Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet129/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

4-reja bayoni. Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag’rikenglikning shaxs kamoloti va e’tiqod erkinligini taminlashdagi roli.
Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”. O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 30 may kuni ushbu dolzarb masalaga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda respublikamizning sharqshunos va dinshunos olimlari, taniqli ulamolar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar va turli konfessiyalar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdilar. Istiqlol yillarida respublikamizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Fuqarolar e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda diniy tashkilotlarga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashlari va adabiyotlarni nashr etishlari, diniy bayram va marosimlarini o‘tkazishlari, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil etishlari kafolatlandi. Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 34 milliondan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Aholining 94% islom diniga, 3,5%ga yaqini pravoslav va qolganlari boshqa konfessiyalarga mansublarni tashkil etadi. Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjuddir. Bundan tashqari, respublikada konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Anjumanda mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar tenghuquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari qayd etildi. O‘zbekistonda milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruhiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to‘la-to‘kis bajarib kelayotgani alohida ta’kidlandi. Anjumanda bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida etnik va diniy asosdagi nizolar kuchayib borayotgani, bu kabi nizolarni avj oldirayotgan g‘arazli kuchlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida turli nashrlar, teleradiodasturlar va internet sahifalarida amalga oshirayotgan axborot xurujlariga nisbatan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida tashvishli voqealar tobora keskinlashib borayotgan bir vaziyatda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash, diniy bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini keng yoyish, adovat va murosasizlikka olib boruvchi har qanday yo‘lning payini qirqish muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois, bugungi murakkab bir davrda insoniyat uchun tinchlik, barqarorlik ne’matlari qanchalik ulkan qiymatga ega ekanini chuqur anglab yetmog‘imiz darkorligi aytildi. 2016 yilning 29 oktyabr kuni Respublikada faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekiston Hukumatining diniy sohada olib borayotgan izchil siyosatga yuqori baho bergan. Shuningdek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husaynning 2017 yil 11 may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuv davomida “Bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali kunlarda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlikni turli davlatlar tomonidan o‘rnak bo‘lishga loyiq” - degan so‘zlari ham alohida e’tiborga molikdir.
Tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi.
Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi.
«Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e`tiqodida aqidaviy farklar bo`lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o`zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. 
Bag`rikenglik tushunchasi
1. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
2. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.
3. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
4. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. 



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling