Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Qishloq xo‘jalik yerlarini baholash, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer monitoringi
Qishloq xo‘jalik yerlarini baholash, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli
Qishloq xo‘jalik yerlati xalqimiz uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish tuproqning sifat jihatdan baholanishiga bog‘liq. Chunki tuproq unumdorligi yuqori bo‘lsa, mahsulotning sifatli yetishtirilishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Yeming sifat jihatdan baholanishi ekin maydoni - dalaning har bir kartasiga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari o‘tgan 3-5 yilning yakunlariga solishtiriladi. Bu usulni odatda yemi pasportlash deyiladi. Yer kadastrlari deb, dalalar kartalarini bir-biriga har tomonlama solishtirish asosida ulami iqtisodiy baholashga aytiladi. Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizirnini bozor mimosabatlarida shaldlantirib, iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalariga suvni yetkazib berish va undan foydalanishda yeming meliorativ holatiga, shuningdek melioratsiya tizimiga e’tibor berish kerak. Irrigatsiya deganda, suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyati tushuniladi. Melioratsiya esa yeming tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlarining jamlanmasidir. Yer-suv resurslaridan foydalanishda davlat roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan yer va suv xo‘jaligiga doir iqtisodiy islohotlar olib boriladi, qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqariladi. 0‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan unumli foydalanish uchun "Yer to‘g‘risida" gi Qonun va "Yer kodeksi" Vazirlar Mahkamasining "Yer monitoringi to‘g‘risida" gi Nizomi kabilar, suv resurslaridan samarali foydalanish uchun "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunlar qabul qilingan. Yer monitoringi - yer tarkibidagi o‘zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlar oldini olish, yerlami baholash, salbiy oqibatlami tugatish uchun yer fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir. 0‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari, (mulkchilik va xo‘jalik shaklidan qat‘iy nazar) qanday maqsadda foydalanilishiga qaramay monitoring ob‘yekti sifatida tan olingan. Davlat yer kadastrlari yuritish, yer resurslaridan foydalanish, yer tuzish, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yerlami muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi. Yer monitoringi 0‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari" bosh boshqarmasi, 0‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlaming bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. 0‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtiradi. Monitoring tadqiqotlarini olib borishda asosiy maydonlami tanlash, vaqt o‘tishi bilan tuproqlaming asosiy xususiyatlari o‘zgarishini tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan ekologik maydonlarda tuproqning holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlami asoslash, tuproqning holatini kuzatish va ma’lumotlami to‘plash hamda ularga o‘zgarishlar kiritish ishlarini olib boradi. Qishloq xo‘jalik yerlari tuproqning suv, shamol erroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarishi jarayoni monitoringi; yerlaming zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; o‘simliklarning zaharli ximikatlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproq tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer kadarstrini tuzishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi; yerdan foydalanishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; yeming sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish; yemi baholash, bunda bonitetlash va iqtisodiy baholash ham hisobga kiritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish, yerlami xususiylashtirish, ularga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish tuman hokimlari tomonidan qaror qabul qilingach, yer uchastkalarining chegaralarini aniqlab, hujjatlami rasmiylashtirib berilgandan keyin shu asosda'amalga oshiriladi. Yeming sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish, yer mulkining ob‘ektlari bo‘yicha, foydalanuvchilar yer uchastkalariga qarab, shuningdek, ekin maydoni turlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Yemi iqtisodiy baholash orqali esa yeming ishlab chiqarishga qanchalik yaroqlihgini ko‘rish mumkin. Bunda albatta tuproq unum- dorligi ham rol o‘ynaydi. Tuproq unumdorligi hosildorlik, mahsulotni sotish bahosi, tannarx orqali aniqlanadi. Tuproq unumdorligini aniqlashda ball bonitetiga e’tibor qaratiladi. Yer bonitlrovkasi - bu tuproqning unumdorligiga ko‘ra yerlami bir- biriga taqqoslash, solishtirish bahosidir. U agrotexnik tadbirlar va yerga ishlov berish intensivligi darajasida o‘tkaziladi. Bonitirovka qilishdagi ko‘rsatkichlar tizimda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi bilan birgalikda tuproq turlari va tarkibi, xususiyatlari (fizik holati, gumus, mineral o‘g‘itlar, namlik o‘tkazuvchanligi) ham e’tiborga olinadi. Natijada ball bonitet hisoblanib, guruhlar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Shunga ko‘ra bonitet - tuproqning tabiiy unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, u 100 ballik shaklda baholanadi. Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlash esa suv ob‘ektlaridan suvni me‘yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solishdan iborat. Davlat bu ishlami nazorat qilish maqsadidal993 yilda "Suv va Suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunni qabul qildi. Qonun bob, 119-moddadan iborat bo‘lib, suvga doir munosabatlami tartibga sohsh, suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘lanib ketishdan saqlash, unga zararli ta’sirlaming oldini olish, suv ob‘ektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suv ta‘minoti korxonasi bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlami yaxshilash, suvdan unumli foydalanishning huquqiy asoslaridan iborat. Suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, nazorat qilishni Yazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuningdek, yer monitoringi kabi suv monitoringi degan tushuncha ham mavjud. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlaming sabablari va oqibatlarini o'rganib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belilangan tartibda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Davlat yer va suv resurslarini isrof qilmasdan, ulardan unumli foydalanishni soliqlar bilan ham nazorat qihb turadi. Umumiy aytganda yagona yer solig‘i bilan tartibga solib turadi. Yagona yer solig‘ining maqsadi yerdan ratsional foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yer muhofazasi va unga mulk sifatida qarash, tuproq unumdorligini oshirish hamda turli toifa yerlarda ijtimoiy-iqtisodiy shaklda tenglik tamoyili asosida xo‘jalik yuritishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Yagona yer solig‘iga har yili yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulk egalari tortiladilar. Ijara haqi vaqtincha foydalanish uchun ijaraga olgan sub‘ektning yer egasiga beradigan haqidir. Uning miqdori shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yer bahosi esa yer munosabatlarini amalga oshirish va yoiga qo‘yishda, yemi mulkka aylantirishda meros qilishda va hokazolarda ahamiyatlidir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling