Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Strategiyaning maqsadi va vazifalari


Download 1.82 Mb.
bet119/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

Strategiyaning maqsadi va vazifalari
Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir.
Strategiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
b) sohadagi normativ-huquqiy va uslubiy-amaliy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
v) davlat organlari, keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarini birlashtirish;
g) jamiyatda konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni ta’minlash;
d) davlatning aholi, ayniqsa yoshlarning ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishidan himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
e) ekstremizm va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
j) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish.
Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari shakllandi:
birinchidan, demokratiya va inson huquqlarining umum e’tirof etilgan g‘oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqlik;
ikkinchidan, kuchli huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan milliy manfaatlarning ustuvorligi;
uchinchidan, yuzaga keladigan tahdid va xavf-xatarlarni, oshkoralik va shaffoflik prinsipiga mos ravishda, davlat idoralarining barcha fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan muloqot orqali muhokama qilish va hal etish;
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan shaxs manfaatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustuvorligi.
Ushbu tamoyillarga tayangan holda, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni keng miqyosda implementatsiya qildi, fuqarolar va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Xalqaro tashkilotlarning ishtirokisiz va inson huquqlariga oid asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shilmasdan turib demokratik huquqiy davlat qurish mumkin emasligidan kelib chiqib, O‘zbekiston oldidagi asosiy vazifa inson huquqlari sohasidagi o‘z xalqaro majburiyatlariga qat’iy rioya qilish va demokratik huquqiy davlatni qurish hisoblanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida diniy e’tiqod erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.
Shu bilan birgaKonstitutsiyada “fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini buzmasligi kerak” deb ta’kidlangan.
Konstitutsiyaga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki biron bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling