Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

Perseptiv ko‘nikmalar, ya’ni sezgi, idrok va diqqatdan iborat bo‘lib, ushbu 
jarayonning asosiy vazifasi tashqi va ichki olamdagi ma’lumotlarni qabul qilishdan 
iborat. 
Intellektual ko‘nikmalar o‘z ichiga tafakkur, tasavvur va nutqni qamrab oladi. 
Intellektual jarayonlarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni qayta ishlash, boyitish
ular haqida axborot berish hamda fikr almashinishdan iborat.
Mnemonik ko‘nikmalar ya’ni xotira. Xotira yordamida to‘plangan 
ma’lumotlar saqlanadi, zaruriy vaziyatlarda qayta tiklanadi va foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat tarzda tashkil etiladi: 
 
1-rasm. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy qismlari. 
Bolalarning bilish faoliyatini o‘yin faoliyati bilan uyg‘un holda tashkil etish 
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
DIDAKTIK
O'YINLAR
O'yin
ishtirokchilar
i
O'yin
maqsadi
O'yin
qoidalari
O'yin
harakatlari
O'yin
bosqichlari
O'yin
jihozlari
O'yin
natijasi


13 
o‘yin ishtirokchilari (yoshi, ishtirokchilar soni va hokazo). Didaktik o‘yinlar 
davomida bolalar xususiyatlarini inobatga olish muhim hisoblanadi. 6 
o‘yin maqsadi. Didaktik o‘yinlarning maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi yo‘nalishlarda belgilanadi.
o‘yin qoidalari – bolalarni tartib-intizomga hamda mas’uliyatlilikka o‘rgatadi. 
o‘yin harakatlari – har bir o‘yinni amalga oshirish bosqichlarini qamrab olgan 
holda, ishtirokchilar uchun faoliyat algoritmi belgilab beriladi.
o‘yinni tashkil etish bosqichlari jarayonning aniq ketma-ketlikda bajarilishini 
ta’minlaydi. 
o‘yin uchun zaruriy jihozlar. Har qanday o‘yin zaruriy moddiy-texnik bazani 
hamda vositalarni talab etadi.
o‘yin natijasi tahlili (g‘oliblarni aniqlash, rag‘batlantirish va hokazo). 
Maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalar uchun foydalaniladigan didaktik 
o‘yinlar mazmuni, rang-barangligi, qisqa muddatliligi bilan farqlanadi. Ta’limiy 
o‘yinlarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: dasturga mosligi; 
bolalarning yoshiga mosligi;bolalarning jismoniy imkoniyatlari; moddiy-texnik 
bazaning mavjudligi. Ta’limiy o‘yin faoliyati davomida bolalarning tayyorgarlik 
darajasini aniqlash hamda ularning bilimlari va tasavvurlarini boyitishga alohida 
e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 
Respublikamiz Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi 54-son 
buyrug‘i bilan 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash “Ilm 
yo‘li” variativ dasturi qabul qilindi. 
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bo‘yicha bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy 
sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-
hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining 
rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 
Ushbu dastur doirasida 6-7 yoshli bolalar bilan kunning bir qismida (tushgacha 
yoki tushdan keyin) mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Dasturda ta’lim jarayonida 
asoslanadigan tamoyillar qatoriga shaxsiy qadriyatli yondashuv, integrativ 
yondashuv asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 
Dissertatsiyaning “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling