Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv islohoti
Yer islohoti bu yer munosabatlarining shakllanishi bo‘lib, odamlar orasida yerdan foydalanish, taqsimlash va egalik qilish borasidagi munosabatlar yig‘indisidir. Respublikamizda yer islohotlarining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratildi. Ayniqsa 1998 yil
aprelda qabul qilingan "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, "Dehqon xo‘jaligi to‘grisida"gi Qonunlar yer uchastkalarining fermer va dehqonlarga taqsimlanishida asosiy dasturulamal bo’ldi. Bu qonunlar orqali haqiqiy yer egalari, mulkdorlar sinfi shakllantirilib, ham aholiga, ham davlatga katta foyda keltirish imkoniyatlari ko'rsatildi. Ko‘pchilik davlatlarda agrar yer siyosati oilaviy xo‘jaliklar-fermer va dehqonlarga yo‘naltirilgan. Qoidalar ishlab chiqishda ko‘pincha fermer, dehqonlar manfaatlari hisobga olinadi, chunki ular yer islohotiga hammadan ko‘ra muhtoj va mas‘uldirlar. Yer islohotida ko‘pincha yer uchastkalari bilan bogliq masalalarda turli cheklanishlar ham qo‘llaniladi. Masalan, alohida talablami ilgari suradigan masalalar qatoriga sotish va sotib olish, ijaraga olish, yerlami meros qilish kabi masalalami kiritish mumkin. Shunga ko‘ra yer miqdori turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Daniyada bu miqdor 150 gektami, Germaniyaning janubiy hududlarida 400-500 gektami, Shveytsariyaning ba‘zi hududlarida 20-30 gektami tashkil etadi. Suv islohoti suvdan foydalanish, suvni to‘g‘ri taqsimlash va bu boradagi munosabatlar majmuidir. 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi ushbu vazirlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bosh boshqarma yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlami amalga oshiradi. Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi: suv islohotlarini joriy etish; suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish; suv xo‘jaligida yagona texnika siyosati o‘tkazish; suvni tejash uchun ilg‘or texnologiyalar joriy etish; iste’molchilami o‘z vaqtida suv bilan uzluksiz ta’minlash; Yuqoridagilar qatorida boshqarmaning yana bir qator vazifalari belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat; Suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilik shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ulami amalga oshirilishining monitoringini olib borish; Suv to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘matish, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslami belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni ta’minlash; Suv resurslaridan foydalanish va drenaj oqova suvlarini oqizib yuborish, yangi korxonalar qurish, ishlayotgan korxonalami rekonstruktsiya qilish loyihalari bo‘yicha xulosalar berish; Suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish inshootlarini ro‘yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ulardan boshqa birlashmalami tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo‘jalik suv hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam berish va hokazo. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling