Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadval Qishloq xo‘jaligi korxonada asosiy turdagi mahsulotlar tannarxining strukturasi (hamma xarajatlar -100 %)


Download 1.68 Mb.
bet109/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

12.2-jadval
Qishloq xo‘jaligi korxonada asosiy turdagi mahsulotlar tannarxining strukturasi (hamma xarajatlar -100 %)


Xarajat moddalari


G'alla
(don)


Paxta


Sut


Yirik shoxli qoramolchilik vazninmg tvrtishi


Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirmalar bilan mehnatga haq to‘lash


20,4


24,4


15,0


11,9


Urag'lik va ekish materiallari


5,2


4,9

-

-



Mineral va organik o‘g‘itlar


7,9


8,1

-



-


0‘simlik va hayvonlami himoyalash vositalari


0,4


0,5


0,9


1,1


Ozuqa


-


-


40,6


58,8


Asosiy vositalami saqlash
Shundan:
Neft mahsulotlari


40,3


31,9


5.8


7,2


Amortizatsiya


4,2


4,7


6,5


5,6


Ta’mirlash


1,9


2,8


1,7


1,0


Ishlar va xizmatlar


5,3


7,7


19,1


12,4


Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish


8,9


11,4


8,3


1,9


Boshqalar


5,5


3,6


2,1


0,1

Chorvachilikda chorva mollarining mahsuldorligi pasayganda mah­sulot birligiga ozuqa sarfi ortadi. Agar yil davomida sigirlardan 1800 kg sut sog‘ib olinganda 1 ts sut ishlab chiqarish uchun 3000 kg sut sog‘ib olishga qaraganda 35 % ko‘p ozuqa sarflanadi, ya’ni ozuqalammg salmoqli qismi hayvonlaming hayot faoliyatini qo‘llab turishga sarflanadi. Mahsuldorlik ortganda, mahsulot birUgiga ozuqa sarfi kamayadi.


Masalan, bir bosh sigirdan yil davomida 3000 kg sut sog‘ib olinganda ozuqalaming umurrtiy sarfida qo‘llab turuvehi ozuqa 48 % 1800 kg sog‘ib olinganda esa 60 % bo‘ladi. Qoramol go‘sht uchun boqilganda agar, sutkalik tirik vaznining ortishi 500 g. bo‘lsa, 1 kg tirik vaznining ortishi uchun 4,6 ozuqa birligi, sutkalik tirik vazni 400 g. oshganda esa - 5,3 ozuqa birligi sarflanadi.
Hayvonlar mahsuldorligining oshishiga proteinga, aminokislotalarga, mikroelementlar va vitaminlarga balanslashtirilgan to‘laqonli ozuqalar to‘g‘ri va yaxshi parvarishlash va boqish, bo‘rdoqiga va yaylovda boqishning jadal usullarini joriy etish, naslchilik ishlarini mukammallashtirish kabilar bevosita ta’sir qiladi.
Chorvachilik mahsulotlari tannarxini kamaytirishda to‘ laqonli ozuqalar alohida o‘rin tutadi.
Ozuqalarda u yoki bu elementning yetishmasligi mahsulot birligiga qo‘shimcha sarf qilinishiga olib keladi.
To‘laqonli boqishda 1 kg sut ishlab chiqarish uchun 1-1,2 ozuqa birligi, yirik shoxli qoramollaming tirik vazni 1 kg ga. ortishi uchun- kamida 5-6 ozuqa birligi sarflanadi. Hayvonlaming yoshini, fiziologik holatini yil faslini, o‘stirish va boqish davrini hisobga olib, ratsionlar to‘g‘ri tuzilsa, ozuqalar sezilarli tejaladi.
Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘llaridan biri-mehnat unum- dorligini oshirishdir. Buning hisobiga qishloq xo‘jaligidan olinadigan har qanday mahsulotning ko‘payib, o‘sishiga erishiladi. Mehnat unumdorligi va tannarx orasida chambarchas bog‘liqlik mavjud. Mehnat unumdor- ligining oshirilishi tannarxning pasayishi uchun salmoqli ahamiyatga ega. Shu bilan birga, mehnat unumdorligining o‘sish sur'ati ish haqining o‘sish sur’atidan oldinga o‘tib ketmog‘i muhim, Qishloq xo‘jaligi mehnat resurslaridan yaxshiroq foydalanish, kompleks mexanizatsiyani, mashinalar tizimini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish zarur. Boshqa tomondan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va sifatini yaxshilash uchun ishchilaming moddiy va ma’naviy man- faatdorligini yaratish talab etiladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning ya’na bitta yo‘li-moddiy xarajatlami iqtisod qilish: urug‘lik (yuqori sifatli urug‘lami ekish); ozuqa (ulaming narxini arzonlashtirish, oqilona foydalanish, saqlash va transportga yuklab tushirishdagi yo‘qotishlami bartaraf etish hisobiga); transport sarflarini yoqilg‘i-moylash xarajatlarini ehtiyot qismlar va boshqalarga sarflami qisqartirish.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berishda resurslami tejovchi texnologyalardan foydalanib, moddiy resurslar sarfini qisqartirish mumkin. Bunday texnologiyalami joriy etish moddiy xarajatlami 30-40 % ga, ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini 15-20 % ga pasaytirish imkonini beradi.
Mahsulotlar tannarxining pasayishiga ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni yaxshilash ham katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki xarajatlaming sezilarli ulushi, amortizatsiya chegirmalariga to‘g‘ri keladi. Xo‘jalik ishlab chiqarish vositalari bilan qanchalik yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, ulardan shunchalik yaxshi foydalaniladi, mahsulot esa ko‘proq chi- qariladi.
Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni, ulaming strukturasini mukammallashtirish ortiqcha vositalami ishlab chiqarishdan olib tashlash yo‘li bilan yaxshilash mumkin. Iqtisodiy ishlab chiqarish bino (inshooti)ni qurish, ulaming umumiy hajmidagi asosiy vositalaming faol qismining ulushini ko‘paytirish; mashina va uskunalardan yaxshiroq foydalanish, bitta traktor, kombayn, avtomobil hisobiga ishlab chiqarishni (kunduzgi smenadagi, mavsumdagi) oshirish; davr strukturasini yaxshi­lash; ishlab chiqarish fondlarining xarajatlarini qoplashni tezlashtirish.
Tannarx strukturasida umumishlab chiqarish va umumxo'jalik xarajatlari ham sezilarli ulushni tashkil qiladi. Ma’muriy — boshqaruv apparatidagi ortiqcha shtatlami bartaraf etish, korxonaning tashkiliy - xo‘jalik strukturasini mukammallashtirish yo‘llari bilan ulami pasaytirish zarur.
Qishloq xo‘jaligi uchun xarakterli bo‘lgan ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishda hosilni yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashdagi yo‘qotishlami bartaraf etish; xo‘jalikda tez buziladigan va transportda tashishga qulayligi ham mahsulotlarni qayta ishlashni tashkil etish; eng kam mehnat va mablag1 sarflagan holda mahsulot ishlab chiqarishni maksimal darajada ko‘paytirish maqsadida ilmiy asoslangan ixtisoslatirish; mahsulotlarni o‘z vaqtida realizatsiya qilish va har qanday noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish.
Tannarxni kamaytirish (pasaytirish)ning ko‘rib chiqilgan yo‘llari tarmoqlarda va qishloq xo‘jaligi korxonasida ehtimol tutilgan choralaming hamma kompleksini batafsil yoritmaydi. Ular faqat ishning umumiy yo‘nalishi, haqida tasawur beradi va korxonalarda ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy o‘ziga xosliklami hisobga olib, ishlab chiqiladigan aniq dasturlarga asos bo‘lmog‘i kerak. Shu bilan birga,
qo‘shimcha moddiy xarajatlami qoplash va mahsulot tannarxi pasayishi oqibatida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi oshishi uchun xo‘jalikni ishlab chiqarishning mukammalroq vositalari bilan ta’minlash zarur.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling