Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
c. irsoli masal
d. kalomi jomi’ 71. Turkiy adabiyotshunoslikda kalomi jomi’ haqidagi ilk ma’lumot qysi asarda keltiriladi? a. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” b. Rashididdin Vatvotning “Xadoyiq us-sehr” c. Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” d. Qudama ibn Ja’farning “Naqd ush-she’r” 72. Alisher Navoiyning qaysi asaridagi ruboiylar boshdan-oyoq kalomi jomi’ san’ati asosida yozilgan? a. “Navodir ush-shabob” b. “G‘aroyib us-sig‘ar” c. “Majolis un-nafois” d. “Nazm ul-javohir” 73. Javoblarning qaysi birida mubolag‘aning eng kuchayirilgan turi bo‘lmish g‘ulluv san’atiga oid bayt keltirilgan? a. Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, Etkach ohim shu’lasi, ani sarig‘ gul ayladim. b. Ko‘tardi orqasig‘a bodponi, Nechukkim bodpo, ul dilraboni... c. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. d. Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, Bo‘lub ollinda qasru havz raydo. 74. Maqlubi mustaviy deb nomlanuvchi she’riy san’atga berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang. a. maqol, matal va hikmatli so‘zlarni keltirishga asoslangan she’riy san’at b. she’rda yoki baytda pand-nasihat, o‘git, axloq-odobga oid, zamona va zamondoshlardan shikoyat bilan bog‘liq fikrlarni keltirishga asoslangan she’riy san’at c. adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati d. misra yoki bayt tarkibidagi ibora yoki jumlalarning teskari o‘qilganda ham ma’no anglatishiga asoslangan badiiy san’at 75. Maqlubi mustaviy haqidagi nisbatan mukammal ma’lumotlar qaysi asarda keltirilgan? 105 a. Shams Qays Roziyning “Almo‘‘jam” b. Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” c. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” d. Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” 76. Sharq mumtoz poetikasida baytning boshi …(1), oxiri …(2) yoki …(3), ikkinchi misraning boshi …(4) va har ikki misraning o‘rtasi …(5) deyiladi. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib, joylashtiring. a. (1) sadr, (2) ajuz, (3) zarb, (4) ibtido, (5) hashv b. (1) hashv, (2) zarb, (3) ajuz, (4) sadr, (5) ibtido c. (1) sadr, (2)ibtido, (3) ajuz, (4) zarb, (5) hashv d. (1) ajuz, (2)ibtido, (3) sadr, (4) hashv, (5) zarb 77. Qaysi asarda radd ul-ajuz al as-sadr san’ati forsiy tilda mutobiq va musaddar deb atalishi aytib o‘tiladi? a. “Funun ul-balog‘a” b. “Majolis un-nafois” c. “Navodir ush-shabob” d. “Xadoyiq us-sehr” 78. “Xazoyin ul-maoniy”da radd ul-matla’ san’ati asosida yozilgan qancha g‘azal mavjud? a. 34 ga yaqin b. 35 ga yaqin c. 33 ga yaqin d. 36 ga yaqin 79. XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda “iyto” deb yuritilgan san’at qaysi? a. siyoqat ul-a’dod b. ruju’ c. radd ul-matla’ d. radd ul-qofiya 80. Atoulloh Husayniy “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida qaysi badiiy san’at haqida shunday ta’rif beriladi: “Ani istidrok ham derlar. Ul andog‘durkim, bir nimani zikr qilursen va nukta uchun andin yana qaytarsen...” a. ruju’ b. mubolag‘a c. irsoli masal d. kalomi jomi’ 81. Siyoqat ul-a’dod san’ati haqida berilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang. a. g‘azal yoki qasida matla’idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta’da takrorlanishiga asoslangan badiiy san’at b. baytda bir xil tovushlarni bir necha marta takrorlashga asoslangan san’at c. she’rda sodda otlarni muayyan tartib bilan ketma-ket keltirishga asoslangan san’at d. shoirning she’rdagi avvalgi misra yoki baytda ifodalagan fikridan voz kechib, keyingi misra yoki baytda uni yanada kuchliroq ifodalashiga asoslangan badiiy san’at 82. Javoblarning qaysi birida tavzi’ san’ati qo‘llanilmagan bayt beilgan? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling