Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlari
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlari
Yer resurslari, umuman tabiiy resurslar har bir mamlakatning, umuman olganda butun jahon boyligining bir qismidir. Yer abadiy mavjud va aj- dodlardan avlodlarga o‘tib keladi. Yer resurslarining sifati qishloq xo‘ja- lik yerlarining hosildorligiga bog‘liq bo‘lib, odamlaming oziq-ovqat mah sulotlariga, yashash va dam olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Masalan, qishloq xo‘jalik yerlaridan noratsional foydalanish ulaming hosildorligi tushib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Yerlarga kimyoviy elementlar, ximikatlar yordamida ishlov berish ulami zararlantiradi, bu esa yerlami boshqa maqsadlarda ham ishlatib bo‘lmasligiga olib keladi. Shuning uchun jamiyat yerlami hozirgi kunda va kelajak avlodlar tomonidan foydalanilishi uchun asrash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi kerak. Yer-suv resurslaridan foydalanish salbiy va ijobiy natijalarga bog‘liq. F.kin maydoniga yaqin joy yoki qo‘shni yer uchastkasidagi keraksiz qurilishlar ungaqo‘shni bo‘lgan boshqa yer uchastkalariga soya bo‘lishi, quyoshni to‘sib qo‘yishi bilan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qishloq xo‘jalik yerlarida kimyoviy o‘g‘itlaming ko‘p ishlatihshi nafaqat mahsulotlar sifatiga, balki yer osti suvlarining ifloslanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, ko‘l va daryolardagi baliqlaming nobud bo‘Ushiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida an‘anaviy texnologiyalardan foydalanish, qishloq joylarida azaliy hayot tarzining saqlanib qolishi har doim ijobiy natija bergan. Chunki bu orqali tabiatni asrash va qishloq xo‘jaligining afzalliklari namoyish etiladi. Vaqtlar o'tishi, jamiyatning rivojlanishi natijasida qishloq aholisi turmush tarzida ham o‘zgarishlar yuz beradi, ayrim holatlarda nimalardandir voz kechishga to‘g‘ri keladi, jamiyat va davlat bu nimalamingdir o‘mini to‘ldirish bo‘yicha ham rag‘batlantiri- lishlami yo‘lga qo‘yadi, imoratlaming qurilishi, yashash shart-sharoitlari (suv, gaz, elektr energiya, madaniy maskanlar) ning yaxshilanishi qishloq aholisiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday rahbatlantirish jamiyat manfaatlari uchun yer-suv resurslaridan unumli foydalanishda o‘z aksini topadi. Ayniqsa, davlat tomonidan qishloqlarda olib boriladigan islohotlar qatoriga yuqoridagi kabi dam olish maskanlari, sihatgohlar, istirohat bog‘lari, tabiat manzarasiga boy tibbiy sanatoriyalar, kinoteatrlar qurish va ishga tushirish kabilar ham qo‘shiladi. Bulardan tashqari jamiyatimiz oldida turgan maqsadlarimizdan yana biri yer mulkchiligi bilan bog‘liq daromadlaming to‘g‘ri taqsimlanishidir. Davlat yer-suv resurslaridan foydalanuvchilari uchun shunday tartibni yo‘lga qo‘yishi kerakki, bundan faqat yer egasi - mulkdorgina emas, balki yerda yollanib ishlovchilar ham manfaatdor bo‘lsinlar. Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi: yer-suv resurslarini yanada yaxshilash va muhofaza qilish. atrof-muhit muhofazasi va inson hayoti uchun kerakli shart- sharoitlar yaratish; yer-suv resurslaridan ijobiy natijalar keltiruvchi omillar sifatida foydalanish va yer resurslarini taqsimlashda tenglik tamoyiliga rioya qilish; yerga bo‘lgan huquqlarga kafolatlar yaratilishi; yer resurslarini ishlatishdan kelgan daromadning to‘g‘ri taqsim- lanishi. Ushbu asosiy maqsadlardan keUb chiqib, davlatning rag‘batlantirish yo‘nalishlari belgilab berilgan, bu yo‘nalishlarga quyidagilami kiritish mumkin: yer-suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish; yer-suv resurslarini taqsimlash ustidan nazorat o‘matish; yer-suv resurslaring sohq siyosatini olib borish; yer resurslarini ishlatish va taqsimlash; xususiy mulk egalarining yerlaridan jamiyat manfaatlari yo‘li- da foydalanish uchun olish va hokazo. Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish uchun davlat yer siyosatini amalga oshiradi. Umuman olganda, yer islohoti, suv islohoti kabilar amalga oshiriladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling