi) ga, fuqarolaming ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘ektdir”. Ushbu ta’rifdan shunday xulosaga keli- nadi: birinchidan, xo‘jalik shaklini, uning tashqi ko‘rinishini, iqtisodiy mazmunini ifoda qilsa, ikkinchidan, mulkiy pay, xususiylik belgisi, xo‘- jalik a’zosi korxona mulkining ma‘lum qismiga egalik qilishi, mulk egasi ekanligi va xo‘jalik faohyati yakuniga ko‘ra, ma‘lum darajada daromad olishini anglatadi. Uchinchidan, oilaviy pudrat (ijara) korxonaning ichki tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ifoda etadi. U ma‘muriyat bilan shirkat a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi, ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida mehnatni tashkil qilishning asosiy shaklidir.
Pay mulklarga asoslangan shirkat xo‘jaligi shaklini yaratish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asosi sifatida mulkni ko‘p qirrali iqtisodiy kategoriya sifatida e’tiborga olgan holda, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar pay mulk egalari, ya’ni a‘zolar va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘rtasida sodir bo‘ladigan mulkiy munosabatlar majmuini belgilash va uni mulkiy huquqlari doirasida takomillashtirish zarur. “Demak, payli mulkchilikka asoslangan munosabatlar bozor iqtiso- diyotini yaratish va rivojlantirishning eng yuqori mahsuli hisoblanadi”.
Payli mulkchilikka asoslangan, xo‘jaliklaming ahamiyati va afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling