Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadval Investitsiyalarni qishloq xo‘jaligining asosiy kapitaliga moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taqsimlash %


Download 1.68 Mb.
bet97/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

10.2-jadval
Investitsiyalarni qishloq xo‘jaligining asosiy kapitaliga moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taqsimlash %





Investitsiya manbalari


2000


2006


2007


2008


2009


1.


Xususiy mablaglar


77,8


74,2


74,9


68,2


69,2


2.


Qarz va jalb qilingan mablaglar


22,2


25,8


25,1


31,8


30,8


3.


Shu jumladan byudietdan


16,8


19,1


13,9


11,8


4,1




Shundan:












4.


Davlat byudjetidan


10,0


8,5


6,5


5,8


1,7


5.


Mahalliy byudjetdan


6,5


9,5


6,8


5,7


2,3

Investitsiyalarni moliyalashtirishda xususiy mablaglar ulushi o‘zini- o‘zi moliyalashtirish koeffitsientini ko‘rsatib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.


Kxm
Im= X 100
1
Bunda Kxm - korxonaning xususiy mablagl; l-investitsiyaning umumiy summasi.
Agar investitsiyaning xususiy manbalari ulushi moliyalashtirishning umumiy hajmidan 60 % va undan ortiq bo‘lsa, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish darajasi yuqori hisoblanadi.
Moliyalashtirish usuli bo‘yicha investitsiyaning hamma manbalarini markazlashtirilmaganga bo‘lish mumkin. Markazlashtirilgan usulda kapi­tal qo‘yilmalami moliyalashtirish manbalari - davlat byudjeti va mahalliy byudjetdan tashqari investitsion fondlar; markazlashtirilganda - asosan korxonalar manbalari. Bugun markazlashgan va markazlashmagan mo­liyalashtirish manbalari o‘rtasidagi nisbat o‘zgardi: birinchisining ulushi keskin kamaydi, ikkinchisiniki ortdi. Bu bozor iqtisodiyoti uchun xosdir.
Davlat kredit pul va moliya siyosati vositasida korxonalaming investitsion faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Uning faollashuvi davlat markazlashtirilgan investitsiyalari, bank kreditlari va boshqa jalb etilgan mablag‘lar hisobiga hamda soliq to‘lovlarini pasaytirish vositasida korxonaning yiqqan fondlarini bevosita tartibga solish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalami jalb qilishning samarali yo‘nalishlarini topish maqsa- dida muallif tomonidan so‘rovnoma ishlab chiqilib, uning asosida 10 ta shirkat, 130 ta fermer va 120 ta dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha monografik kuzatuv amalga oshirilgan. 0‘tkazilgan so‘rovnoma uch yo‘nalishda amalga oshirildi: birinchi yo‘nalish-xo‘jaliklarda investitsion faollik va uning yo‘nalishlarini aniqlash, ikkinchi yo‘nalish-qishloq xo‘jaligi korxo- nalariga investitsiyalami olib kirishdagi asosiy muammolami aniqlash, uchinchi yo ‘nalish-investitsiya faolhgini oshirish mexanizmlarini tako­millashtirish.
So‘rovlar viloyatning Qashqadaryo viloyati tumanlarining shirkat, fermer xo‘jaliklarida o‘tkazilib, asosiy maqsad bevosita xo‘jaliklaming investitsiya faoffigini oshirish uchun kerakli va zaruriy mablag‘lar, ulaming manbalari, to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda investitsiya faolligini oshirish, asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga oid fikr-mulohazalarini o‘rganish va ulaming javoblarini umiunlashtirgan holda amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat edi.
So‘rovnomaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning ushbu yangicha ko‘rinishda o‘tkazilishi eng awalo so‘rovda qatnashuvchilar uchun qulaylik tug‘dirsa, ikkinchi tomondan, tahlillar o‘tkazish va xulosalar chiqarish uchun imkoniyatlami kengaytiradi hamda ilmiy- amaliy jihatdan asoslangan tavsiyalami ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. So‘rovnoma natijasida olingan tahliliy ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Qashqadaryo viloyati agrar soha xo‘jalildarida investitsiyalaming mulk shakllari bo‘yicha taqsimlanishida davlat invesitsiyalarining yuqori ekanligi aniqlandi.
Ushbu so‘rov jarayonini o‘tkazishdan maqsad qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlaming investitsiya faolhgini oshirish borasida:
  • mavjud ishlab chiqarish vositalari va quwatlaridan unumli hamda samarali foydalanishda xo‘jalikning ichki imkoniyatlarini baholash;


  • qishloq xo‘jaligida investitsiyalarga real talab va taklifhi hisoblash;


  • asosiy vositalami yangilash, ulami investitsiyalar bilan mamlakat va xorij tadbirkorlari ishtirokida ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;


  • qishloq tadbirkorlarining investitsiya faolligini oshirish, mashina va asbob-uskunalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish shakllari hamda mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash kabi tadbirlami ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.


Ohb borilgan so‘rovnoma natijalarini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelindi:


  • Qashqadaryo viloyati agrar soha xo‘jahklarida invstitsiyalaming mulk shakllari bo‘yicha taqsimlanishida davlat investitsiyalarining yuqoriligi aniqlandi;


  • Faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklarining 70% i xo‘jalik yuritish jarayonida o‘z mablag‘laridan foydalanadi;


  • So‘rovnomada ishtirok etgan barcha xo‘jalik yuritish sub’ektlari investitsiyalami jalb qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarishni texnologik va texnikaviy yangilash, daromadni oshirish deb hisoblaydilar;


  • So‘rovnomada ishtirok etgan shirkat hamda fermer xo‘jaliklarining 80-85 % i tijorat banklaridan uzoq muddath kredit olishdagi asosiy muammolar sifatida kredit uchun foiz miqdorining yuqorihgini asosiy sabab qilib ko‘rsatdilar. Dehqon xo‘jaliklarining 70 % i esa kreditlami naqd pul shaklida ohsh imkoniyatining cheklanganhgini ta’kidlaydi;


  • Shirkat va fermer xo‘jaliklari uchun lizingdan foydalanishdagi asosiy muammo va to‘siq moliyaviy imkoniyatlaming cheklanganligi, dehqon xo‘jaliklari uchun esa minitexnika va texnologiyalaming kamligi hisoblanar ekan, lizingdan foydalanishda texnikalar narxlarining yuqo­riligi barcha xo‘jalik yuritish sub’ektlari uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi (10.3-jadval).


0‘zbekiston Respublikasiga kiritilgan investitsiyalar mulkchilik sohalari bo‘yicha taqsimlanganda davlat sektoriga 16% va nodavlat



sektoriga 84 % hajmida bolgan. Shu jumladan, kiritilgan investitsiyalar hajmida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushi 1-2 %ni tashkil etmoqda.


Kiritilgan investitsiyalammg manbalari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilgaoimizda asosan ichki investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilmoqda (10.4 - jadval).

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling