Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

 
 
2-jadval 
1-tanlanma 


20 
Tajriba 
guruhi 
X
i
Yuqori 
Yaxshi 
O‘rta 
Jami 
n
i
70 
111 
37 
n218 
2-tanlanma 
Nazorat 
guruhi 
Y
j
Yuqori 
Yaxshi 
O‘rta 
Jami 
m

42 
96 
84 
m222 
O‘zlashtirish darajasini quyidagi formula asosida hisoblaymiz: 
1
,
4
15
,
4
218
905
)
111
444
350
(
218
1
)
3
37
4
111
5
70
(
218
1
1
3
1















i
i
i
X
n
n
X
Foizda
%
138
%
100
3
15
,
4
%



Х
8
,
3
81
,
3
222
846
)
252
384
210
(
222
1
)
3
84
4
96
5
42
(
222
1
1
3
1















j
j
j
Y
n
m
Y
Foizda
%
127
%
100
3
81
,
3
%




Tajriba guruhidagi o‘rtacha o‘zlashtirish nazorat guruhidagi o‘zlashtirish 
ko‘rsatgichidan (138–127) 
11 ga yuqori ekan. Bu esa o‘z navbatida
08
,
1
%
127
%
138

barobar ortiqligini anglatadi. 
Ushbu matematik tahlil va olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot 
davomida ishlab chiqilgan maktabga tayyorlov guruhlarida olib boriladigan 
mashg‘ulotlarni tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan metodika asosida va ishlab 
chiqilgan metodik tavsiyalardan, ishlanmalardan foydalanish ijobiy natija beradi.
Tadqiqot davomida olingan natijalarning xolisligi va ishonchliligi matematik 
statistikaning qo‘llanilishi bilan isbotlangan, bu umuman olganda, tadqiqotda 
qo‘yilgan vazifalarni hal etilganligini bildiradi. 
XULOSALAR 
 
1. Ta’lim tizimida didaktik o‘yinlar shaxs tafakkurini o‘stirish, uni jismonan, 
fiziologik, pedagogik va psixologik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish maqsadida keng 
qo‘llanilgan. Tadqiqot ishida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda 
ularning asosiy faoliyat turi bo‘lmish o‘yin faoliyatidan ular kognitiv ko‘nikmalarini 
rivojlantirishda samarali foydalanish metodikasining kompleks tarzda tadqiq 
etilmaganligi tadqiqot muammosining dolzarbligi va zaruratini belgilab berdi. 
2. Qator tadqiqotchilarning ishlari va tadqiqot natijalari maktabgacha yoshdagi 
bolalarni kognitiv rivojlantirishda psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning 
ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bolada 
atrof-borliqqa kognitiv munosabat shakllanishini ta’min etuvchi omillar qatoriga 
%
%


21 
kognitiv qiziqish va kognitiv faollikni qo‘yish mumkin. Bolada kognitiv faollik 
shakllanishi uchun pedagogik-psixoloik shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: 
bolada paydo bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida va omilkorlik bilan qiziqish 
obyektiga yo‘naltira bilish;
boladagi qiziqishlarni rag‘batlantirib, rivojlantirib borish; 
bolalar bilan ishlashda ularning shaxsiy xususiyatlarini ham e’tiborga olish; 
-bolalarning qiziqish doirasini aniqlab, shu soha bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish; 
bolaning qiziqish obyekti bo‘lgan predmetlar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar 
tashkil etish, ertaklar aytish. 
3. Shaxs kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik va pedagogik 
nuqtai nazardan o‘rgangan holda ushbu jarayon shakllanganlik mezonlari sifatida 
quyidagilar belgilab olindi: 
perseptiv ko‘nikmalar (sezgi, idrok, diqqat); 
intellektual ko‘nikmalar (tafakkur, tasavvur, nutq); 
mnemonik ko‘nikmalar (xotira). 
4. Ta’limiy o‘yinlarning muhim jihatlaridan biri – bolalar uchun jiddiy 
faoliyat turlaridan biri bo‘lmish ta’lim jarayoni hamda qiziqarli faoliyat turi – o‘yin 
jarayonidagi didaktik faoliyatning mujassamlashtirilganligidir. Bunday faoliyat 
davomida ijtimoiy vaziyatlar yoki kattalarning mehnat faoliyati o‘yinlarga aynan 
ko‘chirilmasdan, ularni o‘yin vaziyati va mazmuniga mos holda gavdalantirish 
muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar mazmun jihatidan qanchalik ko‘p boyitilgan 
bo‘lsa, ularni tashkil etishda belgilangan pedagogik talablarga amal qilinadigan 
bo‘lsa, bolalarning kognitiv ko‘nikmalari sifat jihatidan jihatdan yangi bosqichga 
ko‘tariladi. 
5. Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohotlar va ushbu maqsadda qabul qilinayotgan davlat dasturlari tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kognitiv 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va ushbu jarayon 
metodik ta’minotini takomillashtirish ehtiyoji mavjud. 
6. Tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan funksional-tarkibiy model hamda 
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kognitiv ko‘nikmalarini ta’limiy o‘yinlar 
vositasida rivojlantirish metodikasi hamda dasturi MTTlardagi mashg‘ulotlar, 
ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu metodika asosiy mezon tanlab 
olingan perseptiv, intellektual hamda mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantirish 
yo‘nalishlariga ko‘rata’limiy o‘yinlar tizimlashtirildi.
7. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan loyihalar maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarning kognitiv ko‘nikmalari bilan birgalikda fiziologik, psixologik 
va pedagogik rivojlanish ko‘rsatkichlarining ortishiga olib keladi. 


22 
8. Tadqiqot ishimiz davomida ishlab chiqilgan amaliy ishlanmalar hamda 
metodikani tajriba-sinov natijalariga ko‘ra samarador ekanligi aniqlandi.
TAVSIYALAR 
1. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan bir qatorda oilada 
tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ham kognitiv 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir ota-onalar uchun metodik mazmundagi 
qo‘llanmalar, mobil ilovalar hamja teledasturlar tayyorlansa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
2. Ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq mutaxassislarini tayyorlash jarayonida 
pedagogik ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlardan kognitiv maqsadlarda 
foydalanish metodikasiga doir nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi 
tarbiyachi-pedagoglarni tayyorgarlik sifatini oshirishga hamda raqobatbardoshligini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
3. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quvchilar kognitiv 
ko‘nikmalarini rivojlantirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanishga doir metodik 
qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar hamda didaktik vositalarni tayyorlash tarbiyai-
pedagoglar faoliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling