Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aktlarni, xususan, BMTning xotin-qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir Konvensiya va Deklaratsiyalarini ratifikatsiya qildi va o‘z vaqtida bajarmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi gender tenglik huquqini kafolatlaydi, ushbu huquqlar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari bilan ta’minlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda xotin-qizlar o‘z turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining ta’siri ostida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari tarafdoriga aylanmoqda, ammo shu bilan birga, xotin-qizlarning o‘z oila a’zolari yoki qarindoshlarini ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga yollashda faol rol o‘ynashi holatlari ham aniqlanmoqda. Aholining radikallashuv jarayonida xotin-qizlar o‘rnini faqatgina qurbon bo‘lgan ayollar yoki terrorchilarning turmush o‘rtog‘i kabi gender stereotiplari bilan cheklanmaslik kerakligini tushunish muhimdir. Xotin-qizlar terrorchilarga hamdardlik bildiruvchi, ularni safarbar etuvchi hamda ixtiyoriy ravishda terrorchilik harakatini ham amalga oshiruvchi bo‘lishlari ham mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olib, Strategiyada ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasidagi farq belgilanadi. Bundan tashqari, yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishida, oilalarda erlarning chet elda bo‘lishi muhim omil hisoblanadi. Bunday hollarda ayol bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona tarbiyachi bo‘lib qolmoqda. Bolalarni nazorat qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Bunda odatda fuqarolik jamiyatining eng samarali bo‘g‘ini hisoblangan mahallaning ahamiyati kattadir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish va jamiyatdagi rolini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ekstremistik va terroristik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda xotin-qizlarning ulkan imkoniyatlarini anglagan holda, ayollarning oilaviy, ijtimoiy maqomini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llash muhimdir: a) xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, ularni qo‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish; b) qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga ma’naviy-ruhiy va moddiy yordam ko‘rsatish; v) huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ekstremistik va terrorchilik faoliyati safiga qo‘shilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish; g) muammoli oilalar bilan ishlashda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bo‘linmalarining roli va javobgarligini kuchaytirish; d) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, xotin-qizlarni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish sohasida tajriba almashish. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling