Qarshi davlat pedagogika universiteti


Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi


Download 56.22 Kb.
bet16/16
Sana12.11.2023
Hajmi56.22 Kb.
#1769000
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)

Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- Maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim;
Ushbu ta’lim turlarining bajarilish mehanizmlari mukammal tarzda
ishlab chiqilgan. Bo‘lg‘usi kadrlar har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda
tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajada puxta
va etuk bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi mo‘ljallangan.
Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat
qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimida tutgan o‘rni va
rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish
zaruriyatini ilgari suradi.
Fan – bu ta’limning mazmuni va sifatini ta’lim standartlari, o‘quv
dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy–
uslubiy ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Fan
vatanning eng kichik qiyofasi bo‘lmog‘i zarur, zotan barcha halqlar ichida
fikr va aqliy faoliyat sohasida boshqalardan o‘zib ketgan halqgina birinchi
o‘rnini oladi. Ishlab chiqarish milliy modelda malakali kadrlar tayyorlash
tizimining huquqiy me’yorlarini tartibga soladi. Ishlab chiqarish bilan kadrlar
tayyorlash tizimi o‘rtasida aniq va lo‘nda aloqalar mavjud. Ishlab chiqarish
kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi vazifalarini bajaradi,
tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlab beradi. Xulosa qilib
shuni ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqqan
va hozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar siyosatida erkinlik,
ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga keltirish ko‘zda
tutilgan bo‘lib, unda barcha mutahassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy,
madaniy, ma’naviy-axloqiy muammolarning samarador echimini izlab
topishga, ro‘yi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar
yaratib berish mo‘ljanlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixini
o‘tish,o‘rganish ta’lim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat mafkurasida talab etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo‘lajak
oliy ma’lumotli mutahassisda ilmiy, ob’ektiv tasavvur va dunyoqarashning
shakllanishida tarixiy materiallar shubhasiz alohida o‘rin tutadi. Ta’lim va
tarbiyaning mohiyatini ochib beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno
emas. Turfa olam, turli davlatlar va turli millatlardagi ta’lim-tarbiyaga oid
qimmatbaho tarixiy materiallarni qiyosiy tarzda o‘rganish jarayonida bo‘lajak
mutahassislarda nisbiylik tushunchasining shakllanishiga hamda tabiat va
jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda o‘rganish zarurligini talabalar
o‘zlariga amaliy ko‘nikma va malakalar tarzida singdiradilar.

ADABIYOTLAR RO‘YHATI:


1 I.A.Karimov. "Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori",T.,1997 yil.
2 I.A.Karimov. "O`zekiston Buyuk kelajak asari" T., "O`zbekiston"., 1998 yil.
3 I.A.Karimov. "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda." T.,
"O`zbekiston 1999 yil.
4 I.A.Karimov. "O`zbekiston prezidenti "Tafakkur" jurnali
bosh muxarririga bergan ingerv’yusi.
5 O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy
dasturi. T., 1997yil.
6 Kadrlar tayyorlash milliy modeli. XXI asrni ko`zlab. Xalq
ta’limi. 1997 yil.
7 Sh.Qurbonov, X.Saidov, R.Ameddinov. Barkamol avlod
orzusi. T., 1999 yil.
8 Sh.Qurbonov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: ta’limning
yangi qadriyatlari. "Ma’rifat", 25sentyabr 1999 yil.
9 A.Munavvarov. "Pedagogika". T., "O`qituvchi", 1996 yil.
10 Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari:
Respublika konferensiyasi materiallari. T., "O`zbekiston ", 1997 iil.
11 F.S.Yo`ldoshov. "Fidoyi va ijodkor bolailik". "Til va
adabiyot ta’limi". 1999 yil, 3-son.
Download 56.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling