Tadqiqot
natijalarining
ishonchliligi
dastlabki
nazariy-metodik
aspektlarning to‘g‘riligi, shu jumladan tegishli bilim sohalariga murojaat qilish,
tashhislash tajribasini o‘tkazishda yetarli miqdordagi mashqlar, keng ko‘lamli test
sinovlarini o‘tkazilishi bilan belgilanadi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
uzviyligini ta’minlash hamja maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida bolalarni
kognitiv rivojlantirish metodikasining samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov
ishlarini asosiy natijalarining barqaror takrorlanishi bilan ko‘zga tashlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining ilmiy
ahamiyati shundaki, maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning psixologik-
pedagogik rivojlanish dinamikasi nazariy jihatdan o‘rganilib, shaxs kognitiv
jarayonlari mazmuni, komponentlariga doir nazariy qarashlar tizimlashtirilganligi,
ushbu tizimning intellektual jarayonlar tadqiqiga hamda ta’lim jarayonida atrof-
olamning manzarasini va shaxsning dunyoga munosabatini shakllantirishga imkon
berishi, “shaxs kognitiv rivojlanishi” tushunchasining mazmuni ochib berilganligi
bilan izohlanadi.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida tashkil etish hamda ushbu
mashg‘ulotlarda integrativ ta’limiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi ishlab
chiqilganligi
hamda
amaliyotga
joriy
etilganligi,
maktabga
tayyorlov
mashg‘ulotlarini tashkil etishga doir metodik ishlanmalar, pedagogik hamkorlikni
tashkil etish tizimi, bolada dunyoning yaxlit manzarasini shakllantirishga doir
tayyorlangan metodik tavsiyalarning maktabga tayyorlov jarayoni metodik
ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilishi, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
uzviyligida o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirishga qaratilgan metodikaning ta’limiy
o‘yinlar integratsiyasi asosida takomillashtirilganligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |