Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


-MAVZU. DUYOVIY BILIMLAR VA DINIY E’TIQOD BIRLIGIGA ERISHISHNING AHAMIYATI


Download 1.82 Mb.
bet125/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

15-MAVZU. DUYOVIY BILIMLAR VA DINIY E’TIQOD BIRLIGIGA ERISHISHNING AHAMIYATI.
Reja:
1.Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari.
2. Ibodat va diniy marosimlarning shaxs komolotiga ta’siri.
3.Iymon va e’tiqodning shakillanishiga ijtimoiy muhitning ta`siri.
4.Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag’rikenglikning shaxs kamoloti va e’tiqod erkinligini taminlashdagi roli.
5. Dunyoviy hayot, umuminsoniy va diniy qadryatlarning mutanosibligi.


1-reja bayoni.Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda olib borilgan islohotlar, keng imkoniyat va yaratilgan sharoitlar natijasida jamiyatning turli sohalari jumladan, iqtisodiyot, fan, ta'lim, madaniyat, san'at, sport va boshqa qator sohalarda erishilgan yutuqlar, egallagan marralar asosida boshqa davlatlarga o'rnak bo'ladigan darajaga erishildi. Davlatimiz mustaqilligi e'lon qilingandan boshlab yurtimizda barcha sohalar qatori ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va diniy sahalarga ham yuksak e'tibor qaratildi. Dinga bo'lgan munosabat ijobiy tomoniga o'zgardi, sobiq sovet tizimining ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berilib, vijdon erkinligi qonun asosida kafolatlandi. Xalqimizga masjid, madrasa va ziyoratgohlar qaytarildi. Shu bilan birga turli din vakillarining huquq va erkinliklari ta'minlandi. Konstitutsiyamizning qabul qilinishi, xususan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi diniy sohadagi eng muhim qadamlardan biri bo'ldi. Mazkur hujjat yurtimiz fuqarolarining dini, tili, millati, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi, ular o'zlari xohlagan dinga e'tiqod qilishlari va o'z diniy marosimlarini emin-erkin bajarish kafolatini ta'minlab berdi. Shu bilan birga yoshlarning diniy ta'lim olishlari uchun ham keng imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Sobiq Ittifoq davrida Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasi va Toshkent shahrida Toshkent islom instituti faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, istiqlolning dastlabki yillaridanoq fuqarolarning diniy ta'lim olishga bo'lgan ishtiyoqi tufayli o'nlab diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat ko'rsata boshladi. 1998 yildan diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro'yxatdan o'tkazilib, barcha madrasalar o'rta maxsus islom bilim yurti deb ataladigan bo'ldi. Bugungi kunda respublikada 10 ta diniy ta'lim muassasasi Toshkent islom instituti va 9 ta o'rta maxsus islom bilim yurtlari (shundan 2 ta ayol-qizlar bilim yurti) faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mazkur diniy ta'lim muassasalarining ta'lim standartlari 2001 yildan boshlab umumta'lim fanlarini kasb-hunar kollejlari bilan bir xil shaklda o'qitilishi joriy qilinib, o'quv yurtlarida diniy va dunyoviy ta'limning uzviyligi ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi qaroriga asosan talabalarning qabul qilingan davlat me'yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olinib, mazkur o'quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta'lim hujjati sifatida e'tirof etilib, ushbu hujjat (diplom)larga ega bo'lgan shaxslarga davlat oliy ta'lim tizimida o'qishni davom ettirish huquqi berildi. 1999 yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universitetining tashkil etilishi yurtimiz tarixi zarvaraqlarida oltin harflar bilan muhrlanib qoldi. Istiqlol ne'mati bo'lgan ushbu ta'lim maskani yoshlarga diniy va dunyoviy fanlarni uyg'unlikda, ajdodlarimiz merosining falsafiy, ma'naviy ildizlariga tayangan holda o'rgatish uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan O'rta Osiyodagi yagona ta'lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, diniy ta'lim muassasalari o'rtasida 1991 yildan boshlab “Qorilar musobaqasi”, 2001 yildan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining o'tkazilishi, 2002 yildan boshlab o'rta maxsus islom bilim yurtlari talabalari o'rtasida “Yagona olimpiada” va “Yil o'qituvchisi” tanlovlarining o'tkazilishi talaba va pedagog-o'qituvchilar uchun keng imkoniyatlar ochib, ularni munosib tarzda rag'batlantirish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, “Yagona olimpiada” musobaqasida 1-o'rinni egallagan g'olib talabaga O'zbekiston musulmonlari idorasining granti asosida test sinovlarsiz hamda qabul imtihonlarsiz Toshkent islom institutiga o'qishga kirish huquqining berilishi iqtidorli yoshlarni yanada ko'payishida muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 99-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Diniy ta'lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to'g'risida”gi Nizom diniy ta'lim tizimini tartibga solishga qaratilgan asosiy normativ hujjat bo'lib, diniy o'quv yurtlari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, belgilangan davlat ta'lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni o'qitish, ta'lim jarayoniga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tartibga solishda muhim o'rin egallamoqda. Jumladan, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quv jarayoniga oid me'yoriy hujjatlarni yagona shaklga keltirish maqsadida 2013-2016 yillar davomida 9 ta Nizom, 8 ta tartib va yo'riqnomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Shuningdek, 2007 yilda Toshkent islom instituti uchun Hazrati Imom majmuasida 2 qavatli yangi zamonaviy muhtasham binoning barpo etilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” o'rta maxsus islom bilim yurti to'rt qavatli binoga ko'chirilib, zamonaviy uslubda kapital ta'mirlangani, hukumat qarori bilan Namangan shahridagi “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurti joriy yilning yanvar` oyida hududi 10 gektardan ziyod bo'lgan yangi zamonaviy binoga ko'chirilishi mustaqillikning diniy ta'lim sohasidagi eng katta ne'matlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi. Toshkent pravoslav va Toshkent protestant oliy seminariyalarining mamlakatimizda faoliyat olib borishini millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik tamoyillarining yuksak namunasi sifatida e'tirof etish mumkin. O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti va o'rta maxsus islom bilim yurtlari bilan mazkur ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, talaba va o'qituvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va davra suhbatlari hamda muhim sanalarga bag'ishlangan bayram tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etilib, islom dinining, Qur'oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma'naviy asoslarini, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini har tomonlama teran o'rganish, yuksak insoniy g'oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan manbalarni tadqiq etish, ulardan diniy ta'lim, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o'quv qo'llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash, diniy xodimlarning bilim va tajribasini oshirish bo'yicha o'quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish markazning asosiy vazifalari etib belgilandi. Markazning ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari bo'yicha “Buyuk hadisshunos allomalar merosini o'rganish va keng targ'ib qilish”, “Yosh avlodni ruhiy va ma'naviy olamini boyitish”, “Azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug'lash”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma'naviy-ma'rifiy kurash asoslari” mavzulariga oid 33 nomdagi kitob, risola va monografiyalar, 14 ta tarjima ishlari, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr qilindi. Shuningdek, markazda diniy xodimlarning bilim va saviyasini oshirishga qaratilgan o'quv-mashg'ulotlari tashkil etilib, 2008-2015 yillar mobaynida I davra bo'yicha 32 ta bosqich, 2015-2016 yillarda II davra bo'yicha 6 ta bosqich o'quvlari tashkil etildi. Mazkur o'quvlarda respublikamiz masjidlarida faoliyat ko'rsatayotgan 2488 nafar imom-xatiblarning diniy va dunyoviy bilimlari oshirildi. Mustaqilik yillarida Toshkent islom instituti va o'rta maxsus islom bilim yurtlarini jami 7000 nafarga yaqin talaba bitirib, respublikamizning turli hududlarida diniy-ma'rifiy soha bo'yicha faoliyat olib bormoqda.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling