Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang
doir tajriba-sinov ishlari samaradorligi”
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi
doir tajriba-sinov ishlari samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobda tahlil
qilingan. Ya’ni ushbu bobda maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoniga pedagoglarni tayyorlash mazmuni, tajriba- sinov ishlari davomida bolalar kognitiv ko‘nikmalari rivojlanganlik darajalarini aniqlash metodikalari hamda olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili keltirib o‘tilgan. Loyihalashtirish metodidan maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida foydalanish pedagog va bolalardan ma’lum bir harakatlar algoritmi asosida faoliyat yuritishni taqozo etadi: bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olgan holda mavzuni tanlash; belgilangan mavzu doirasida maqsadni aniqlashtirib olish; loyiha muammosini aniqlashtirish; bolalar bilan hamkorlikda muammo yechimini izlash; muammo yechimi va xulosalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni amalga oshirish. Tadqiqot muammosiga doir tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: 1-bosqich: aniqlovchi bosqich; 18 2-bosqich: shakllantiruvchi bosqich; 3-bosqich: ta’kidlovchi bosqich. Tajriba-sinov obyekti sifatida Qashqadaryo viloyatidagi 6-, 25-, 48-MTTlar, Surxondaryo viloyatidagi 11-, 16-, 20-MTTlar, Navoiy viloyatidagi 1-, 7-, 8- MTTlar tanlab olindi. Tajriba-sinov ishlarida jami 19 nafar pedagog, 440 nafar maktabga tayyorlov yoshidagi bolalar ishtirok etdilar. Shundan tajriba guruhida 218 nafar, nazorat guruhida 222 nafar bola tanlab olindi. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv ko‘nikmalari shakllanganlik darajasini aniqlashda uchta mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha kognitiv ko‘rikmalarining shakllanganlik darajasi aniqlandi: 1-mezon: Perseptiv ko‘rsatkichlar; 2-mezon: Intellektual ko‘rsatkichlar; 3-mezon: Mnemonik ko‘rsatkichlar. Perseptiv ko‘rsatkichlar shakllanganlik darajasini aniqlashda “Landolt halqasi” metodikasidan foydalanildi. Maktabga tayyorlov yoshidagi yoshidagi bolalarning intellektual ko‘rsatkichlari, ya’ni tafakkuri, tasavvuri va nutqining shakllanganlik darajalarini aniqlash maqsadida V.T.Kudryavsevning “Quyonchani qanday qilib qutqaramiz?” deb nomlangan metodikadan foydalandik. Mnemonik ko‘rsatkichlarni aniqlashda R.S.Nemovning xotiraning rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir metodikadan foydalandik. Tajriba-sinov ishlarinining qayd etuvchi bosqichida maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv rivojlanish darajasi bo‘yicha tadqiqotlar, umuman olganda, o‘rganilayotgan jarayonning rivojlanish darajasi pastligini aniqladi. Ushbu hodisa biz uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishi, shu jumladan ularning komponentlari ustida ishlashga qaratilgan metodikasining tarkibiy-funksional modeli shakllantiruvchi bosqichni tashkil etish uchun xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlari davomida tarbiyalanuvchilarning tajriba boshi va oxiridagi ko‘rsatkichlarini umumlashtirgan holda quyidagi jadvalda keltiramiz. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling