Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning usullari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning obyekti sifatida ta’limiy o‘yinlardan foydalangan holda
maktabga tayyorlov tizimida bolalarni kognitiv rivojlantirish jarayoni olingan. Tadqiqotning predmetini maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviygida ta’limiy o‘yinlar vositasida maktabga o‘tish yoshidagi bolalarda kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ta’lim shakllari, metodlari, usullari va vositalari tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot muammosini o‘rganish jarayonida nazariy tahlil, empirik tahlil, kuzatish, anketa so‘rovlari, pedagogik eksperiment, kognitiv ko‘nikmalari ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir diagnostik metodar hamda matematik-statistik tahlil kabi ilmiy tadqiqoti metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shaxs kognitiv rivojlanish strategiyasi, kognitiv rivojlantirish muammolari va yechimlari, xususiyatlari, integrativ ta’limni amalga oshirish bosqichlari falsafiy, psixologik, pedagogik manbalarning nazariy-metodik jihatiga ko’ra ochib berilgan; maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining mazmunli va protsessual bloklari perseptiv ko‘nikmalar, intellektual ko‘nikmalar va mnemonik ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; bolalarni kognitiv rivojlantirish va maktabga tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlovchi perseptiv, intellektual va mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi ta’limiy o‘yinlar asosida takomillashtirilgan metodikaning samaradorlik ko‘rsatkichlari kognitiv, faoliyatli va hissiy-sezgili mezonlariga ko’ra aniqlashtirilgan; evolyutsion xususiyatga ega bo‘lgan shaxsning kognitiv rivojlanish fenomeni yaqin rivojlanish hududlari tushunchasi, ichki nutqni o’stirish g‘oyalariga ko’ra takomillashtirilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: maktabga tayyorlov guruhi bolalarining perseptiv, intellektual va menemonik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni va amalga oshirish bosqichlari amaliy tajribalar asosida aniqlashtirilgan; 8 ta’limiy o‘yinlardan foydalangan holda bolalarni maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida kognitiv rivojlantirishning takomillashtirilgan metodikasi ishlab chiqilgan; maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlash jarayonida ta’limiy o‘yinlardan foydalanib bolalarni kognitiv rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan; tadqiqot davomida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda pedagoglarni bolalarni kognitiv rivojlantirish metodikasidan foydalanishga tayyorlashni metodik ta’minotini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling