Qarshi davlat pedagogika universiteti
Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat
Download 56.22 Kb.
|
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZLUKSIZ TALIM
- ISHLAB CHIQARISH
- «PORTLASH EFFEKTINI»
Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
SHAXS kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti,talim soxasidagi xizmatlarining istemolchisi va uni amalga oshiruvchisi. DAVLAT va JAMIYAT—talim vakadrlar tayerlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayerlash va ularni kabul kilib olishning kafillari: UZLUKSIZ TALIM—malakali,rakobatbardosh kadrlar tayerlashning asosi bulib,talimning barcha turlarini,DTSni,kadrlar tayerlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kursatish muxitini uz ichiga oladi. FAN—yukori malakali Mutaxassislar tayerlovchi va ulardan foydalanuvchi,ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chikuvchi: ISHLAB CHIQARISH—kadrlarga bulgan extiejni,shuningdek ularni tayergarlik sifati va saviyasiga kuyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi,kadrlar tayerlash tizimini moliya va moddiy texnika jixatidan taminlah jaraenining katnashchisi. Davlat va jamiyat uzluksiz talim va kadrlar tayerlash tizimi barcha uchun ochik bulishni va xaet uzgarishlariga moslanuvchanligini taminlaydi. Aynan bu yunalishda respublikamizda Talim tugrisida Konun,uzluksiz talim DTSi,umumiy urta talim konstepstiyalari ishlab chikilib amaliy jaraenda tadbik kilinmokda. Kadrlar tayerlash milliy dasturimizning uzagini tashkil kiluvchi Milliy modelimizning keng kamrovliligi va ichki yaxlitligi duneda mavjud boshka modellardan uning prinstipial farkli jihatidir. Milliy modelimiz konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va manaviyg‘axlokiy ananalarimiz bilan xamnafasdir.CHunki bizda kadimdan marifatli inson tushunchasi ancha keng manoni anglatadi. Unutmasligimiz kerakki, marifat xalkimiz,millatimiz konidadir. Milliy dasturdan kuzlangan maksadlar kuyidagilardan iborat: Dasturni tulik amalga oshirish respublikamizda ijtimoiy siesiy muxitni yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda davr talabiga javob beruvchi komil insonlar vujudga keladi: Ikkinchidan ushbu dastur tasirida xar bir shaxs jamiyatdan uz urnini topish jaraeni tezlashadi. Uchinchidan agar jamiyatimizda shaxs ravnaki uchun barcha imkoniyatlar yaratilsa,xar bir insonning istedodi,kobiliyati rivoj topadi: Turtinchidan milliy dastur zaminida jamiyatda ongli xaet kechirish tizimi vujudga keladi; Beshinchidan,O‘zbekiston xalki uz oldiga xukukiy demokratik jamiyatni barpo etishni maksad kilib kuygan. Umuman Kadrlar tayerlash milliy dasturini tulik amalga oshirish barkamol shaxsnig‘insonni va shu tarika ongli jamiyatning shakllanishiga,yani yangicha ongga,tafakkurga ega bulgan shaxslarning kupayishiga va bu uz navbatida ijobiy ravishda «PORTLASH EFFEKTINI» sodir bulishiga olib keladi. Milliy dasturning modellari. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy modellari beshta tarkibiy qismdan: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim jarayonining va jamiyat taraqqiyotining bugungi, ertangi kuni to‘liq inobatga olingan. Masalan, shaxs kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni yuqori intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib olgan. SHu tarzda fuqoroning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi qonun tomonidan kafolatlanadi.SHaxsning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosida sifatli bilim olish va kasb-hunar o‘rganishi, uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida asosan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qonuniy norma va me’yorlarga qat’iy rioya qilish masalalari ko‘zda tutilgan, ya’ni fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash har bir shaxsning demokratik huquqi sifatida belgilanishi bilan birga majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim olish holatlari ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, bozor munosabatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bu degani ta’lim oluvchi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, davlat granti va pullik shartnomaviy asosda o‘qishi mumkin, ikki va undan ortiq o‘qish faqat shartnoma asosida amalga oshiriladi. Milliy dastur milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,ta’lim oluvchilarning o‘qish, turmush, dam olishda jamoatchilik asosida shart- sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish masalalarining mehanizmlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri – bu ta’lim dasturlari orasidagi uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim shaxsni yuqori intellektual, nufuzli, yuksak ma’nodagi insonparvar, vatanparvar, madaniyatli, har tomonlama etuk, barkamol insonlarni tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi. Download 56.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling