Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida bolalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari”
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Olib borilgan tadqiqot yuzasidan
ma’ruzalari 2 ta xorijiy, 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan. 10 Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot ishiga doir 19 ta ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola nashr etilgan. Shundan, 2 tasi xorijiy, 4 tasi respublika jurnallarida e’lon qilingan ishlardir. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 126 betni tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan, ularni amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ishlar va tuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida bolalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlanib, ushbu bobda shaxs kognitiv ko‘nikmalarining mazmuni, maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv ko‘nikmalariga doir nazariy qarashlar, ushbu yoshdagi bolalar kognitiv faoliyatining o‘ziga xosliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga mustaqillik yillarida respublikamiz maktabgacha ta’lim tizimi hamda maktabga tayyorlov jarayonini rivojlantirishga doir qabul qilingan dasturlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari o‘rganilgan. Kognitiv faoliyat, kognitiv rivojlanish haqida fikr yuritishdan oldin dastlab “bilish” tushunchaning izohli lug‘atdagi talqini bilan tanishib chiqish lozim. “Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da qiziqtirayotgan tushunchaning quyidagi talqinlarini uchratamiz: bilish, bilmoq. Biror narsa yoki hodisa haqida ma’lumotga ega bo‘lmoq; egallamoq, o‘zlashtirmoq; his etmoq, sezmoq; anglamoq, tushunib yetmoq; tanimoq; hisoblamoq 2 . Yuqorida keltirib o‘tilgan talqinlardan kelib chiqqan holda, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: insonning o‘z atrof-muhitida sodir bo‘layotgan narsalar, voqea-hodisalarni o‘rganishi, obyektiv borliq qonuniyatlarini anglashi umumiy tarzda bilish yoki kognitivlik deb ataladi. 2 ХўжаевА., Нурмонов А., Зайнобитдинов С. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек тили фаол сўзларнинг изоҳли луғати. - Т.: “Сард”, 2001. 56-b. 11 Shuningdek, yangi o‘quv fanlari bilan tanishib borish jarayonini ham bilish yoki kognitivlik deb aytishga asos mavjud. Keltirilgan ikki fikrdan xulosa qilib, yana aytishimiz mumkinki, u yoki bu sohada nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtira olish jarayoni ham bilish yoki kognitiv jarayon deb aytiladi. “Kognitivlik” tushunchasi falsafada keng tadqiq qilingan va juda katta faoliyatni o‘zida mujassam etgan. Ya’ni, obyektiv borliqning inson ongida aks etish mohiyatiga asoslangan va shuning natijasida borliq va inson ongi imkoniyatlari haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumot olishga qaratilgan faoliyat demakdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib ayttshimiz mumkinki, “kognitivlik” deganda ta’lim subyektining atrof-olam haqidagi yangi ma’lumotlar va tasavvurlarga ega bo‘lishiga qaratilgan maqsadli faoliyatini tushunamiz. “Kognitivlik” tushunchasi psixologiya va pedagogika sohalariga oid tadqiqotlarda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, hozirgi vaqtda milliy umumta’lim va maktabgacha ta’lim tizimlari tomonidan ishlab chiqiladigan ta’lim dasturlariga davlat tomonidan qo‘yilayotgan talablarning maqsadi va mohiyati aynan “bilish” kategoriyasida o‘z ifodasini topadi. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni kognitiv rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan psixologik tadqiqotlarni L.S.Vigotskiy, V.V.Davidov, N.S.Leytes, A.N.Leontyev, N.G.Morozova, V.N.Myasishev, J.Piaje, N.N.Poddyakov, S.L.Rubinshteyn, A.I.Sorokina, D.B.Elkonin kabi psixolog olimlar izlanishlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni kognitiv rivojlantirish bilan bog‘liq tadqiqotlarga asosiy faoliyatini bag‘ishlagan olimlardan biri shveytsariyalik psixolog Jan Piaje hisoblanadi. Olimning xulosalariga ko‘ra, kognitiv rivojlanish bolaning atrofdagi olamni sekin-astalik bilan bilib borish jarayonidir. Uning fikricha, bilim olish insonning (bolaning) atrof-muhitga moslasha borishini ta’min etuvchi evolyutsion jarayondir. Bu “nazariya” insonlar, jonli va jonsiz tabiat, narsa va hodisalarning xossalari haqida dastlabki tasavvurlar va tushunchalardan iborat bo‘ladi. Bolani kognitiv rivojlantirishning katta ahamiyati italiyalik pedagog M.Montessorining ishlarida ham alohida qayd etiladi. Olima bilish jarayonlarini bolaning yoshiga qarab davriylashtirishni taklif qilgan. Ya’ni bilish davomiyligini muddatsiz deb hisoblagan holda bilish fazalarini belgilash va shu orqali qiyosiy o‘rganish natijasida kognitiv rivojlanishni qayd etib borish mumkin deb ta’kidlagan. Masalan, 6 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bola borliqni anglash harakatlarini erkin sodir etadi, atrofidagi ashyolar, hodisalarni idrok etish uchun sezgi va hissiyot organlarining imkoniyatlari bilan hisoblashmaydi va o‘ziga xos “tadqiqotchi” bo‘ladi. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolaning kognitiv faoliyati evolyutsion jarayon sifatida bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichlar qiziquvchanlik, bilishga qiziqish, kognitiv qiziqishni rivojlantirish, kognitiv faollikni oshirish kabi aqliy, amaliy va hissiy harakatlardan iboratdir. 12 Bolada kognitiv faollik shakllanishi uchun pedagogik-psixoloik shart- sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: bolada paydo bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida va omilkorlik bilan bilish obyektiga yo‘naltira olish; boladagi qiziqishlarni rag‘batlantirib, rivojlantirib borish; bolalar bilan ishlashda ularning shaxsiy xususiyatlarini ham e’tiborga olish; bolalarning qiziqish doirasini aniqlab, shu soha bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish; bolaning qiziqish obyekti bo‘lgan predmetlar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar tashkil etish, ertaklar aytish. Yuqorida ko‘rib o‘tgan masalalarni tahlil qilib shuni aytishimiz mumkinki, “qiziqish”, “kognitivlik”, “rivojlanish” kabi tushunchalar maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni kelajakda barkamol shaxslarga aylantirishdek ulkan vazifani bajarishda muhim qadam bo‘ladi. Shu sababdan ushbu tushunchalarga juda katta e’tibor berilib, ularning mohiyati qator fanlarning o‘rganish obyektiga aylangan. Shaxs kognitiv sohasi tashqi olamni, voqea-hodisalarni, jarayonlarni bilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik manbalardagi kognitiv jarayonlar tahlili asosida shaxs kognitiv sohasi quyidagi psixik jarayonlardan iborat bo‘lishini aniqladik: Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling