Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Internet saytlari 
1. 
www.ziyo-net.uz
 
2. 
www.literature.uz
 
3.
www.kutubxona.uz 
 
 
 
 
 
 



2-ma’ruza: Qit’alarni sharhlash mezonlari. Kichik lirik janrlar sharhi: 
ruboiy, tuyuq va fardlar. 
Reja: 
1. Qit’alarni sharhlash usullari. 
2. Kichik lirik janrlar – ruboiy, tuyuq va fardlar sharhi. 
Mumtoz adabiyotimizda qit’a – lirik she’riyatning qadimiy turlaridan biri bo‘lib, kesik, 
parcha, qism, bo‘lak ma’nolarini anglatadi.Uning ko‘pligi muqattot deb yuritilib, aruzning 
hamma vaznlarida yaratiladi. Qit’a haqida Shayx Ahmad Taroziy «Funun ul balog‘a» asarida 
shunday ma’lumot beradi: «Qit’a uldurkim, avvalg‘i misrasinda qofiya bo‘lmas. Va aqalli 
(kichigi)ikki bayt bo‘lur. Va muning ham aksari muqarrar ermas. Har nechakim qofiya tobsalar 
ayturlar». Ko‘rinadiki, qit’a qofiyalanishi, shakl ko‘rinishi , mavzu doirasining kengligi bilan 
boshqa lirik janrlardan, xususan, g‘azaldan farq qiladi. 
Qit’a janrining ilk namunalari fors-tojik adabiyotida Ibn Yamin Faryumadiy ijodida 
uchraydi. Uning «Devoni muqattot»nomli asarini mingga yaqin qit’a tashkil etadi. O‘zbek 
adabiyotida esa qit’aning dastlabki namunalari Xorazmiy «Muhabbatnoma»sidagi» «Ta’ma 
dominda qolur qush emas men» deb boshlanadigan o‘zi haqidagi faxriya mazmunidagi qit’adir. 
Bu an’ana mumtoz adabiyotimiz tarixida Lutfiy, Xofiz Xorazmiy, Bobur, Munis, Ogahiy hamda 
Avaz kabi so‘z san’atkorlari ijodida davom ettirildi. 
Alisher Navoiy she’riyatida qit’alar alohida o‘ringa ega bo‘lib, g‘azal va ruboiydan 
keyin turuvchi muhim lirik janr. Navoiy qit’alarining 210 tasi «Xazoyin ul- 
maoniy»devoni(ular quyidagicha taqsimlanadi: «Badoye’ ul- vasat»da 60 ta, qolgan devonlarda 
ularning soni har birida 50 tadan iborat)ga kiritilgan. «Devoni Foniy»da ham 70 dan ortiq qit’a 
borligini hisobga olsak, Navoiy 300 ga yaqin o‘zbek va forscha qit’alar yozganiga guvoh 
bo‘lamiz.Qit’alarda asosan, ijtimoiy, falsafiy-axloqiy mavzular badiiy aks etgan. 
Navoiyshunoslik 
sohasida 
shoir 
qit’alari 
tadqiqiga 
doir 
qarashlarni 
A.Hayitmetov,A.Abdug‘afurov, B.Valixo‘jayev,Y.Ishoqov, I.Haqqulov hamda S.Olim singari 
bir qator adabiyotshunoslarning ishlarida kuzatish mumkin. Bu boradagi tadqiqotlarda qit’aning 
Navoiy she’riyatidagi o‘ziga xos ahamiyati ,mavzu doirasi, badiiy qimmati xususida qimmatli 
fikrlar bildirilgan. 
Shoirning ba’zi qit’alari keyinchalik uning g‘azallariga asos bo‘lganligiga guvoh 
bo‘lamiz. Navoiy qit’alarining juda ko‘pchiligi uning hayotiy va ilmiy-adabiy ahamiyatga molik 
bo‘lib, shoir hayoti va ijodini o‘rganishda muhim xizmat qiladi.
Navoiy qit’alari mavzu doirasi bag‘oyat keng ekanligi, «badiiylikda mavjud hayot 
nafasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni shoirning o‘zi hikmat suvidan bahramand boqqa 
qiyoslagan edi». 
Mundoq muqattaotkim , men yig‘misham erur 
Har bir hadiqai xirad aylar uchun farog‘. 
Majmuin uyla kishvari anglaki, sathini, 
Hikmat suyidin aylamisham qit’a- qit’a bog‘. 
Abduqodir Hayitmetov Navoiyning ijodiy metodi masalalariga bag‘ishlangan 
tadqiqotida yozadi : «Navoiy lirikasida metod nuqtai nazaridan ko‘zga tashlanadigan muhim 
tomonlaridan biri – unda realistik elementlarning ham tez-tez uchrashidir.Biz bunda har 



tomonlama realistik xarakterga ega bo‘lgan she’rlar bilan bir qatorda realizmga ko‘p tamoyil 
ko‘rsatuvchi she’riy formalarni ham ko‘ramiz». Mazkur fikrlar dalili Navoiy qit’alarida ham aks 
etgan bo‘lib, realistik xarakterga ega: shoir yashagan davr va ijtimoiy muhit, shaxsiy hayoti va 
ijodiga daxldor mavzular ko‘p uchrashi bilan ajralib turadi.Buni birgina «Navoiy she’ri to‘qqiz 
baytu, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt»misrasi bilan boshlanadigan qit’ada ham ko‘rishimiz o‘rinli. 
Shoir o‘z g‘azallaridagi poetik mahorati haqida to‘xtalib, ularda «durru mahkum», ya’ni 
yashiringan durlar borligiga ishora qiladi. 
Qit’alarda hayotiy mushohadaning kengligi, lirik qahramonning muayyan masalaga aniq 
munosabat bildirishi , real hayot bilan chambarchas bog‘liqligi , umuman Navoiy tarjimai holini 
aniqlashtirish bo‘yicha ham jiddiy ahamiyatga egaligi bilan e’tiborga molik. 
Navoiy qita’larining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, ularning «Xazoyin ul maoniy»ga 
kiritilgan barcha namunalarida maxsus sarlavhalar mavjud. Abduqodir Hayitmetov Navoiy 
qit’alariga sarlavha qo‘yish sababini bir o‘rinda: «Navoiy qit’alarining har biriga sarlavha 
qo‘yishning sababi shundaki, u o‘z qit’alarining ijtimoiy ahamiyatini real tushunar edi, va 
ularning o‘z adresatiga to‘g‘ri yetib borishini , tez anglanishini istar edi» deb ko‘rsatsa, yana bir 
o‘rinda qit’alarga sarlavha qo‘yishini qaysi maqsadda yozganini ta’kidlash uchun shu yo‘lni 
tutganligini qayd etadi. 
A.Hayitmetovning qit’alar sarlavhasi masalasida bildirgan fikrlari keyinchalik qizg‘in 
bahs – munozaralarning boshlanishiga sabab bo‘ldi. A. Abdug‘afurov o‘z maqolasida 
sarlavhalarning «Navoiy tomonidan qo‘yilganligiga jiddiy shubha» bildiradi. Olimning 
ta’kidlashicha, qit’a sarlavhalarining keyinchalik (ya’ni «Xazoyin ul- maoniy» tuzilayotganda, 
chunki, «Badoye’ ul-bidoya»ga kiritilganda qit’alar sarlavhasiz edi), ularda muallifga nisbatan 
uchinchi shaxsda murojaat qilinishi sarlavhalarning Navoiy tomonidan emas, balki uni yaxshi 
bilgan, qit’alarning ijodiy tarixidan xabardor kotib tomonidan qo‘yilgan deyish uchun asos 
beradi. 
Bu bahsda qatnashgan adabiyotshunos Y.Ishoqov esa, ko‘proq Abduqodir Hayitmetov 
maqolasida ilgari surilgan qarashlarni yoqlaydi,asosli dalillar bilan sarlavhalarning Navoiy 
tomonidan qo‘yilganligini isbotlaydi.Uning aniqlashicha, Navoiy o‘z qit’alariga sarlavha 
qo‘yishda Anvariy ijodiy an’anasiga ergashgan. Anvariy devonidagi yuzlab qit’alarning 
barchasiga sarlavha qo‘yilgan. Bu hodisaning Navoiyga ta’siri uning Anvariy ijodiga bo‘lgan 
hurmati, e’tiqodi naqadar yuksakligi bilan isbotlanadi. Shoirning sarlavhalarda nomi yoki 
taxallusini uchinchi shaxsda berishi esa g‘azalda keng qo‘llanilgan poetik usul bilan aloqador. 
Shoir qit’ada aytmoqchi bo‘lgan gapining qariyb yarmini sarlavhadayoq o‘quvchiga 
ma’lum qiladi. Sarlavha ba’zan butun boshli bir jumlani tashkil etadi. Ayrim sarlavhalarda 
mazmun amalda to‘la bayon etib qo‘ya qolinishi hamda ular shunchaki sarlavha bo‘lmay, balki, 
qit’aning uzviy bir qismini tashkil etishi xususida mulohazalar bildirilgan. 
Navoiy ijodida qit’alardan tashqari «Xamsa» dostonlarida ham nasriy sarlavhalar 
mavjud bo‘lib, ular badiiyat namunasi sanaladi. 
Fikrimizcha, Navoiy she’riyatidagi qit’a janridagi asarlar an’anaviylik asosida, ya’ni 
ularga maxsus sarlavhalar qo‘yish Anvariy ijodiga xos uslub bo‘lsa, Ibn Yaminning mohir qit’a 
yaratuvchi sifatidagi ta’siri birinchi marotaba shoir ijodida ko‘zga tashlanadi. Shunday bo‘lsa-
da, Navoiy qit’alari novatorlik maqomiga ko‘tarildi. Bu hodisa shoir asarlarining barchasi xos. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling