Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

Tadqiqot 
natijalarining 
ishonchliligi 
dastlabki 
nazariy-metodik 
aspektlarning to‘g‘riligi, shu jumladan tegishli bilim sohalariga murojaat qilish
tashhislash tajribasini o‘tkazishda yetarli miqdordagi mashqlar, keng ko‘lamli test 
sinovlarini o‘tkazilishi bilan belgilanadi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim 
uzviyligini ta’minlash hamja maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida bolalarni 
kognitiv rivojlantirish metodikasining samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov 
ishlarini asosiy natijalarining barqaror takrorlanishi bilan ko‘zga tashlanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining ilmiy 
ahamiyati shundaki, maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning psixologik-
pedagogik rivojlanish dinamikasi nazariy jihatdan o‘rganilib, shaxs kognitiv 
jarayonlari mazmuni, komponentlariga doir nazariy qarashlar tizimlashtirilganligi, 
ushbu tizimning intellektual jarayonlar tadqiqiga hamda ta’lim jarayonida atrof- 
olamning manzarasini va shaxsning dunyoga munosabatini shakllantirishga imkon 
berishi, “shaxs kognitiv rivojlanishi” tushunchasining mazmuni ochib berilganligi 
bilan izohlanadi.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida tashkil etish hamda ushbu 
mashg‘ulotlarda integrativ ta’limiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi ishlab 
chiqilganligi 
hamda 
amaliyotga 
joriy 
etilganligi, 
maktabga 
tayyorlov 
mashg‘ulotlarini tashkil etishga doir metodik ishlanmalar, pedagogik hamkorlikni 
tashkil etish tizimi, bolada dunyoning yaxlit manzarasini shakllantirishga doir 
tayyorlangan metodik tavsiyalarning maktabga tayyorlov jarayoni metodik 
ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilishi, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim 
uzviyligida o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirishga qaratilgan metodikaning ta’limiy 
o‘yinlar integratsiyasi asosida takomillashtirilganligidan iborat.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling