Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Suv iste’molchilari uyushmasi. Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari


Download 1.68 Mb.
bet61/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Suv iste’molchilari uyushmasi. Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari

0‘zbekiston Respublikasida suvga bo‘lgan talabni qondirish muammolarini yechish barchaning zimmasidagi vazifadir. Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlashda suv ob‘ektlaridan tejamli foydalanish, suvni me‘yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solish zarurdir. Suv bilan ta’minlash va sug‘orish ishlarini magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob‘ektlari bajaradi. Suvlardan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi rejalariga asosan amalga oshiriladi.


Suvdan maxsus foydalanish ruxsataomasi bo‘lganlarga suv limit bo‘yicha beriladi. Suvdan foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Vazirlar mahkamasi esa suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, nazorat qilishni amalga oshiradi. Suv olish va uning hisob-kitobini yuritish suv xo‘jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar sug‘orishni ichki suv yo‘llari, drenaj, suv chiqarish quduqlari yordamida amalga oshiradilar.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi PF-3226-sonli Farmoniga asosan respublikada fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish deb

belgilandi. Farmonga muvofiq respublika qisliloq va suv xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv xo‘jaligida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma'muriy-hududiy boshqarishdan havzaviy boshqarish printsipiga o‘tkazildi.


Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uch yo‘naUsh bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling