Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- T O T E M I Z M
reja bayoni. Dinlarning tasnifi. Ibtidoiy eʼtiqodlar.
Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan. Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. T O T E M I Z M - Shimoliy Amerika hindularining “Ojibve” qabilasi lahjasidagi “ot–otem” so‘zidan olingan – “uning urug‘i” ma’nosini anglatgan. Totemizm atamasini birinchi marta 1791 yilda Jon Long “insonning hayvon va o‘simliklar bilan qon–qarindoshligi haqidagi ishonch”ni anglatuvchi so‘z sifatida qo‘llagan. Uning fikriga ko‘ra, har bir qabila yoki urug‘ o‘zlarini biror o‘simlik yoki hayvon bilan atagan va ularga aloqador hisoblagan. Bu aloqadorlik o‘ziga xos qarindoshlik sifatida anglangan. Bunday hayvon, o‘simlik yoki buyum muqaddaslashtirilib, unga sig‘inilgan. Qabila boshliqlari o‘z “hokimiyati” ramzi sifatida bo‘ri, ayiq, ilon, ajdaho, qisqichbaqa, ot, burgut, suvsar, baliq, quyosh, oy, yulduz turkumi ramzi tushirilgan belgilar taqib yurganlar. Har bir urug‘ning shajara daraxti bo‘lgan. SHuningdek, “totem” hayvonlarning tishi, suyagi, tirnog‘i tumor qilib taqilgan, kallasi himoya vositasi sifatida osib qo‘yilgan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayri-tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Totemistik qarashlarga ko`ra, urug' a'zolari totemning «yordamiga» ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. “Totem”ning zooantropomorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam inson bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar, ya’ni kishi vafot etgach, uning o‘z totemiga aylanishi yoki qayta tug‘ilishi haqida tasavvur paydo bo‘lgan. Bu esa ajdodlar ruhiga sig‘inishning kuchayishi, ilohiy kuchlarga ishonchning ortishiga zamin bo‘lgan. Totemizm bilan birga ta’qiq (tabu) odati ham mavjud edi. Masalan, jins va yoshga xos ta’qiq jamoani qat’iy belgilab qo‘yilgan nikoh tabaqalariga ajratib qo‘ygan. Qabila a’zosi bilan yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh aloqalarini o‘rnatish taqiqlangan. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e'zozlangan, uni otib o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol kilish mumkin bulgan. Urug' a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o'tadi va u kelgusida ham urug'ning homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan. Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning nomlaridan payqash mumkin. Ular urug'larni konkret hayvonlar (kenguru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi ayrim o'simliklar) nomi bilan ataganlar. Totemizining elementlarini hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O'zbeklarda qaldirg'och, musicha, laylaq ko'k qarg'ani muqaddas qushlar deb e'zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan bog'liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini ya'ni tug'ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo'lgan. Muchal mo'g'ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng talqalgan yil hisobi bo'lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo'lbars (palang), quyon (xargusht), baliq (naxang), ilon (mor), ot (asp), qo'y (go'sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg'), to'ng'iz (xo'k) shular jumlasiga kiritilgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling