Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
-jadval Qishloq xo‘ja!igi korxonasida 1 tonna asosiy mahsulot tunning tannarxi, ming so‘m
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
12.1-jadval
Qishloq xo‘ja!igi korxonasida 1 tonna asosiy mahsulot tunning tannarxi, ming so‘m
Mahsulot tannarxi haqida tushuncha o'rtacha xarajatlaming, turlari va ulami aniqlash tartibi Tannarx - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun pul shaklida ifodalanuvchi iqtisodiy kategoriyasidir. Tannaix - bu aniq korxona sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining asoslangan qismi. U har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish nimaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarishga malum miqdorda ishlab chiqarish mablagl va ishchilaming Qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxi bevosita korxonaga bog‘liq bo‘lgan (ichki) va bog‘liq bo‘lmagan qator omillarga bog‘liq. Tashqi omillar-inqiroz, xom-ashyo, yoqilg‘i va boshqalaming tarifi va narxi oshishi kabilardan iborat. Ichki omillar esa korxonaning moddiy mehnat va (material) pul mablaglari resurslaridan to‘liqroq va tejamkorlik bilan foydalinishdir (ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish, mehnatni optimal tashkil etish va boshqarish va boshqalar). Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarmarxining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablari turli xil ishlab chiqarish vositalari, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i moylash materiallari xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar, xizmatlarining bahosi ortib borishi, ishlab chiqarish resurslaridan yetarlicha samarali foydalanilmayotganidir. (12.1-jadval). 12.1-jadval Qishloq xo‘jaligi korxonasida 1 tonna asosiy mahsulot turining tannarxi, ming so‘m
Mahsulot tannarxi haqida tushuncha o‘rtacha xarajatlaming, turlari va ularni aniqlash tartibi Tannarx - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun pul shaklida ifodalanuvchi iqtisodiy kategoriyasidir. Tannarx - bu aniq korxona sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining asoslangan qismi. U har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish nimaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarishga ma’lum miqdorda ishlab chiqarish mablag‘i va ishchilaming jonli mehnati sarflanadi. Ishlab chiqarishga sarflangan mablag1 korxonaning urug‘lik, yoqilg‘i, o‘g‘itlar, elektr quwati, asosiy vositalar ko‘rinishida sarflangan va uning vositalarida moddiylashtirilgan mehnatai ko‘rsatadi. Jonli mehnat haqiqiy to‘lov bo‘yicha hisobga olinadi. Tannarx o‘zida qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyatming asosiy ko‘rsatkichlaridan birini ifodalaydi, chunki, unda ulaming ishlarini sifatli tomoni, ishlab chiqarish vositalari va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasi ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining oshirilishi ish yakunida tannarxni pasaytirgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarilishi bilan belgilanadi. Chunki, tannarxning darajasi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini joylashtirish va ixtisoslashtirish mezoni bo‘hb xizmat qiladi. Bundan tashqari, tannarxni hisoblab chiqarish ishlab chiqarishning rentabelligini belgilaydi. Yalpi mahsulot tannarxi o‘zida korxonaning ishlab chiqarishga sarflangan hamma mablag‘ini ifodalaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarishga qilgan sarf-xarajatlari qishloq xo‘jaUgi ekin yerlariga ishlov berish jarayonida foydalanilgan mashinalar, mexanizmlar, boshqa asosiy fondlar, moddiy, mehnat va boshqa ishlab chiqarish resurslari sarfidan yuzaga keladi. Mahsulot birligi tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarini natural ko‘rinishdagi yalpi mahsulot hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi: h T= YAMh Mahsulot birligi ishlab chiqarishga xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarini qiymat (so‘m) ko‘rinishida yalpi mahsulot hajmiga bo‘lish yo‘h bilan aniqlanadi. Mahsulot tannarxidan tashqari ish birligining tannarxi ham (traktorlar bo‘yicha - 1 shartli etalonga, avtomobillar bo‘yicha -It km, ish hayvonlari bo‘yicha 1 ot kuchi va b.), shuningdek, 1 bosh hayvon bilan yetishtirilgan 1 ga qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun yerga ishlov berish tannarxi ham aniqlanadi. Qo‘shilgan xarajatlar hajmiga bog‘liq holda tannarx ishlab chiqarishga doir va to‘Hq (tijorat) tannarxlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish tannarxlariga ishlab chiqarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar kiradi. Tijorat (to‘liq) tannarx bu ishlab chiqarishga ham, mahsulot realizatsiyasiga ham qilingan sarf-xarajatlardir. Ma’lumotlar manbalariga bog‘liq holda hisob-kitoblari asosida xo‘jalik faoliyati bo‘yicha yil oxirida kalkulyatsiya qilinadi. U alohida ishlab chiqarish jarayonlarining ish natijalarini baholashga imkon beradi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash bilan uni pasaytirishning aniq yo'llarini belgilash, joriy yil ko‘rsatkichlarini awalgi yildagisi yoki rejali tannarx bilan taqqoslash mumkin. Rejali tannarx o‘tgan yilgi haqiqiy tannarxni hisobga olgan holda normativ ko‘rsatkichlar asosida hisoblab chiqiladi. Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar xarajatlar hisobi moddiy resurslaming asoslangan texnik normasidan kelib chiqib (urug‘liklar, o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, zaharli kimyoviy moddalar, yoqilg‘i, energiya va b.) va yordamidan oqilona foydalanish bo'yicha tavsiyalar hamda ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va turli xil hayvon hamda parrandalami o‘stirish bo‘yicha texnologik xarita asosida bajariladi. Rejali tannarxni hisoblashda moddiy, mehnat va pul xarajatlarini, umumxo‘jalik xarajatlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rezervlaridan eng to‘liq holda foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Oldindan belgilangan (taxminiy) tannarx 9 oy uchun qilingan haqiqiy xarajatlar (uch kvartal) va normativlardan foydalanib, to‘rtinchi kvartal uchun kutilayotgan ko‘rsatkichlar asosida xo‘jalik yili yakunlangunga qadar (qoidaga ko‘ra 1 oktabrgacha) aniqlanadi. Mahsulot tannarxi turh ishlab chiqarish maqsadlari bolgan xarajatlaming bir qancha turidan yaratiladi. Xarajat turlari ularning umumiy summasiga foizli nisbati tannarx strukturasini bildiradi. Ular korxonaning ixtisosiga, uning texnik jihozlanganligi va ishlab chiqarishni tashkil etishiga bogliq. Tannarx strukturasining tahlili foydalanilayotgan resurslami ochish va xarajatlami kamaytirish yo‘llarini belgilab beradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra turlicha. Ulami to‘g‘ri turkumlashtirish tannarxni rejalashtirish, hisobi va tahlilida katta rol o‘ynaydi. Ahamiyati va paydo bo‘lish o‘miga qarab xarajatlami ishlab chiqarishga va noishlab chiqarishga oid xarajatlarga bo‘lish mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan bog‘liq. Ularga o‘simlikchilik, chorvachilik, sanoat va yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish va umumxo‘jalik xarajatlari kiradi. Noishlab chiqarish xarajatlari-mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar, realizatsiya qilingan mahsulotlaming tabiiy kamayish chegarasidagi kamomadi, yuqori tashkilotlarga qilingan sarflar va shu kabilarni qamrab oladi. Korxonaning belgilangan maqsad bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga qilgan xarajatlarini asosiy va ma’muriylarga bo‘linadilar. Asosiy xarajatlar ma’lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog‘liq (urug‘lik, ozuqa, ish haqi va b.), Ma’muriy xarajatlar ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va uni boshqarish bilan bogiiq va yaxlitligicha tarmoq yoki xo‘jalik bo‘yicha hisoblanadi. Ularga ishlab chiqarish xarajatlarini qanday bo‘lsa, ma’muriy-boshqaruv xodimlarining (ish haqi, pochta, devonxona, telegraf, xizmat safari xarajatlari, ishga transport xizmati ko‘rsatish, dala shiyponlariga qilingan sarflar va b.), barcha noishlab chiqarish va unumdorligi bo‘lmagan ishlarga xarajatlar ham shunday bo‘ladi (xo‘jalik hisobidagi materiallarning buzilishi va yetishmasligi, sud va arbitraj to‘lov xarajatlari). Ular umumishlab chiqarish xarajatlari va umum- xo‘jalik sarflariga bo‘linadi. Umumishlab chiqarish xarajatlari-umumbrigada, umumferma, umum- sex va umumtarmoq xarajatlaridan tarkib topadi. Ular o‘simlikchilik, chorvachilik kabi xizmat ko‘rsatish va ulami boshqarish mutaxassislari - agronom, zootexnik, vetvrachlaming ish haqi, agrokimyoviy laboratoriyalar, vet.shifoxona, chorva mollarini so‘yish xonalarini ta’minlash, tibbiy dori-darmonlar olish, ishlarga transport xizmati ko‘rsatish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va boshqalami mablag4 bilan ta’minlashdan iborat. Umumxo‘jalik xarajatlari-xo‘jalik bo‘yicha butunicha ishni boshqarish va tashkil etish bilan bog‘liq: ma’muriy-boshqaruv xodimlari - boshliqlar, bosh mutaxassislar, iqtisodchilar, hisobchilar va boshqalaming ish haqi, xizmat safarlari va idora-devonxona xarajatlari, umuxo‘jalik ahamiyatiga molik asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar. Ularga noishlab chiqarish ham kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari taqsimoti usuli bo‘yicha harajatlar bevosita va bilvositaga ajratiladi. Bevosita xarajatlar-alohida ekinlar, hayvonlar guruhi (turi)ga taalluqli. Ularga quyidagilar kiradi: ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, chegirilgan, asosiy va qo‘shimcha ish haqlari, urug‘lik, ekish materiallari, o‘g‘itlar (organik va mineral), zaharli kimyoviy moddalar, ozuqa va to‘shama, qishloq xo‘jalik mashinalariga uskunalar, qurilish va inshootlar, ishlab chiqarishda foydalanadigan aniq turdagi mahsulotlar, joriy ta’mirlash, avtotransportlar va boshqalar. Bevosita xarajatlar o‘z navbatida bir turdagi yoki xildagi xarajatdan iborat sodda (urug‘likka, ozuqaga va b.) va bir turdagi xarajatlardan iborat va oldindan hisoblab chiqishni talab qiluvchi (yuk tortuvchi kuchlar, joriy ta’mirlash, avtotransport, elektr quwati, suv ta’minnoti va boshqalar)lardan iborat bo‘lgan murakkab yoki kompleks xarajatlarga bo‘linadi. Murakkab xarajatlar mahsulot turlari va tarmoqlar bo‘yicha bajarilgan ish hamda, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga qarab proportsional ravishda taqsimlanadi. Bilvosita xarajatlar - qishloq xo‘jalik ekinlari yoki chorvachilik mahsulotlarining bir necha turi uchun umumiy bo‘ladi. Ulami bevosita alohida ekin, hayvonlar guruhi (turi)ga, sanoat va yordamchi ishlab chiqarishga bo‘lish mumkin emas, chunki ular brigada, ferma, bo‘linma, barcha xo‘jalik bilan (umumishlab chiqarish, umumxo‘jalik) bog‘liq. Hisobot davriga nisbati bo‘yicha xarajatlar hisobot davri, kelgusi davr va oldindan turgan sarf-xarajatlarga bo‘linadilar. Hisobot davri-xarajatlari (oy, kvartal, yil) ushbu davrda bajarilgan xo‘jalik operasiyalari bilan bog‘liq va shu vaqtning o‘zidagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shilishiga mansub. Kelgusi davr xarajatlari - hisobot davrining ishlab chiqarishning kelgusi davrini ham o‘z ichiga oluvchi haqiqiy xarajatlari (hayvonlar uchun vaqtincha lager qurish xarajatlari, OAVga obuna va boshqalar). Oldinda turgan sarf-xarajatlar hah aslida ular ishlab chiqarilmagan bo‘Isa ham, hisobot davri mahsulotlari tannarxini qamrab oladi (ishchilaming ta’tillariga haq to‘lash). Amaliyotda, mahsulot tannarxiga kimvchi barcha ko‘p tarzli xarajatlarning tahlili, hisobi va rejalashtirilishi uchun bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi ikkita turi qo‘llaniladi: elementlar bo‘yicha va xarajat turlari bo‘yicha. Tannarxni kalkulyatsiya qilish bu mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish xizmatga qilingan xarajatlarning puldagi ifodasini hisoblash tizimi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish qishloq xo‘jahgi iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim shartidir. Ushbu muammoni hal qilishning bir-biri bilan bog‘Uq ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud: yer maydoni birligidan mahsulot olishni maksimal darajada ko‘paytirish va uning birligiga mehnat va mablag1 sarfini kamaytirish. Rezervlar har bir korxonada mavjud. Tannarx tuzilmasini jiddiy tahUl qihsh bilan ulami aniqlash mumkin. Tannarxning tuzilmasi (strukturasi) qator omillar ta’sirida doimiy o‘zgarib turadi: Tarmoqning o‘ziga xosligi-ko‘p mehnat talab qiladigan (tannarx xarajatlarining katta ulushi mehnatga xaq to‘lashga to‘g‘ri keladi), ko‘p mablag‘ talab qiluvchi (moddiy xarajatlar ulushi juda katta) fond hajmi katta (amortizatsiyaning ulushi juda ko‘p) va ko‘p quwat sarflanadigan (yoqilg‘i quwat resurslari ko‘p) ishlab chiqarishlarda mavjud bo‘ladi; Ko‘p rejali ta’sir o‘tkazadigan, lekin qoidaga ko‘ra, jonh mehnatning ulushi qisqarishiga va moddiylashuv ulushi ortishiga olib keluvchi ilmiy texnik taraqqiyoti; Ishlab chiqarishning umumlashish, ixtisoslashuv, kooperasiyalashuv darajasi; Korxonaning geografik joylashuvi; Bank krediti uchun foiz stavkalari va inqiroz; Tannarx strukturasining tahlili uni pasaytirish uchun qaysi yo‘nalishda choralar ko‘rish lozimligini aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarining alohida turlari, tannarxi, strukturasi limnman farqlanadi. 0‘simlikchilikda xarajatlaming asosiy ulushini ish haqi (mehnatga haq to‘lash), urug‘lik, o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallarining qiymati, chorvachilikda, ish xaqi (mehnatga xaq to‘lash) va ozuqa qiymati tashkil etadi (12.2-jadval). Xarajatlar strukturasiga inqiroz katta ta’sir o‘tkazadi. Tannarx strukturasida xarajatlar alohida moddalari ulushlari va uning kuchayishi yoki pasayishiga bog‘liq holda ortishi yoki kamayishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirish yo‘Ilari Qishloq xo‘jaligida mahsulot tannarxi pasaytirishning muhim omili, yerdan foydalanish samaradorligining o‘sishi, ekinlaming hosildorligi va hayvonlaming mahsuldorligidir. Zamonaviy texnikadan foydalanish va dehqonchilikning taraqqiy etgan tizimini joriy etish, organik va mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, zararkunandalar va o‘simliklaming kasalliklariga qarshi kurashish vositalari o‘simliklaming va hayvonlarning sermahsul nav va zotlarini keng qo‘llash 1 ga ekin yerga va 1 bosh qoramolga moddiy pul mablag‘lari xarajatlarini oshiradi, ammo bir vaqtning o‘zida ulaming mahsulot birUgidagi hisobini qisqartiradi. Shuning uchun ekinlar hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi qancha yuqori boisa, o‘simlikchilik va chorvachilikdagi mahsulotlar tannarxi shunchapastbo‘ladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling