Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


-guruh: Intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ta’limiy


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

2-guruh: Intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ta’limiy 
o‘yinlar. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalar kognitiv rivojlanishining asosiy 
jarayonlaridan biri intellektual rivojlanish jarayoni bo‘lib, bu jarayon o‘z ichiga 
tafakkur, tasavvur va nutqni rivojlantirishni qamrab oladi. Ushbu har bir psixologik-
pedagogik xususiyatlarni rivojlantirishga doir ta’limiy o‘yinlarni keltirib o‘tamiz. 
Tafakkurni rivojlantirishga doir ta’limiy o‘yinlar: “Xarsang tosh haqida...” 
ta’limiy o‘yini, “Uchinchisi ortiqcha” o‘yini, “Bo‘lishi mumkin” yoki “bo‘lishi 
mumkin emas” o‘yini, “To‘g‘ri so‘zni top” o‘yini, “Kunning qaysi vaqti?” o‘yini.
Tasavvurni rivojlantirishga doir o‘yinlar: “Ajoyib o‘zgarishlar” o‘yini, 
“Ajoyib o‘rmon” o‘yini, “Predmetlar sonini aniqlang” o‘yini, “Bu nimaga 
o‘xshaydi” o‘yini, "Shakl hosil qilamiz" o‘yini. 
Nutqni rivojlantirishga doir o‘yinlar: “Kichkina rassom” o‘yini, 
“Bu nimadan va qanday tayyorlangan?” o‘yini. 
Misol tarzida “Bu nimadan va qanday tayyorlangan?” o‘yinini keltirib 
o‘tamiz. 
Maqsad: bolaning og‘zaki nutqi, tasavvuri va tafakkurini o‘stirish. 
O‘tkazilishi: pedagog bolalarga biror predmetni ko‘rsatadi. Bolalar ixtiyoriy 
ravishda ushbu predmet haqidagi ma’lumotlarni aytib berishi lozim. Bunda pedagog 
quyidagi savollar bilan yordam berib turishi mumkin: 
Bu nimadan yasalgan (yoki qayerdan olinadi, qayerda pishadi)? 
Uning yana boshqachalari (boshqa rangda, shaklda, ta’mda) ham bormi? 
U qanday tayyorlanadi?
Nima uchun ishlatiladi? 
Uni saqlab quyish mumkinmi? Qanday qilib? 
Siz uni yoqtirasizmi? Nima uchun? 
O‘yin davomida bolalarning ko‘proq so‘zlardan foydalanishi, so‘zlarning 
mantiqan bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. 
3-guruh: Mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ta’limiy o‘yinlar. 
Xotira shaxs kognitiv ko‘nikmalarini shakllantirishda mnemonik jarayonlarning 
asosi hisoblanadi. Xotira bilish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning 
mustahkamligi o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni saqlash, ularni qayta tiklash va amalda 


17 
foydalanishda muhim ahamiyatga ega. 
Maktabga 
tayyorlov 
yoshidagi 
bolalarda 
mnemonik 
jarayonlarni 
shakllantirishda quyidagi ta’limiy o‘yinlardan foydalaniladi: “Bu kimning 
uychasi?” o‘yini, “Eslab qolamiz” o‘yini , “Kesilgan suratlar” o‘yini. 
Misol tarzida “Kesilgan suratlar” o‘yinini keltiramiz. 
Maqsad: bolaning ko‘ruv xotirasini rivojlantirish. 
O‘yin jihozlari: ikkita bir xil surat chizilgan qog‘ozlar. 
O‘tkazilishi: ikkita bir xil surat olinadi. Ularning bittasi bir nechta bo‘laklarga 
bo‘linadi. Bolaga kesilmagan suratdan namuna tarzida foydalanib, ikkinchi suratni 
qayta tiklash so‘raladi. Bu xuddi mozaikaga o‘xshab teriladi. 
Bola terib bo‘lgach, bo‘laklar yana aralashtirib yuboriladi va ikkinchi marta 
namunani olib quyib, suratni xotirasida saqlagan holda qayta tiklash talab etiladi. 
Yuqorida keltirilgan ta’limiy o‘yinlar maktabga tayyorlov yoshidagi 
bolalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ulardan 
mashg‘ulotlar davomida samarali foydalanish mumkin. Ulardan foydalanayotganda 
quyidagi pedagogik shartlarga amal qilish talab etiladi: 
bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish; 
o‘yin shartlariga va talablariga amal qilish; 
bolalarga o‘yin mazmuniga ijodiy o‘zgarishlar kiritish imkoniyatini berish; 
asosiy e’tiborni bolalarni psixologik, pedagogik va fiziologik xususiyatlarini 
rivojlantirishga e’tibor qaratish; 
o‘inlarni qo‘llashda dastur talablari va vaqt meyorlariga amal qilish.
Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv rivojlanishining faollik 
tarkibiy qismini shakllantirish metodikasini amalga oshirish jarayonida, maktabga 
tayyorlov yoshidagi bolalarda bir qator tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. 
Tadqiqot muammosiga doir tajriba-sinov ishlari “Tadqiqot muammosiga 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling