Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mnemonik ko‘nikmalar
- “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida
Perseptiv ko‘nikmalar, ya’ni sezgi, idrok va diqqatdan iborat bo‘lib, ushbu
jarayonning asosiy vazifasi tashqi va ichki olamdagi ma’lumotlarni qabul qilishdan iborat. Intellektual ko‘nikmalar o‘z ichiga tafakkur, tasavvur va nutqni qamrab oladi. Intellektual jarayonlarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni qayta ishlash, boyitish, ular haqida axborot berish hamda fikr almashinishdan iborat. Mnemonik ko‘nikmalar ya’ni xotira. Xotira yordamida to‘plangan ma’lumotlar saqlanadi, zaruriy vaziyatlarda qayta tiklanadi va foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat tarzda tashkil etiladi: 1-rasm. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy qismlari. Bolalarning bilish faoliyatini o‘yin faoliyati bilan uyg‘un holda tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: DIDAKTIK O'YINLAR O'yin ishtirokchilar i O'yin maqsadi O'yin qoidalari O'yin harakatlari O'yin bosqichlari O'yin jihozlari O'yin natijasi 13 o‘yin ishtirokchilari (yoshi, ishtirokchilar soni va hokazo). Didaktik o‘yinlar davomida bolalar xususiyatlarini inobatga olish muhim hisoblanadi. 6 o‘yin maqsadi. Didaktik o‘yinlarning maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo‘nalishlarda belgilanadi. o‘yin qoidalari – bolalarni tartib-intizomga hamda mas’uliyatlilikka o‘rgatadi. o‘yin harakatlari – har bir o‘yinni amalga oshirish bosqichlarini qamrab olgan holda, ishtirokchilar uchun faoliyat algoritmi belgilab beriladi. o‘yinni tashkil etish bosqichlari jarayonning aniq ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi. o‘yin uchun zaruriy jihozlar. Har qanday o‘yin zaruriy moddiy-texnik bazani hamda vositalarni talab etadi. o‘yin natijasi tahlili (g‘oliblarni aniqlash, rag‘batlantirish va hokazo). Maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalar uchun foydalaniladigan didaktik o‘yinlar mazmuni, rang-barangligi, qisqa muddatliligi bilan farqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: dasturga mosligi; bolalarning yoshiga mosligi;bolalarning jismoniy imkoniyatlari; moddiy-texnik bazaning mavjudligi. Ta’limiy o‘yin faoliyati davomida bolalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning bilimlari va tasavvurlarini boyitishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Respublikamiz Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi 54-son buyrug‘i bilan 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash “Ilm yo‘li” variativ dasturi qabul qilindi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bo‘yicha bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy- hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Ushbu dastur doirasida 6-7 yoshli bolalar bilan kunning bir qismida (tushgacha yoki tushdan keyin) mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Dasturda ta’lim jarayonida asoslanadigan tamoyillar qatoriga shaxsiy qadriyatli yondashuv, integrativ yondashuv asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Dissertatsiyaning “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling