Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
rasm. Qishloq infratuzUmasi va uning tarkibi
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermer xo‘jaliklarning faoliyat samaradorligini o‘stirishda qishloq infratuzilmasi rolini oshirish
rasm. Qishloq infratuzUmasi va uning tarkibi
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatmasa-da. xo jaiikning umxtmiy faoliyatini ta’minlashga xizmat ko‘rsatadi. Masalan, marketing va reldama, axborot-maslahat, auditorlik, investitsion va shu kabi boshqa xizmat turlari xo‘jalik faoliyatming turli tomonlari samaradorligini oshirishga xizmat ko‘rsatadi. Bozor infratuzilmasi huquqiy va jismoniy shaxs maqomidagi barcha sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) va xaridor (iste’molchi)lar o‘rtasida sodir boiadigan ko‘p qirrali bozor munosabatlarining bevosita ishtirok etuvchi, boshqaruvchi, nazorat qi]uvchi, tekshiruvchi, maqsadli yo‘naltiruvchi va ishlab chiqarishdan toki iste’mol qilishgacha bo‘lgan jarayonlaming bir tekis va to‘xtovsiz kechishi uchun shart-sharoit, imkoniyatlar yaratish maqsadida xizmat ko6rsatuvchi jabha va muassasalami o‘z ichiga oluvchi butun bir yaxlit majmuadir. Bozor infratuzilmasining rivojlanishi ko‘p jihatdan milliy iqtiso- diyotning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 0‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor infratuzilmasi bozor ishtirokchilarinmg turli iqtisodiy manfaatlarini samarali amalga oshirish muhiti hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining maqsadi tovar (turli xizmatlar ko‘rsatuvchilar) ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali yagona iqtisodiy tizim bo‘lgan milliy iqtisodiyot faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat. Hududlarda bozor infratuzilmasi muassasalarini tashkil etish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun respublikada to‘liq huquqiy asoslar yaratilgan. Ular negizini 0‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi, "Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida"gi, "Lizing to‘g‘risida"gi, "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi, "Sug‘urta to‘g‘ risida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi, "Kredit ittifoqlari to‘g‘risida”gi va shu kabi boshqa qominiari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Ushbu qonunlaming har biri joylarda, korxona va tashkilotlarga bank-moiiya, big a, auditorlik, sug‘urta, axborot, reklama, axborot-maslahat va shu kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalarini tuzish va faoliyatini yuritishning to‘liq kafolatlarini belgilab beradi. Ijtimoiy infratuzilma tarkibi agrar sohada ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar: maorif va madaniy muassasalar, sport, turar-joy va kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va himoya qilish muassasalari, bog‘chagacha, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari, umumovqatlanish korxonalari, savdo, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport, mehnami muhofaza qilish xizmatlari, texnika xavfsizligi, o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi. Ijtimoiy infratuzilma - insonning har tomonlama kamol topishi va unga erishish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar yig‘indisidir. Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish uchun, shuningdek qishloq aholisining turli maishiy xizmat turlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun xizmat qiladi. 4.Institutsional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal makroiqtisodiy nisbatlarini qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi davlat va nodavlat boshqaruv organlari, moliya-kredit muassasalari va boshqalar kiradi. Fermer xo‘jaliklarning faoliyat samaradorligini o‘stirishda qishloq infratuzilmasi rolini oshirish Fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish uchun ularga xizmat ko‘rsata oladigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi tizimini tashkil etish hamda jadal rivojlantirishni davming o‘zi talab qilmoqda. 0‘zbekistonda agrar islohotlaming muhim strategik yo‘nalishlaridan biri qishloqda infratuzilma asoslarini shakllantirish va uning muassasaiari faoliyatini takomillashtirishdir. Ko‘p ukladh iqtisodiyot sharoitida xalq xo‘jaligi tarmoqlarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda infrastruktu- raning o‘mi alohida ajralib turadi. Zero, bozor infrastrukturasi ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchilar o‘rtasida keng miqyosda sodir boladigan o‘zaro munosabatlami muvofiqlashtiruvchi, ularga ko‘p qirrali xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda shu bilan bir qatorda ishchi kuchlami oqilona takror ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydigan turli muassasalar majmuidir. Bu muassasalar faoliyatini rivojlantirish o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqarishdan toki uni iste’molchiga yetkazish tizimini yaratish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka keng imkoniyatlar ochib berish, huquqiy va jismoniy shaxslaming daromadlarini muttasil ko‘paytirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talab va taklif doirasida tashkil etish, ya’ni ish o‘rmlarini barpo etish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish kabi qator bozor iqtisodiyotiga mos muammolami hal etishda keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq shrni aytish lozimki, respublikamizda, ayniqsa uning agrosanoat majmuida infratuzilma tarmoqlari yetarli darajada rivojlanmaganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iste’molchilar talabini to‘la qondirishgacha bo‘lgan oraliqda nomutanosibliklar vujudga kelishiga, ishlab chiqarish sarflarining o‘sishi va mahsulot nobudgar- chiligining ko‘payishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorliginiing pasayishiga va yil davomida iste’mol darajasining turliligiga olib keladi. Shuning uchun ham qishloq infratuzilmasi tizimi rivojini bosqichma- bosqich samarali amalga oshirmasdan turib, qishloqda dehqonlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun qonunlar doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi daromadini oshirish va mamlakatimizning ulkan eksport salohiyatidan foydalanish kabi masalalaming yechimini topish qiyindir. Shu bois hozirgi davr talabiga ko'ra, bozor infrastrukturasi tarmoqlarini, xususan, agrosanoat majmuida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalaming nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ko‘rsatayotgan xizmat turlarini xarakteriga ko‘ra moddiy ta’minot, moliyaviy ta’minot, informatsion ta’minot va reklama, maxsus xizmat, tashish va qayta ishlash turlariga ajratish mumkin, (11,2-rasm). Qishloq xo‘jahgi infratizilmasini ushbu tartibda tasniflash uning bajaradigan vazifasini to‘laqonli aks ettira oladi va shu bilan birga kelajakda fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Shuni aytish joizki, infratuzilma shartli ravishda quyidagi vazifalami bajaruvchi turkumlarda ifodalanishi mumkin: tadbirkor (fermer)lami tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; xususiy biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish; moliya-kredit tizimi; ulguqi savdo-vositachi tuzilmalar; biijabozorlari; agroxizmatlar bozori; xizmatlar bozori; texnika, transport ta’minoti; tashqi iqtisodiy aloqalami ta’minlash. Shundan kelib chiqib, qishloq infratuzilmasining asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin. Infratuzilmaning asosiy vazifalari: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha: qabul, yuvish-tozalash, quritish, saralash (buzuq va chiriy boshlagan mahsulotni chiqarib tashlash), ajratish, qadoqlash, o‘rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to‘plash, (zarur holatlarda) - sovutish va iste’molchilarga bir maromda yetkazib berish. Sanoat mahsuloti bo‘yicha: qabul qilish, o‘rash,- qadoqlash, saqlash, talabga binoan iste’mol uchun yetkazib berish. Barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha: ulgurji iste’molchilarga yetkazib berish uchun tovarlami to‘plash va aksincha - katta turkumdagi tovami chakana iste’molchilarga talabga binoan yetkazib berish uchun kichik turkumlarga bo‘lish. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling