Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur. 
b. Har labing o‘lganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonojon erur. 
c. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, 
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. 
d. Havosi xams ila maqsud bo‘lmadi mudrik,
Ko‘ngulni top iki-uch uzv, besh emas bu beshov. 
83. Qaysi adib asarida tajnisning 7 turi (tajnisi tom, tajnisi noqis, tajnisi zoid, tajnisi 
mukarrar, tajnisi murakkab, tajnisi mutarraf, tajnisi xat) keltirib o‘tilgan? 
a. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” 
b. Shams Qays Roziyning “Almo‘‘jam” 
c. Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” 
d. Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” 
84. Tazod haqdagi nisbatan kengroq ma’lumot kimning qaysi asarida uchraydi? 
a. Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi’ ul-afkor” 
b. Hamididdin Najotiyning “Risolai feruziy” 
c. Shams Faxriy Isfahoniyning “Me’yori jamoliy” 
d. Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” 
85. “Bu san’atda avvalgi misra oxiridagi so‘z yoki jumla keyingi misra boshida aynan 
takrorlanadi, boshqacha aytganda birinchi misrani tugatgan so‘z yoki jumla keyingi misrani 
boshlab beradi”. 
Ushbu ta’rif qaysi badiiy san’at haqida ekanligini aniqlang. 
e. tatabbu’ 
f. 
tazmin 
g. tasbi’ 
h. tasdir 
86. Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur, 
 
 Kim jonga qaro balo bo‘lubtur. 
Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday qofiya qo‘llanilganligini 
aniqlang. 
a) muassas qofiya 
b) muqayyad qofiya 
c) murdaf qofiya 
d) mujarrad qofiya 
87. Murdaf qofiyaga berilgan tog‘ri ta’rifni aniqlang. 
a) bunday qofiya turida raviy harfidan oldin cho‘ziq unlilardan biri – ridfi asliy, ba’zan 
esa ridfi zoyid keladi 
b) bunday qofiya turida o‘zak tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi 
c) bunday qofiya turida raviy harfi cho‘ziq unlidan iborat bo‘lishi yoki raviy undosh 
bilan yakunlanib, undan oldin tavjih – qisqa unli kelishi asosiy talab hisoblanadi 
d) bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan 
keyin bir unli keladi 
88. Javoblarning qaysi birida muqayyad (qaydli) qofiyaga misol bo‘luvchi bayt berilgan? 


107 
a) Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo‘ldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qatiq ish berdi dast. – 
b) Gar etar ag‘yordin yuz ming jarohat, ey, ko‘ngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey ko‘ngul. – 
c) Yor holidin menga vahkim xabar yo‘qtur bu kun,
Bu 
jihatdin aqlu hushumdin asar yo‘qtur bu kun. 
d) Chun kinavu qatlin angladim rost,
Qildim neki mumkin erdi darxost -
89. “Muassas qofiya – qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. 
Ta’sisli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida 
bir undosh va undan keyin bir unli keladi. Cho‘ziq “o” unlisi …(1) deb, undan keyingi undosh 
…(2) deb, raviy oldidagi qisqa unli esa … (3) deb ataladi.” 
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib, joylashtiring. 
a) (1) ta’sis, (2) daxil, (3) ishbo‘ 
b) (1) daxil, (2) ishbo‘, (3) ta’sis 
c) (1) ishbo‘,(2) daxil, (3) ta’sis 
d) (1) daxil, (2) ta’sis, (3) ishbo‘ 
90. Radif haqida bildirilgan quyidagi fikrlardan qaysi biri xato? 
a) izma-iz keluvchi, otning orqasidan ergashib boruvchi. Mumtoz she’r unsurlaridan biri 
b) she’riy misralarda qofiyadan so‘ng aynan takrorlanib keluvchi so‘z yoki so‘zlar 
qo‘shilmasi 
c) radif she’rda ifodalanayotgan etakchi fikrni takrorlash, kitobxon e’tiborini asosiy 
g‘oyaga jalb etib, muallif g‘oyaviy niyatini chuqurroq etkazib berishga xizmat qiladi 
d) Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, 
Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” 
asarlarida radif forsiy she’riyatga xos bo‘lib, arablarda ham qo‘llanilganligi ta’kidlanadi 
91. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi baytda qaysi 
so‘z hojib bo‘lib kelgan? 
Chek aynima ishq to‘tiyosin, 
 
 
Ur qalbima ishq kimiyosin! – 
a) ishq
b) to‘tiyosin 
c) kimiyosin 
d) ishq, to‘tiyosin, kimiyosin 
92. Mutlaq qofiya haqida berilgan javoblardan tog‘risini aniqlang. 
a) bunday qofiya turida o‘zak tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi. Bunda 
qisqa unli hazv, raviydan oldin to‘rgan undosh qayd deb ataladi 
b) qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ta’sisli qofiya deb ham 
ataladi 
c) qofiyaning tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Raviy harfi bilan tugallanadi 
d) qofiyaning tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Mutlaq qofiyada raviy 
harfidan keyin qofiyaning boshqa harflari (vasl, xuruj, mazid, noyira) ham ishtirok etadi 
93. To bo‘ldi ko‘ngul ul ko‘zi usrukka giriftor,
El ko‘ziga sog‘men, vale o‘z-o‘zuma bemor 


108 
Yuqorida keltirilgan baytning qaysi qofiya turiga mansubligini aniqlang. 
a) muassas qofiya 
b) muqayyad qofiya 
c) murdaf qofiya 
d) mujarrad qofiya 
94. Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dardu balosinmu deyin? – 
Alisher Navoiyning yuqoridagi baytida “qarosinmu”, “balosinmu”so‘zlari mutlaq 
qofiya bo‘lib, ulardagi “o” unlisi raviydir. Raviydan keyin kelgan “s” undoshi –…(1), “n” 
undoshi – …(2), “m” – …(3) va qofiya oxiridagi “u” unlisi …(4) hisoblanadi, “s” harfidan 
keyin kelgan qisqa “i” unlisi esa …(5)dir. 
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib joylashtiring. 
a) (1) vasl, (2) xuruj, (3) mazid, (4) noyira, (5) nafoz
b) (1) xuruj, (2) vasl, (3) mazid, (4) nafoz, (5) noyira 
c) (1) nafoz, (2) mazid, (3) vasl, (4) xuruj, (5) noyira 
d) (1) noyira, (2) nafoz, (3) vasl, (4) mazid, (5) xuruj 
95.
Gar etar ag‘yordin yuz ming jarohat, ey, ko‘ngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey ko‘ngul. – 
Ushbu bayt qaysi qofiya turiga mansub? 
a) muqayyad qofiya 
b) murdaf qofiya 
c) muassas qofiya 
d) mujarrad qofiya 


109 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling