Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet99/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Investitsiyalami qoplash muddati Bu metod eng sodda bo‘lib, u keng tarqalgan. Qoplash muddatini hisoblash algoritmi investitsiyalardan bashoratlanayotgan, daromadlar bir tekis taqsimlanishga bog‘liq. Agar olingan daromad vaqtlarga qarab bir tekis taqsixnlangan bo‘lsa, unda qoplash muddatini bir paytdagi kapital qo‘yilmalarini yillik daromad miqdoriga bo‘lish bilan hisoblanadi. Qoldiq son qolsa, uni yaqin oradagi
yaxlit songacha butunlanadi. Agar daromad bir tekis taqsimlanmagan bo‘lsa, qoplash muddati olingan daromadlar dastlabki kapital qo‘yilmala- ridan oshgan yillami to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab chiqish bilan hisoblanadi.
Biroq bu ko‘rsatkich tahhl jarayonida hisobga olinishi kerak bo‘lgan qator kamchiliklarga ega. U daromadlami oHsh davomiyligini hisobga olmaydi. Misol tariqasida bir xildagi xarajatlari - 10 ming so‘m bo‘lgan, lekin yillik daromadi bashorati turlicha bo‘lgan: A loyiha bo‘yicha uch yil davomida 4,2 mln so‘m, В loyiha bo‘yicha o‘n yil davomida 3,8 mln so‘m daromad bashoratlangan, ikkita innovatsion loyihani ko‘rib chiqamiz. Ikkala loyiha ham dastlabki uch yilda kapital qo‘yilmalarini qoplaydi, shu bois berilganligi bo‘yicha ulaming huquqlari bir xil. Ammo В loyiha anchagina samarali, chunki uning daromadi loyiha mavjud bo‘lgan hamma vaqtlarga ko‘ra yuqori bo‘ladi. Investitsiyalaming xarakterlarini qoplash hisobida asoslangan samaradorlikbahosi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan qator holatlar bor. Chunonchi, bu vaziyat, loyihaning daromadhgi emas likvidligi muhimroq bo‘lganda, asosiy investitsiyalar iloji boricha tezroq qoplanishi zarur. Metod shuningdek, investitsiyalar yuqori darajali tavakkal bilan kuzatilganda ham yaxshi: qoplanish muddati qancha qisqa bo‘lsa, loyiha shuncha kam riskli bo‘ladi. Bunday vaziyat yuqori texnologik o‘zgarishlami katta ehtimoli mavjud bo‘lgan tarmoqlar yoki faoliyat turi uchun ham xarakterli.


  1. Investitsiya (kapital qo‘yilma)lar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo‘llari

Kapital qo‘yihnalarining iqtisodiy samaradorligini hisoblashda ulami moliyalashtirish uchun mablag‘lar kelib chiqishni ham hisobga olmoq zarur. Xususiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilganda ko‘rsatkichlar hisob-kitobi ushbu investitsion loyihaning sarfi va daromadi ham qo‘shilgan pul oqimi asosida o‘tkaziladi. Qarzga olingan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilganda esa investitsion loyihaning pul oqimi tartibiga qarzga xizmat qilish bilan bog‘liq sarflami ham kiritish kerak bo‘ladi.


Kapital qo‘yilmalarinig iqtisodiy samaradorligiga ikkita guruhga bo‘lish mumkin bo‘lgan ko‘plab omfflar ta’sir qiladi. Birinchi guruh - korxona bilan bog‘liq ichki omillar, ikkmchi guruh - korxonaga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillardir (9-rasm).
Qishloq xo'jaligidagi kapital qo‘yilmalari iqtisodiy samaradorligining pastligi sezilarli darajada ikkinchi guruh omillari bilan belgilanadi. Bular: inqirozlar, narx disparitetlari, kridet foiz stavkalarining yuqoriligi, qisliloq tovar islilab chiqaruvchilariga nisbatan o‘ylanmagan foiz stavkalari kabilardir.
Davlat islilab chiqarishda investitsiyalar hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Masalan, daromadga soliq hisoblanganda hamma korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalarining soliqqa tortiladigan daromadlari summasi (miqdori)ni kamaytirish huquqini oladilar. Bu muammolami davlat darajasida hal etmay turib investitsiyalar samaradorligini oshirish mumkin emas. Imtiyoz korxona tomonidan amortizatsiya ajratmalari summasidan to‘liq foydalanilgandagina beriladi. Lekin imtiyoz soliqning haqiqiysi uchun hisobga olinmay uni hisobga olingan miqdoridan 50% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ayrim ob’ektlar bo‘yicha (ko‘p yillik daraxtlar o‘tqazish, yosh ko‘chatlami parvarishlash, to‘proq unumdorligini oshirish va boshqa) kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
  1. Investitsiyalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.


  1. Ichki omillar


  1. Investitsiyalash ob’ekti to‘g‘ri tanlangani;


  2. Qurilish va ob’ektni o‘zlashtirish muddatlari;


v) Qo‘yilmalaming kompleksligi;


g) Qo‘yilmalami ob’ektlar bo‘yichajamlash;
  1. Iqtisod qilish tartibiga amal qilish;


  2. Korxonaning ixtisoslashganligi, ishlab chiqarish faoliyati turi;


y) Ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil qilish;


j) Mahsulotlar marketingi;
z) Mahsulotlar tannarxi;
i) Mehnat unumdorligi;
  1. Tashqi omillar


  1. kreditga foiz stavkalari;


  2. inqiroz jarayonlari;


v) narxlaming qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlariga nisbati;


g) daromadga soliq;
  1. mahsulotga talab;


  2. ishlab chiqarishning mavsumiyligi;


y) tabiiy iqlim sharoiti.


Investitsiyalaming investitsion faoliyatlari faollashuvi va iqtisodiy samaradorligi ortishi qishloq xo‘jaligida imtiyozli kapital qo‘yilmalari qo‘llash imkonini beradi.
QisMoq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalaming samaradorligi ortishiga quyidagilar hisobiga erishish mumkin:
  • o‘zini amalda oqlagan namunaviy loyihalami qo‘llash: bu ob’ektni loyihalash xarajatlari va muddatlarmi qisqartirish shuningdek, samarasiz loyihani tanlash xavfini pasaytirishga imkon beradi.


  • Qurilish va ob’ektni o‘zlashtirish muddatini qisqartirish, bu tugallanmagan qurilishlar hajmini kamaytirish hamda investitsiya qo‘yish va iqtisodiy samara olish orasidagi vaqt qisqarishiga yordam beradi;


  • Qo‘yilmalar kompleksligini ta’minlash: masalan, chorvachilikda qo‘yilmalami chorvachilik binolari (inshootlari), ozuqa sexlari qurishga va asosiy podani shakllantirishga birgalikda qo‘shimcha optimal darajada erishish lozim;


  • foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda mablag‘lami birinchi o‘ringa qo‘yish; birinchi navbatda investitsiyalami amaldagi ob’ektlami rekonstruktsiyalashga yo‘naltirish maqsadga muvofiq, chunki ular yangi qurilishga qo‘yilgan investitsiyaga nisbatan ikki-uch marta tezroq qoplanadi.


  • Kapital qo‘yilmalaming ko‘pgina ob’ektlarga tarqalib ketishigayo‘l qo‘ymaslik: investitsiyalami alohida ob’ektlar qurilishiga kontsentrat­siyalash uni to‘xtovsiz yuritishga imkon beradi va ob’ektlami ekspluatatsiyaga kiritish muddatlarini qisqartiradi;


  • tejamkorlik tartibiga rioya qilishdan va texnika yutuqlaridan foydalanish (masalan payvandlash bilan bog‘ yaratish o‘stirilayot- ganlaridan to‘rtinchi yili meva hosili olish imkonini beradi. Umg‘idan payvand qilib yaratilgan bog‘larda esa daraxtlar 8 yildagina mevaga kiradi: birinchisida xarajatlami qoplash muddati 5-6 yil, ikkinchisida 9-10


yil)-
Qishloq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga, shuningdek qishloq xo‘jalik va ASM ing boshqa tarmoqlarini intensifikatsiyalash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va uning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borguniga qadar hamma harakatlari davomida yo‘qotishlami qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish tannarxini qisqartirish ham yordam beradi.


Moddiy-texnika resurslari bozori ASM tashkilotlarini zarur ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan tashkilotlar kiradigan almashish muhiti, shuning uchun bunday bozorlar ko‘pincha ishlab chiqarish vositalari bozori deyiladi.
ASM lar uchun ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil etishning asosiy printsipi ta’mirlash kafolatli bo‘lishi va kafolat tugagandan keyin xizmat ko‘rsatish birligi, shuningdek texnika xizmatlarini hamma muddatda ehtiyot qismlari bilan ta’minlashdir. Ishlab chiqarish texnikasi, uskunalari va boshqa vositalarini yetkazib berish (ta’minlash) bevosita ishlab chiqarish korxonasi orqali ham, vositachilaming bir qancha bo‘g‘ini: ulgurji savdo-sotiq ftrmalari orqali ham amalga oshiriladi.
Moddiy-texnika resurslari bozorining ajralmas elementi-ishlab chiqarishga qator xususiy mulk egalari va ishlab chiqamvchilardan turib qolgan texnikalarini jalb etish va ulaming to‘lov qobiliyatini yuqori darajada bo‘lmagan xaridorlaming ehtiyot qismlarga talablarini qondirish imkonini beruvchi mashina va uskunalaming ikkilamchi bozoridir.
Ishlab chiqarish vositalarining erkin reahzatsiyasi bozomi zarur mahsulotlarga to‘ldirish iste’molchilarga mahsulotlami tanlab olish imkonini beruvchi raqobatchilikni ko‘zda tutadi. Biroq hozircha qishloq xo‘jaligi uchun vositalar ishlab chiqarish bozori yomon ishlamoqda. U korxonalami zarur resurslar bilan ta’minlaydigan ahvolda emas, bu esa asosiy mablag‘laming aktiv qismini keskin qisqartirishga, ulaming xizmat muddatlari uzayishiga olib keladi.
Bunga o'xshash holatlar ASMning boshqa tarmoqlarida ham uchraydi. Qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jihozlash parklari ma’nan eskirgan. Faqat 10-12 % uskunalargina hozirgi zamon talabalariga javob beradi, ulaming eskirishi 50% dan ortadi. Uskunalami yangilash yiliga normadagi 8-11% o‘miga 2-4%ni tashkil qiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Investitsiya (kapital qo'yilma) tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini bayon eting.


  2. Investitsiyaning kapital qo‘yilmadan qanday farqi bor?


  3. Ichki va tashqi investitsiyalar va shu borasidagi davlatning siyosati nimalardan iborat?


  4. Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) dan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi?


  1. Kapital qo‘yilmalami loyihalashtirish deganda nimani tushunasiz?


  2. Investitsiyalarni qishloq xo‘jaligiga jalb etishning hozirgi holati qanday?


  3. Irrigatsiya va melioratsiyaga, yangi texnika, samarali texnologiya, chorvachilik va boshqa sohalarga sarflanayotgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradoriigi qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?


  4. Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda qanday yo‘llar mavjud?


Asosiy adabiyotlar:


  1. Abdug‘aniev A., Abdug'aniev A A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. - Т.: 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi, 2004­304 b.


  2. Salimov B.T. va boshqalar. Dehqon va fermer xo‘jaliklari iqtisodi.- T.: 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi, 2004­176 b.


  3. Модель "Сельская профильная школа"- М.: АПК и ГГГТРО, 2004-32 ст.


  4. Экономика сельского хозяйства. Учебник, под.ред. Коваленко.


Н.Я.М.: Юркнига, 2004-392 ст.


  1. Zokirov О., Pardaev A. Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti. Darslik.-T.: 0‘AJBNT markazi 2003-456 b.




Qo‘shimcha adabiyotlar:
  1. 0‘zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni - T.:"Iqtisod va huquq dunyosi" №1 1999 y.


  2. 0‘zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, - Т.: "Iqtisod va huquq dunyosi" №1 1999 y.


  3. Karimov I.A. "Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida"-T.: "0‘zbekiston" 2005 y-525 b.


  1. Butikov "Qimmatli qog‘ozlar bozori"-T.: "Konsauditinform" 2001.


  1. Abdullayev A.A. Aybeshov X.A. "Fermer xo‘jaligi iqtisodi"-T.: "Aloqachi" 2008-172 s.


  2. Umurzoqov 0‘.P. Toshboyev A.J., Toshboyev A.A. "Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti"-T.: "Iqtisod-moliya" 2008-276.


  3. Аллахбердиев И.А. "Предпринимательство и развитие инвестиционной деятельности" Махачкала: МИУБ и П. 1996-141 ст.


  4. Домодорди А. "Инвестиционная оценка"-М.: НП МГ 2007-1323


ст.

  1. Вершина М. "Анализ эффективности инвестиции" Санкт- Петербург. 2007-279.

  2. Балдина К.В. "Инвестиции, системный анализ и управление"- М.: "Дашнов и К0" -2007-286 ст.





  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling