Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalarni 
rivojlantirishning I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion 
g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor 
yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. 
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologik va pedagogik 
adabiyotlarda divergent tafakkurni shakllantirish muammosiga doir turlicha 
qarashlarni kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimiz olimlaridan tafakkur jarayonlarini 
o‘rganish ustida D.Shodiyev, J.Ikromov, E.G‘oziyev, Sh.Nurullayeva, O.Aslonova 
va boshqalar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Xorij va hamdo‘stlik mamlakatlaridan 
ko‘pgina olimlar, jumladan J.Gildford, G.Grubber, S.Mednik, D.Rojers, K.Teylor, 
I.V.Blauberg, A.M.Matyushkin, S.Tatishchev, A.B.Shnayder, E.Torrens, 
V.V.Davidov, N.A.Menchinskaya, J.Piaje, N.F.Talizina, P.Y.Galperin va boshqalar 
divergent tafakkurning namoyon bo‘lish xususiyatlarini va uning rivojlanish 
omillarini o‘rgandilar hamda bir qator psixologik tadqiqotlar o‘tkazganlar. 
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-
tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ishi Qarshi davlat 
universitetining ilmiy–tadqiqot rejalari asosida ITD–1. A–1–173 “Yoshlarni 
umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va 
metodikasini ishlab chiqish” (2015–2017–yillar) mavzusidagi amaliy loyiha 
doirasida bajarilgan. 
Tadqiqotning maqsadi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida 
o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan 
iborat. 
Tadqiqotning vazifalari:
tadqiqot muammosining nazariy asoslarini tadqiq etish, ya’ni “kognitiv”, 
“kognitiv jarayonlar”, “kognitiv rivojlanish” tushunchalari mazmuniga doir falsafiy, 
psixologik, pedagogik manbalarni nazariy jihatdan tahlil qilish; 
6-7 yoshli bolalarni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida kognitiv 
rivojlantirish, ushbu jarayonda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish muammolariga 
aniqliklar kiritish; 



ta’limiy o‘yinlar jarayonida maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv 
rivojlanishining metodik nuqtai nazardan strategiyasini aniqlash va belgilangan 
metodik strategiya asosida ta’limiy o‘yinlardan 6-7 yoshli bolalarni kognitiv 
rivojlanitirish jarayonining funksional-tarkibiy modelini ishlab chiqish; 
tadqiqotning nazariy asoslari, metodik va amaliy tajribalardan foydalangan 
holda bolalarni maktabga tayyorlov jarayonida ta’limiy o‘yinlar vositasida kognitiv 
rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va tajriba-sinov ishlari davomida 
samaradorligini aniqlash. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling