Qarshi davlat pedagogika universiteti


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»


Download 56.22 Kb.
bet3/16
Sana12.11.2023
Hajmi56.22 Kb.
#1769000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la
xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy
tizimini yaratishdan iboratdir .


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to‘laqonli
ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi.
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:
- Ta’limni muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini mutaxassislar bilan ta’minlash,

_________________


1.Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий ҳужжатлар тЎплами. – Т.: Шарқ
нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001 – 20-бет.
2.Ўша манба, – 25-бет.
pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijti-moiy va
iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojla-ridan, fan, madaniyat,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari-dan kelib chiqqan holda
qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attesta-stiyadan
o‘tkazish va akkreditastiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy
qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan
darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi
va barqaror rivojlanishining kafo-latlarini, ustuvorligini normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
- ta’lim,fan,ishlab chiqarish samarali integrastiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizm-larini ishlab chiqish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investistiyalari jalb etishning real
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro ham-korlikni
rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda
tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:

Download 56.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling