Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim
uzviyligida o’quvchilar kognitiv ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 9 evolyutsion xususiyatga ega bo‘lgan shaxsning kognitiv rivojlanish fenomeni yaqin rivojlanish hududlari tushunchasi, o‘quv jarayonini tashkil etish, ichki nutqni takomillashtirish g‘oyalari orqali takomillashtirilganligiga doir nazariy ma’lumotlardan qoraqalpoq tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan F3-2016- 09081165532 raqamli “Qaraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020y.y) mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 6 dekabrdagi 361-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs kognitiv rivojlanish tushunchasi mazmuni nazariy jihatdan boyitilishiga erishilgan; maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining mazmunli va protsessual bloklari perseptiv ko‘nikmalar, intellektual ko‘nikmalar va mnemonik ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgangiga oid tajribalar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Guvohnoma № 237-235). Natijada maktabga tayyorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlarda pedagoglar va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari oshirilgan; shaxs kognitiv rivojlanish strategiyasi, kognitiv rivojlantirish muammolari va yechimlari, xususiyatlari, integrativ ta’limni amalga oshirish bosqichlari falsafiy, psixologik, pedagogik manbalarning nazariy-metodik tahlili asosida ochib berilganligi hamda bolalarni kognitiv rivojlantirish va maktabga tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlovchi perseptiv, intellektual va mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi ta’limiy o‘yinlar asosida takomillashtirilgan metodikaning samaradorlik ko‘rsatkichlari kognitiv, faoliyatli va hissiy-sezgili mezonlar asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar yosh avlodni umminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ITD–1.A–1– 173 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi davlat universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/96 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhlarida o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirishda milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling