Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

TEST TOPSHIRIQLARI 
1. “Poetika” atamasining ma’nosi to‘liq keltirilgan javobni aniqlang. 
a) “Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi 
b) “Poetika” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “ijod sirlari” ma’nosini bildiradi 
c) “Poetika” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “badiiylik” ma’nosini bildiradi 
d) “Poetika” so‘zi forscha so‘z bo‘lib, “ijodkorlik” ma’nosini bildiradi 


94 
2. Ma’lum bir ijodkorning asarlarini (yoki bir asarini) badiiy jihatdan tadqiq qilish 
poetikaning qaysi bir yirik sohasining vazifasi sanaladi? 
a) umumiy poetika 
b) xususiy poetika 
c) tarixy poetika 
d) qiyosiy poetika
3. “Poetika” istilohi ilmiy muomalaga dastavval kim tomonidan kiritilgan? 
a) Arastu 
b) Aristotel 
c) Ibn Mu’tazz 
d) Alisher Navoiy 
4. Ilmi balog‘a (balog‘at ilmi)ga berilgan ta’riflarning qaysi biri to‘g‘ri? 
a) “balog‘at”ning lug‘aviy ma’nosi “bulug‘ va vusul”, ya’ni “erishish va
yetishish” bo‘lib, istiloh sifatida Qur’oni Karim va hadisi sharif tili bo‘lmish arab tilining sir-
asrorlarini ochuvchi, uning nozik va nafis jihatlarini ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini 
anglashni o‘rgatuvchi ilm “balog‘at ilmi” deyiladi. 
b) u faqat ilmi maoniy, ilmi badi’lardan iborat. 
c) ilmi balog‘a, dastavval, Qur’oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj tufayli paydo 
bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik ham shu ilm asosida tadqiq qilish rivojlandi.
d) barcha javoblar to‘g‘ri. 
5. Balog‘at ilmi bo‘yicha ilk kitob yozgan allomalarni aniqlang. 
a) Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu’tazz. 
b) Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yahyo, Abdulloh ibn Yunus, Abu Usmon 
Mag‘ribiy 
c) Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Ali ibn Nur, Abu Hamza Bog‘dodiy. 
d) Abdulloh ibn Mu’tazz, Ali ibn Nur, Abdulloh ibn Yunus, Abu Usmon Mag‘ribiy 
6. Mumtoz adabiyotimiz tarixida poetika ilmi asosan uchta mustaqil sohadan iborat 
bo‘lgan va bu “ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) deb atalgan. Ular qaysilar? 
a) ilmi aruz, ilmi badi’, ilmi ma’oniy 
b) ilmi aruz, ilmi badi’, ilmi qofiya 
c) ilmi qofiya, ilmi ma’oniy, ilmi bayon 
d) ilmi bayon, ilmi balog‘a, ilmi aruz 
7. “Majoz ul-Qur’on” asari qaysi adibga tegishli va u qachon yaratilgan? 
a) Ibn Mu’tazz, hijriy I asr oxiri 
b) Abdulloh Nur, hijriy II asr boshlari 
c) Abu Ubayda Mamar, hijriy II asr 
d) Ja’far ibn Yahyo, hijriy I asr 
8. Navoiy qaysi asarida nazm va nasrga ta’rif berarib, nazmni gulshandagi gullarning 
saf tortib, ochilib turishiga, nasrni esa gullarning erda sochilib to‘kilib yotishiga o‘xshatadi? 
a) “Farhod vaShirin” 
b) “Hayrat ul-abror” 
c) “Layli va Majnun” 
d) “Saddi Iskandariy” 
9. Turkiy poetikaga doir bizgacha etib kelgan ilk nazariy manba qaysi? 


95 
a) “Funun ul-balog‘a” 
b) “Jami muxtasar” 
c) “Xazoyin ul-maoniy” 
d) “Xadoyiq us sehr” 
10.  Ilmi badi’ haqida ilk asar yozgan adib sifatida kim tilga olinadi? 
a) Ibn Mu’tazz 
b) Abu Ubayda Mamar 
c) Ja’far ibn Yahyo 
d) Sahl ibn Xorun 
11. Alisher Navoiy she’riyat maydoniga kirib kelgan davrda o‘zbek adabiyotida qaysi 
lirik janrlar she’riy shakl sifatida o‘z takomiliga yetgan edi? 
a) qit’a, ruboiy, musamman, tarkibband, tarji’band 
b) qasida, g‘azal, masnaviy, tuyuq, fard 
c) tarkibband, tarji’band, masnaviy, tuyuq 
d) qit’a, ruboiy, g‘azal, masnaviy 
12. Hofiz Xorazmiy devonida lirik turning jami nechta janri keltiriladi? 
a) 8 
b) 9 
c) 10 
d) 11 
13. Navoiyning “Ilk devon”i tarkibiga kiruvchi janrlar miqdorini aniqlang. 
a) 391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 434 she’r 
mavjud 
b) 393 g‘azal, 44 ruboiy, 2 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 435 she’r 
mavjud 
c) 395 g‘azal, 42 ruboiy, 1 mustazod va bir muxammas, jami 3 lirik janrdagi 435 she’r 
mavjud 
d) 392 g‘azal, 40 ruboiy, 4 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 435 she’r 
mavjud 
14. Adabiyotshunoslikda g‘azal janri haqida ilk ma’lumot qaysi asarda keltiriladi? 
a) “Funun ul-balog‘a” 
b) “Jami muxtasar” 
c) “Xazoyin ul-maoniy” 
d) “Al mo‘jam” 
15. G‘azalning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor qaysi asardan boshlanadi? 
a) Xo‘jandiyning “Latofatnoma” 
b) Said Ahmadning “Taashshuqnoma” 
c) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” 
d) Firdavsiyning “Shohnoma” 
16. Alisher Navoiy qaysi asarida ishqni 3 darajaga ajratib, ularni avom ishqi, xoslar 
ishqi (majoziy ishq), siddiqlar ishqi (haqiqiy ishq) deb ataydi? 
a) “Hayrat ul-abror” 
b) “G‘aroyib us-sig‘ar” 
c) “Mahbub ul-qulub” 


96 
d) “Nasoyimul-muhabbat” 
17. “Arabcha “orttirilgan”, “ziyoda qilingan” ma’nolarini bildirib, har misrasi 1,5 
qatordan iborat she’r shaklidir”. Ushbu ta’rif qaysi janr haqida? 
a) tarje’band 
b) tarkibband 
c) masnaviy 
d) mustazod 
18. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”da keltirilgan muxammaslarning soni 
nechta? 
a) 8 
b) 9 
c)10 
d) 11 
19. Turkiy adabiyotda tarji’bandning ilk namunalari kimning ijodida uchraydi? 
a) Alisher Navoiy 
b) Hofiz Xorazimiy 
c) Yusuf Amiriy 
d) Lutfiy 
20. Navoiy o‘zining qaysi asarida masnaviy janrni alohida tavsiflab, uni “vase’” – keng 
maydon deb ataydi? 
Masnaviykim, burun dedim oni, 
So‘zda keldi vase’ maydoni. 
a) “Saba’i sayyor” 
b) “Hayrat ul-abror” 
c) “Farhod va Shirin” 
d) “Saddi Iskandariy” 
21. Navoiyning “Oqquyunli muxlislar devoni”da “Ilk devon”da mavjud bo‘lmagan 
qaysi janri kiritilgan? 
a) tarji’band 
b) tarkibband 
c) mustazod 
d) qit’a 
22. Alisher Navoiyning ilk rasmiy devoni “Badoe’ ul-bidoya”da… 
a) 13 janrga oid 1046 ta she’r mavjud
b) 15 janrga oid 1045 ta she’r mavjud 
c) 11 janrga oid 1046 ta she’r mavjud 
d) 12 janrga oid 1045 ta she’r mavjud 
23. Navoiyning “Navodir un-nihoya” asarida g‘azal janridagi nechta she’r mavjud? 
a) 862 ta she’r 
b) 860 ta she’r 
c) 858 ta she’r 
d) 855 ta she’r 
24. “Navodir un-nihoya”ning Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan nusxasida 
g‘azaldan tashqari, yana qaysi janrlarni uchratish mumkin? 


97 
a) masnaviy, tarkibband, muammo, tuyuq, qit’a, ruboiy 
b) qasida, tarkibband, tarji’band, mustazod, tuyuq, lug‘z 
c) mustazod, tarji’band, qit’a, ruboiy, lug‘z, muammo, tuyuq 
d) masnaviy, tarji’band, qit’a, lug‘z, muammo va tuyuq 
25. Navoiy g‘azallari asosan 7 baytdan 13 baytgacha hajmda bo‘lib, bu haqda shoir 
qaysi devoniga kiritilgan qit’asida quyidagicha ma’lumot beradi? 
Navoiy she’ri to‘qquz baytu, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt 
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin. 
Bukim albatta etti baytdin o‘ksuk emas, ya’ni 
Tanazzul aylay olmas rutba ichra etti gardundin. 
a) “Navodir un-nihoya” 
b) “Badoe’ ul-vasat” 
c) “G‘aroyib us-sig‘ar” 
d) “Ilk devon” 
26. Navoiy o‘zining dastlabki mashqlari fors tilida bo‘lganligini ta’riflab: “Bu xoksorga 
sabovat avoilidakim, og‘iz huqqasidin biror gavhar zohir bo‘la boshlar, ul gavharlar hanuz nazm 
silkiga kirmaydur erdikim, zamir daryosidin nazm silkiga tortilg‘on gavharlar tab’ g‘avvosi sa’y 
bila og‘iz sohiliga kela boshlamoq ko‘rguzub erdi. Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado 
topti – mayl forsiy sari bo‘ldi”deya qaysi asarida ma’lumot beradi? 
a. “Majolis un-nafois” 
b. “Lison ut-tayr” 
c. “Muhokamat ul-lug‘atayn” 
d. “Mahbub ul-qulub” 
27. Navoiyning “Devoni Foniy” asari o‘z tuzilishiga ko‘ra “Xazoyin ul-maoniy” 
tarkibidagi devonlardan bir necha xususiyatlari bilan farq qiladi. Quydagi javoblarning qaysi 
birida ulardagi farqlar to‘g‘ri keltirilgan? 
a. “Xazoyin ul-maoniy” lirik asarlar kulliyoti tarkibidagi devonlar umrning to‘rt 
fasliga muvofiq nomlangan bo‘lib, she’rlar ham imkoni boricha xronologik tartibda 
joylashtirilgan. “Devoni Foniy”dan esa, she’rlarning xronologiyasi haqida ma’lumot topish 
dushvor. 
b. “Devoni Foniy” mufassal debocha bilan boshlanib, unda shoir o‘z ijodiy 
laboratoriyasi, devonning tuzilishi va tarkibi haqida ma’lumot bergan. “Xazoyin ul-maoniy” 
ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida debocha yo‘q; 
c. “Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlarda har bir harf turkumidagi g‘azallarning 
boshlanishida hamd, na’t, mav’iza yo irfon mavzusidagi she’rlar joy olgan. “Devoni Foniy”da 
esa turkiy tildagi devonlarda an’anadagi arabcha 28 harfga qo‘shimcha ravishda fors va o‘zbek 
tillariga xos bo‘lgan “chim”, “je”, “pe”, “gof” harflari bilan tugaydigan g‘azallar o‘rin olgan. 
d. “Xazoyin ul-maoniy” tarkibiga 15 janrdagi she’rlar kirgan bo‘lsa, “Devoni 
Foniy”da 9 ta janrda qalam tebratadi. 
28. Tavrning izohini to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 
a. arabcha so‘z bo‘lib, biror narsa atrofida aylanish, tarz, yo‘sin, uslub ma’nolarini 
anglatadi. 
b. arabcha so‘z bo‘lib, biror narsaning izidan borish; tadqiq va tahlil; izdoshlik qilish 
kabi ma’nolarni anglatadi. 


98 
c. adabiy istiloh sifatida biror shoir she’ridan ta’sirlanib, undagi vazn, qofiya, radif va 
obrazlar tizimini saqlagan holda yaratilgan asarga nisbatan qo‘llaniladi. 
d. barcha javoblar to‘g‘ri 
29. Tavr va tatabbu istilohlari ilk marta qaysi ijodkor devonining debochasida 
qo‘llanilgan? 
a. Amir Xusrav Dehlaviyning “G‘urrat ul-kamol” 
b. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” 
c. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” 
d. Shams Qays Roziyning “Al-mo‘‘jam” 
30. Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida kimga nisbatan “kamol avjining mehri 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling