Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet111/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

0‘quv maqsadi: Qishloq xo‘jaligining yalpi va tovar mahsuloti va tarmoqda unga bo‘lgan talabni aniqlash, yalpi mahsulotni baholash turlarini asoslash, yalpi mahsulotni ko‘paytirish yo‘llarini, ekstensiv va intensiv yo‘llami o‘rganish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlar bozorini rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatish.
Tayanch iboralar: Yalpi va tovar mahsulot, mahsulot turlari, baholash, qiymati, dehqonchilik va chorvachilik yalpi mahsulot, ekstensiv va intensiv, tovarlilik, mahsulot bozori


Qishloq xo‘jaligining yalpi va tovar mahsuloti haqida tushuncha, ularning ahamiyati

Yalpi mahsulot tarmoqda ma’lum davr mobaynida ishlab chiqilgan mahsulotlaming hamma hajmini bildiradi. U o‘simlikchilikning yalpi mahsuloti va chorvachilikning yalpi mahsulotidan iborat boiadi. 0‘simlikchilikning yalpi mahsuloti qishloq xo'jaligi ekinlarining mahsulotlarini, ko‘p yillik ko‘chatlami ekish, ulami parvarishlab o‘stirish va tug‘allanmagan ishlab chiqarishning o‘sib borish qiymatlarini hisobga olgan holda yalpi yig‘imini qamrab oladi. Chorvachilikdagi yalpi mahsulot - bu hayvonlami so‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan tayyor mahsulotlar (sut, jun, tuxum) nasi olish, yosh buzoqlar va katta yoshli qoramollami o‘sishidan vazn ortishi, shuningdek, qo‘shimcha mahsulotlardir.


Qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot natural va qiymat baholarda ifodalanadi va hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlarda u mahsulotning alohida turlari bo‘yicha aniqlanadi. Yalpi mahsulot qiymati taqqoslama va amaldagi haqiqiy joriy baholar (uning tovar qismi-realizatsiya bahosida, tovar bo‘lmagani-tannarxi bo‘yicha) shuningdek, tannarxlar bo‘yicha ham hisoblab chiqiladi.
Mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmini, unig yillar bo‘yicha o‘zgarishini, shuningdek yerdan moddiy va mehnat resurslaridan (yeming unumdorligi, fondlaridan foyda, mehnat unumdorligi va boshqalar) va boshqa maqsadlarda foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun, yalpi mahsulotlami taqqoslama baholarda baholanadi. Hozir qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ulaming pul qiymatining o‘zgarishini hisobga olgan holda-1990 va 2001 yilgi taqqoslama narxlar amal qiladi. Masalan, 1 t. bug‘doyning narxi 100,5 ming so‘mga, paxta - 5,57 so‘mga, sut-400 ming so‘mga teng. Amaldagi (joriy) narxlardan yalpi mahsulotlarni baholashda yalpi va sof daromadni hisoblab chiqishda foydalanadilar. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlarining narxi amaldagi baholarda inqiroz tufayli narx oshishi hisobiga keskin ko‘tarildi. Natural ifodadagi taqqoslama narxlarda qisqardi (13.1-jadval).
13.1-jadval
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining yalpi mahsulotlari


Ko‘rsatkichlar


2007


2008


2009


Amaldagi narxlarda yalpi mahsulot, mlrd so‘m


9304,9


11310,7


12642,6


Qishloq xo‘jaligida YAMning o‘sishi,%


106,1


104,5


105,7


Shu jumladan:
0‘simlikchilikda, mlrd. so‘m O'simlikchilik mahsulotlarining o‘sishi,%


5170,1
107,2


6051,2
102,8


7218.9
105.9


Chorvachilikda, mlrd. so‘m Chorvachilik mahsulotlarining o‘sishi, %


4134,8
104,6


5259,5
106,7


5423,7
105,5


Yalpi mahsulot: paxta, ming tonna


3683,4


3400,5


3401,9


g‘alla, ming tonna


6643,1


6735,1


7391,6


sabzavot, ming tonna


4691,9


5221,3


5704,7


kartoshka, ming tonna


1189,0


1398,7


1524,5


poliz, ming tonna


840,9


981,3


1071,0


meva, ming tonna


1270,0


1402,7


1542,9


uzum, ming tonna


878,9


792,5


899,6


go‘sht, (tirik vaznda) ming tonna


1208,7


1381,3


1367,7


sut, ming tonna


5097,5


5426,3


5779,0


tuxum, mln dona


2220,4


2431,5


2715,9

Qishloq xo‘jaUgining yalpi mahsuloti yalpi aylanma usuli bilan aniqlanadi.


Yalpi mahsulot - bu ma’lum davrda korxonaning hamma tarmoqlari tomonidan ushbu mahsulot korxona ichida foydalaniladimi yoki kelgusi ishlab chiqarilishi uchunmi, yohud boshqa tomonga realizatsiya qilinishdan, qat’iy nazar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlar hajmining qiymati yalpi mahsulotni aniqlashda oraliq mahsulotlaming ikkilangan hisobga olishga - urug‘liklar ozuqa va boshqa yo‘lga qo‘yiladi.
Yalpi mahsulot - qishloq xo‘jaligini birlashtirilgan ijtimoiy mahsulotlardagi ulushining ishlab chiqarishning tarmoq strukturalari ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi xo‘jalikning alohida tarmoqlari bo‘yicha aniqlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish miqyosini xarakterlovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich uning yordamida korxona xo‘jalik faoliyatining natijalarini ob’yektiv baholashga imkon bermaydigan qator kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, yalpi mahsulot o‘zida jonli mehnatni qanday bo‘lsa, moddalashgan mehnatni ham shunday qo‘llanganlik natijalarini aks ettiradi, buning oqibatida yalpi mahsulot bo‘yicha hisoblab chiqilgan ko‘rsatkichlar, jonli mehnatning roli haqida aniq tasavvur bera olmaydi, chunki uning hajmi moddiy resurslar miqdori bilan bog‘liq; ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining uning o‘simlikchilik va chorvachilik bo‘yicha so‘mmasi sifatida hisoblangan va u qayta hisoblashga yo‘l qo‘yadi (korxonada ishlab chiqilgan va o‘sha yilning o‘zidayoq iste’mol qilingan ozuqa ikki marta hisobga olinadi: o‘simlikchilik mahsulotlarining bir qismi va chorvalik mahsulotlari tannarxiga qilingan xarajatlarning tarkibiy element! sifatida); uchinchidan, yalpi mahsulotlami joriy narxlarda baholashda uning Haqiqiy bahosi pasayib yoki ko‘tarilib ketadi, chunki mahsulotning tovar bo‘lmagan qismi bozor narxidan past yoki baland bo‘lishi mumkin bo‘lgan tannarx bo‘yicha baholanadi; to‘rtinchidan, taqqoslangan baholarda hisoblab chiqilgan yalpi mahsulot ko‘rsatkichi mahsulot sifatini aks ettirmaydi.
Tovar mahsulotlar - bu yalpi mahsulotning realizatsiyaga mo‘ljallangan bir qismi. Tarmoq, korxona tashqarisiga chiqarilgan hamda iste’molchi yoki savdolashuvchi tashkilot tomonidan haqi to‘langan tovar mahsulotining qismi realizatsiya qilingan mahsulot deyiladi. Biroq, amaliyotda va qishloq xo‘jaligi adabiyotlarida bu tushuncha sinonim sifatida ishlatiladi va tovar mahsuloti deganda realizatsiya qilingan pul tushumi sifatida ko‘rinadigan mahsulotlar tushimiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining hisobot-statistik materiallaridan tovar mahsulotlari o‘tkazilmaydi. Tovar va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar amaldagi narxlarda hisoblab chiqiladi.
Korxona va tarmoqlaming tovar mahsulotlarini farqlash lozim. Korxona tarmoqlarining alohida turdagi mahsulotlarining tovarliligini

ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar-yer maydoni birligiga yoki chorva moli bosh soni hisobiga tovarlilik darajasi, tovar mahsulotlarining umumiy hajmi, tovar mahsulotining hajmi hisoblanadi.


Tovar (realizatsiya qilingan) mahsulotining (TM) yalpi mahsulotga nisbatini anglatuvchi muhim ko‘rsatkich-tovarlilik darajasi deyiladi%:
TM
Td = xlOO
YAM
Alohida turdagi mahsulotlaming tovarlilik darajasini aniqlashda (g‘alla, paxta, sut va hokazo) yalpi va realizatsiya hajmini natural ifoda tarmoqlar yoki korxonalar bo‘yicha bir butun-qiymat ko‘rsatkichlarida hisoblab chiqishi mumkin.
Bu holda yalpi va realizatsiya qilingan mahsulot yagona narxda masalan, taqqoslama baholarda hisoblab chiqilishi muhim.
Qishloq xo‘jahgi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi, xo‘jalik toifalari bo‘yicha keskin farqlanadi. Tovarlilikning eng yuqori darajasi, qishloq xo‘jaligi korxonada, eng past - aholi xo‘jaliklaridir. Bu qishloq xo‘jaligini yuritish maqsadlariga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik korxonalarining maqsadi sotish uchun mahsulot ishlab chiqarish, aholi xo‘jaliginiki esa-oilasining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi, hamma tarmoqdagi xo‘jaliklarda pasaydi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasini oshirishning zamonaviy sharoitdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
  • qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining ortishi va chorva mollarining mahsuldorligi hisobiga (masalan, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan navlarning va gibridlaming hosildorligi, faqat 30-50 %) yalpi mahsulotning ortishi (13.2-jadval);


  • mahsulotlami xo‘jalik ichidagi ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflashni qisqartirish (umg‘lik, ozuqa, xom-ashyo va boshqalar);


  • urug‘lik va ozuqalar sifatini yaxshilash ulami sarflashda tejamkorlik;


  • ishlab chiqarishni saqlash va yuklab tushirish jarayonida yo‘qotishlami kamaytirish;


  • mahsulot sifatini oshirish;


  • qishloq xo‘jalik korxonasida marketing xizmatini tashkil etish.




13.2-jadval
Barcha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi (ishlab chiqarishning umumiy hajmidan realizatsiya
qilingan) %


Mahsulotlar


2005


2006


2007


2008


2009


Paxta


100,0


100,0


100,0


100,0


100,0


G‘alla


52,8


52,6


50,9


51,2


62,0


Kartoshka


11,0


11,2


12,5


12,8


12,0


Sabzavotlar


21,4


22,4


21,5


20,8


20,9


Chorva mollari va parrandalar (tirik vaznda)


57,1


58,7


56,3


57,1


58,2


Sut


50,0


49,9


50,5


51,8


50,8


Tuxum


68,3


68,6


68,4


68,5


70,1



  1. Qishloq xo‘ja]igining yalpi mahsuloti tarkibi, o‘zgarishi, sifati va raqobatbardoshliligi

Agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishi (ASM) tovarlilik darajasi salmoqli darajada bozor konyunkturasi, taklif va talabalar bilan belgilanadi.


Korxonaning chidamliligi (yashovchanligi) uning tovar va xizmatlar bozorida barqaror holati raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilandi.
Bozorga chiqarilgan har qanday mahsulot xaridorlar talabini qondira olish darajasi tekshiruvidan o‘tadi. Xaridor hamisha o‘z ehtiyojini yaxshiroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi.
Raqobatbardosh mahsulot bozordagi o‘xshashiga nisbatan yuqori darajada, iste’molchilar talab qiladigan xususiyatlarga ega bo‘ladi va buning natijasida yuqori talabga erishadi. . Raqobatbardoshlikni raqobatchilar mahsulotiga solishtirish yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Chunki tovar mahsulotlarining raqobatbardoshligi nisbiy tushuncha u aniq bozorga va sotish vaqtiga (ayniqsa, qishloq xo‘jahgi mahsulotlari uchun) qattiq bog‘langan.
Raqobatbardoshlik asosan, ikki usul bilan aniqlanadi: mahsulotning bahosi va sifati bilan, binobarin, ikkinchi omil asta-sekin yetakchi bo‘lib oladi. Mahsulot sifati iste’molchilar qiymati bilan ajralmas holda bog'liq. Iste’molchilami mahsulotning tabiati emas, uning tovar bo‘la olishi qiziqtiradi. Oldi-sotdi amalga oshirilayotgan paytda, xaridor ushbu tovaming bozor shartlariga mosligini tasdiqlaydi. Bunday mahsulotning raqobatbardoshligi shuncha yuqori boiadi.
Mahsulotlar sifati-uning o‘z vazifasiga ko‘ra mos ravishda ma’lum talabni qondirishga asoslanadigan xususiyatlarining yig‘indisi. Xaridor uning qanday o‘ziga xos talabini qondirishiga qaramasdan o‘zining iste’mol talabiga javob beradigan mahsulotni sifatli deb biladi. Bir mahsulotning sifati, undan bitta maqsad yoiida foydalanish uchun yuqori yoki past deb bilinishi mumkin. Masalan, arpadagi oqsilning ortishi uning yem-xashak sifatida qimmatini oshirsa-da, pivo tayyorlash mahsuloti sifatini pasaytiradi.
Mahsulotning raqobatbardoshligi xaridor uchun qiziqish uyg‘ota oladigan o‘ziga xos xususiyatlari (masalan, o‘lchami, yangihgi, mevasining mazasi) bilangina belgilanadi. Boshqa hamma parametrlari (masalan, shakli, meva rangi) raqobatbardoshlikni baholashda hisobga olinmaydi. Raqobatli bozoming rivojlanishini mahsulot sifatini yaxshilash darajasi va o‘sishi ko‘rsatib beradi. Shu sababli, tovar ishlab chiqaruvchilar oldida sifatni rejalashtirish va uni boshqarish uning ma’lum darajasiga yetish xarajatlarining eng tejamli variantini tanlashni hisobga olish masalasi turadi. Bu muammolaming hammasi korxonada sifat standartlari tizimini joriy etish bilan hal etiladi.
Standartlashtirish-bu iste’molchining o‘ziga qulay narxda ko‘nglidagidek tovarni sotib ohsh huquqini ta’minlovchi talablami norma, tartib-qoida va xarakteristikalami ishlab chiqish va o‘matishga yo‘naltirilgan faoliyat. U standartlami ishlab chiqish, nashr etish va qabul qilishda ifodalanadi.
Standart-ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan, standartlash- tirishning ma’lum obyektiga tegishli umumiy qoidalari xarakteristikalari, talab va uslublari belgilangan normativ texnik hujjat, standartlashtirish obyekti aniq mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlar, normalar, metodlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga standartlar ushbu mahsulot tovar sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha javob berishi kerak bo‘lgan shart va talablami belgilaydi. Ularda shuningdek, mahsulotni o‘lchash, nazorat qiHsh va sinov usullarida ham reglamentlanadi. Standartlar majburiy standartlar qat’iy bajarihshiga mo‘ljallangan. Tavsiya qilinadigan istiqbolh standartlaming farqi shundaki, ularda nafaqat ishlab chiqarishda
foydalanib bo‘lingan sifatning talab va ko‘rsatkichlari, shuningdek, kelajakda o‘zlashtirilishi zarur bo‘lganlari ham belgilab qo‘yilgan.
Mahsulot sifati xarakteristikasi uchun xalqaro (ISO) davlat va davlatlararo standartlardan (GOST), 0‘zbekistonning davlat standartla- ridan (GOSTR), tarmoqlarga oid standartlardan (TST), korxona standartlaridan (KTP) foydalaniladi va ular korxonalaming o‘zlarining ichki ehtiyojlari va ulaming birlashmalari uchun tuzilgan ilmiy texnik va injinerlik jamiyatlari (ITI), texnik shart-sharoitlar (TSH) standartlaridan foydalaniladi.
Korxonalaming standartlarini korxonalaming o‘zlari ishlab chiqadi va qabul qiladi. Bunday hollarda standartlashtirish ob’yektlari odatda faqat ushbu korxonada qo‘llaniladigan texnologik opyeratsiyalar, qoidalar, talablar va boshqa metod hamda yo‘llardan iborat bo‘ladi. Korxonaning ta’minlanadigan standartlari tasdiqlanilmaydi.
Ilmiy-texnik muhandislik jamiyatlarining standartlari qoidaga ko‘ra umuman, mahsulotlaming yangi turlariga ishlab chiqiladi. Ijtimoiy birlashmalari, ushbu standartlar orqali jahon ilmiy-texnika yutuqlari, fundamental va amaliy tadqiqotlarning diqqatga sazovor tomonlarining tarqatilish maqsadlarini kuzatib boradilar. Bunday standartlardan ixtiyoriylik asosida foydalaniladi.
Texnik shartlari davlat yoki tarmoq standartlashtirilishiga istisno qilingan holda (Masalan, “Sabzavot ekinlari urug‘larining sifatiga talablar”) mahsulotlaming alohida turiga belgilanadi. Texnik shartlar tarmoqlar nuqtai nazari bo‘yicha tasdiqlanadi.
Davlat standartlarini 0‘zbekiston xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida qo‘llash majburiydir: tarmoqlarga oid va texnikni-ushbu tarmoqning hamma korxona va ushbu tarmoq mahsulotining iste’molchilar; korxona standartlari faqat ma’lum xo‘jaliklar uchun majburiy.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan standartlami shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
  • sifatiga, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlar talablar qo‘yadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlari;


  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga kelib tushuvchi mahsulotlarga (o‘g‘itlar, texnika, materiallar va boshqalar);


  • texnik standartlar-mexanizatsiyalashgan ishlov berishning namuna- viy texnologiyalariga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, tovar sifatida ishlov berish, joylashtirish (o‘rash), yuklab-tushirish va saqlash.


Hozirgi sharoitda mahsulot sifati korxona xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshiruvchi muhim omil, shiming uchun unga doimiy ahamiyat bermoq zarur. Sifatni ta’minlash va saqlash bo‘yicha hamma jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga biriktirilgan.


Qishloq xo‘jaligi korxonasi mahsulotlarining sifatlari ko‘pgina omillar, birinchi navbatda ishlab chiqarish resurslari sifati ishtiroki va ta’sirida shakllanadi (yerga moddiy va mehnatga oid).
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va ishlab chiqarish resurslari sifati orasida chambarchas bog‘liqlik bor.
Tuproq-o‘simliklarnmg rivojlanishi va oziqlanishidagi asosiy muhit uning xususiyatlariga nafaqat hosildorlik, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatiga ham bog‘liq. Serunum tuproqda o‘stirilgan ko‘pgina mahsulot turlari o‘ta yuqori sifatga ega bo‘ladi.
Asosiy va moddiy aylanma vositalaming eng yuqori sifatiga oid xarakteristikalari bevosita eng yaxshi sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Masalan, yuqori ekish konditsiyasi bo‘lgan urug‘likdan foydalanish nafaqat qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, shuningdek, hosilning sifatini ham oshirish imkonini beradi, chorvachilik mahsulotlari va ishlab chiqarishini ko‘paytirishga esa ozuqalaming to‘yimlilik sifati katta ta’sir o‘tkazadi. Ishonchli, yuqori unumli texnika hamma agrotexnik usullami o‘z vaqtida optimal muddatlarda va sifatli o‘tkazish ham mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi.
Mahsulot sifatini ta’minlash va uni doimiy yaxshilab borishdagi hal qiluvchi omil mehnat resurslari tarkibini mukammallashtirishdir. Ishchilarning malakasi sezilarli darajada bajariladigan ish sifatini belgilaydi. I klassli mexanizator in klassliga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlarini yuqoriroq sifatda bajaradi. Shu bilan birga bajariladigan ish sifati, ko‘p darajada moddiy rag‘batlantirishlarga ham bog‘liqhgini unutmaslik kerak, bajarilgan ish va ishlab chiqarilgan mahsulot sifati o‘zaro bog‘lanishi zarur.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati yetishtiriladigan ekinlar navining o‘ziga xos xususiyatlari, chorva mollari va parrandalaming zot tarkibiga bog‘liq.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling