Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Bob. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy-texnika resurslari haqida tushuncha, ularning ahamiyati, xususiyatlari va turkumlashtirilishi
Bob. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish
0‘quv maqsadi: Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari, fan- texnika taraqqiyoti va intensiv texnologiyalaming mazmun-mohiyati, qishloq xo‘jahgida moddiy-texnika resurslarining hususiyatlarini, fan- texnika taraqqiyotining yo'nalishlari va unga oid chet el ilg‘or tajribalarini o‘rganish, moddiy-texnika resurslaridan oqilona, to‘liq va samarali foydalanishda ilg‘or, intensiv texnologiyalami qo‘llashning ahamiyatirii va moddiy-texnika resurslarining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashni o‘rgatish. Tayanch iboralar: moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, intensiv texnologiya, tuproq unimdorligi, chorva xayvonlarining mahsuldorligi, mehnat unumdorligi, mexanizat- siyalash, elektrlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolashtirish. Moddiy-texnika resurslari haqida tushuncha, ularning ahamiyati, xususiyatlari va turkumlashtirilishi Xo‘jalik faoliyatining zarur elementi sifatida moddiy-texnika resurslari muhim ahamiyatga ega. Moddiy-texnika resurslari tarkibiga ko‘p turdagi unsurlar kiritiladi: ishlab chiqarishning moddiy vositalari bo‘lmish binolar, inshootlar, mashinalar, urug‘liklar, o‘g‘itlar, qurilish materiallari va yoqilg‘i kiradi. Moddiy-texnika resurslarisiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari (tovar va xizmatlari) ishlab chiqarishni tashkil etib bo‘lmaydi. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari va boshqa turdagi resurslar o‘rtasida juda katta bog‘lanish mavjudki, bu bog‘lanish bevosita ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bir turdagi moddiy-texnika vositalari- dan (yem-xashak, o‘g‘itlar, qurilish materiallari va hokazo) foydalanish moddiy biologik resurslar (mahsuldor chorva va parranda, baliq, suv, o‘t- lar, o‘simliklar va hokazo) bilan birgalikda mahsulotning moddiy asosini tashkil etadi. Boshqa turdagi moddiy-texnika resurslari (ish qurollari, mashinalar, texnologik uskunalar, yoqilg‘i moylash materiallari, veterinar preparatlar, o‘simliklami himoyalash vositalari, xo‘jalik asbob-uskunalari va hokazo) esa tayyor mahsulotni shakllantirishda faol ravishda ishtirok etadi. Moddiy-texnika resurslarining yana bir qismi (energitik mashina, uzatish uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish bino va in- shootlari va hokazo) ishlab chiqarish jarayonining umumiy shart-sha- roitlarini ta’minlaydi. Yana bir qismi esa xo‘jalik yuritishdagi shart- sharoitlami ta‘minlab beradi. Bular umumxo‘jalik xizmatlari uchun usku- nalar va binolar, ta‘mirlash ustaxonalari, omborxonalar va hokazo. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining ba‘zi bir tar- moqlarida (chorvachilik, o‘simlikchilik, o‘rmonchilik, baliqchilik va boshqalar) moddiy-texnika resurslarining bevosita yordami bilan mahsulot ishlab chiqarishning tabiiy-biologik jarayonlari amalga oshiriladi. Ba‘zi tarmoqdarda esa (ovchilik, suv resurslarini qayta tiklash, sanoat va hokazo) chet mamlakatlarda inson qatnashmay turib, moddiy-texnika resurslari yordamida ishlab chiqarish amalga oshiriladi, ya’ni avto- matlashtirish, mexanizatsiyalash orqali moddiy-texnika resurslarining o‘zi ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Albatta, qishloq joylarida ishlab chiqarishni malakali ishchi kuchisiz, yer-suv, biologik va mineral resurslarsiz, umuman tabiiy resurslarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Moddiy-texnika resurslariga ega bo‘lish uchun esa moliyaviy resurslar zarur boMadi. Yerning cheklanganligi va biologik resurslarning muhim xususiyatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika resurslarining muhim xususiyatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika resurslarining, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasining sifati va miqdoriga, ulaming o‘zaro birikib ishlashlariga bo‘lgan talablarini yanada kuchaytiradi. Maqsad - mahsulotni sifatli qilib, xarajatlami kamaytirish ekan, awalo resurslardan yuqori saviyada va tejamli foydalanish kerak. Moddiy-texnika resurslariga bino-inshoodaming ichida joylashgan barcha mashina, transport vositalari, materiallar bilan birga ekin uchun urug‘liklar, ko‘p yillik o‘simlik va daraxtlar, ko‘chatlar, o‘rmon, suv omborlari va hokazolar ham kiritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish - texnik potentsial degan tushuncha mavjudki, u qishloq xo‘jaligida istiqbolda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mavjud bolgan va yaratilajak moddiy-texnika resurslarining baholanishi, boshqa resurslar bilan bo‘lgan munosabatlar, ishlab chiqarishdagi kuch quwati va boshqa xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Moddiy-texnika resurslarining muhim ahamiyatga ega ekanini yuqoridagi fikr-mulohazalardan bilib oldik. Ulaming xususiyatlari to‘g‘risida gapirsak, eng awalo qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga to‘xtalish lozim: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling