Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet68/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

  • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

  • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;

  • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.

    Yuqoridagilarga asoslangan holda, xulosa qilish mumkinki, biz yuqorida tahlil etgan davlat va din o‘rtasidagi munosabatning uch modeli davlat va din o‘rtasidagi munosabatning turli-tuman qirralarini jihatlarini va xossalarini to‘laligicha qamrab ololmaydi. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatning bir modelida boshqa model elementlari ham uchrab qolishi mumkin. Shu jihatlarni hisobga olgan holda aytish mumkinki, davlat va din o‘rtasidagi munosabatning qaysi modelda bo‘lishi shu davlatning taraqqiyoti, undagi aholining mentaliteti, dinning xususiyati, mamlakatdagi demokratik vaziyat, inson huquqlarining ta’minlanganligi, xalqaro ahvol, jamiyatning onggi kabi omillar ta’sir etishi shubhasizdir.


    4-reja bayoni. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida O`zbekistonida diniy qarashlarga munosabatning asosiy jihatlari.
    Xonliklarning XIX asr oxirlarida ruslar tomonidan bosib olinishi oqibatida mintaqada uzoq davr davomida shakllangan barcha muassasalar ziyon koʻrdi. Xonlar vaqf mulklari ustidan qisman nazoratga ega edilar. Rossiya hukmronligi davrida bu nazorat susaygach, vaqf daromadlarini suisteʼmol qiluvchi mas’ullar paydo boʻldi. Masjid va madrasalar eʼtiborsizlik tufayli yaroqsiz holga keldi. Madrasalar tuzilmasiga putur yetkazgan yana bir holat qozilarni tayinlash masalasi edi. Ruslar oʻlkani bosib olganlaridan soʻng shariat qonunlariga asoslanib ish koʻruvchi qozilar faoliyatini toʻxtatmagan boʻlsa-da, biroq har bir viloyatga oʻzlari bir qozi tayinlashgan. Ilgari qozilarni xonlar tayinlaganlar, ularni tayinlashda taqvodorlikka, layoqatlilik va munosibligiga va xalq orasidagi obroʻsiga ahamiyat berilgan. Rossiya hukmronligi davrida saylangan qozilarda esa hech qanday layoqat qolmagan edi. Bundan tashqari, xalqning saylov huquqi ham bekor qilingan edi. Adolat izlagan xalq faqat oʻzlari istiqomat qiladigan hududdagi qozilarga arz qilishlari mumkin edi xolos. Oqibatda qozi va mullalarning obroʻsiga putur yetdi. Bu salbiy holat madrasalarga ham taʼsir koʻrsatmay qolmadi. Chor Rossiyasining musulmon aholini kuchli nazorat va taʼqib qilish siyosati boshlandi. Аyniqsa, tariqatlarning xalqqa taʼsiri va bir-biriga oʻta sodiq tizimga egaligi ommani tuzumga qarshi safarbar etish salohiyatiga ega boʻlgani sababli ular chor Rossiyasida ham, sovetlar davrida ham kuchli nazorat va bosim ostida tutilgan. Bizning fikrimizcha, din olimlari va musulmon xalq koʻplab tazyiqlarga qaramay, mustamlakaning dastlabki davrlarida maktab va madrasalar sonini koʻpaytirishga harakat qilganligi ijtimoiy ongda diniy dunyoqarashning ustuvorligidan dalolat beradi. Sovetlar bunga javoban din va dindorlarga qarshi bosimni yanada kuchaytirdilar. Dinning oʻrnini egallashi kutilgan ateizm uchun tizimli ravishda propaganda faoliyati boshlandi va bu holat sovet tuzumining oxirgi yillariga qadar davom etdi. Аteistik propagandaga koʻra, fan va din orasida bevosita va aniq qarama-qarshilik boʻlgan va din aqlga butunlay teskari deb eʼtirof etilgan. Аteistik yondoshuvga koʻra, din insonlar tomonidan tabiatni tushuna olmaslik va barcha tabiat hodisalarini metafizik tushunchalar orqali tushuntirish, insoniyatning ibtidoiy davrining bir mahsuli edi xolos. Sovet hukumati baʼzan dinga nisbatan ijobiy qarashlarni namoyon etib, urush davrida hatto dinni tashviq qilgan boʻlishiga qaramay, kommunistik partiya dinni rivojlanish yoʻlida bir toʻsiq deb koʻrishda davom etdi. Shu bois dinni yoʻq qilish uchun, kerak boʻlsa, maʼmuriy va harbiy kuch ishlatishdan ham toymadi. Bolshevik rahbarlarining bu niyati dastlabki davrlardanoq ayon edi. Biroq Moskva hukumati fuqarolar urushidan keyin strategik sabablar tufayli islomga nisbatan biroz bagʼrikenglik siyosatini olib bordi va oʻn yil davomida musulmon diniy guruhlar bilan har qanday nizolarning yuzaga chiqishiga yoʻl qoʻymadi. Ikkinchi jahon urushi davomida va keyingi yillarda sovet hukumati bilan islom dunyosi oʻrtasidagi munosabatlar iliqlashdi. 1942-yil iyul oyida Rossiyaning Yevropa mintaqasi muftiyi Аbdurahmon Rasulev Stalin bilan aloqalarni yoʻlga qoʻydi. Nemislarga qarshi urushda musulmonlarning hukumatni qoʻllab-quvvatlashi vaʼdasi olinib, dinga qarshi propaganda, butunlay boʻlmasa-da, toʻxtatildi. Sovet davlati bilan islom orasidagi rasmiy munosabat, ayniqsa islomiy tashkilotlarning eski shaklini boshqarish orqali bir nechta diniy idoraning tashkil etilishi natijasida normallashdi. Bu iliq munosabatlar Stalinning vafotiga qadar davom etdi.
    Sovet ittifoqining diniy siyosati negizida “kommunizm va dinning bir-biriga uygʼun emasligi” fikri mavjud edi. Oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, 1917-1930 yillar din olimlari va diniy xodimlarga qarshi kurash va bosim davri deb nomlangan. 1941-1945-yillar esa dinga nisbatan qoʻllangan bosimlarning biroz yumshatilgan davri deb taʼkidlanadi. 1960-1980-yillarda diniy idoraga Qurʼoni karim va diniy taqvimni chop etishga qayta ruxsat berildi. Аksilislomiy propagandalar 1980-yildan keyin ham davom etdi. Islomni tashviq qilish bu davrda biroz susaydi. Musulmon diniy xodimlarning taʼlim darajasining nihoyatda pastligi bu holatning eng muhim faktorlaridan biri edi. SSJIda islomiy taʼlim tizimining yetarli darajada mavjud emasligi (atigi ikkita diniy taʼlim beradigan tashkilot faoliyat yuritgan) musulmon diniy xodimlar orasida diniy taʼlim saviyasining pasayishiga olib kelgandi. Sovet davrida Oʻzbekistonda, umuman olganda Turkiston mintaqasida qaysidir maʼnoda islom diniga qarshi urush eʼlon qilingan, masjidlar va boshqa diniy tashkilotlarning faoliyati toʻxtatilgan, diniy vaqf mulklari musodara etilgan, diniy olimlar bosim va qatagʼonga uchragan, bir qanchasi esa oʻldirilgan edi. Oʻlka musulmonlari bu zoʻravonliklar va qatagʼon siyosatiga qaramay, 1991-yilda mustaqillik eʼlon qilinguniga qadar dinsizlikka qarshi kurash olib bordilar. “Sovet jamiyatida dinni yoʻq qilish” siyosatini olib borgan sovet tuzumi musulmonlarga oid diniy muassasalarni tugatdi yoki oʻz nazorati ostiga olishga harakat qildi. Xulosa. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Turkiston mintaqasida din olimlari va musulmon xalq koʻplab tazyiqlarga qaramay, mustamlakaning dastlabki davrlarida maktab va madrasalar sonini koʻpaytirishga harakat qilganligi ijtimoiy ongda diniy dunyoqarashning ustuvorligidan dalolat beradi. Sovetlar bunga javoban din va dindorlarga qarshi bosimni yanada kuchaytirdilar. Sovet ittifoqi davrida diniy taʼlimning yillar mobaynida qonun orqali taʼqiqlangani va diniy taʼlim beradigan tashkilotlarning mavjud boʻlmagani 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonda xalqni diniy eʼtiqod borasida toʻgʼri yoʻlga boshlaydigan din olimlarining yetishmasligiga olib keldi va bir qancha muammolarga sabab boʻldi.



    Download 1.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling