Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

 
Yoziyeva Umida Lutfullayevna
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot:
 
Buxoro davlat universiteti
 

Dissertatsiya himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 


PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil «_____» _____________ soat 
_____dagi majlisida bo‘lib o‘tadi (Manzil: 180103, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Tel.: (0375) 
225-34-13; faks: (0375) 221-00-56; e-mail: qarshidu@umail.uz). 
Dissertatsiya bilan Qarshi davlat universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. 
(____ raqam bilan ro‘yxatga olingan). (Manzil: 180103, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Tel.: 
(0375) 225-34-13).
Dissertatsiya avtoreferati 2022 yil «_____ « ________ kuni tarqatildi. 
(2022 yil «____» ___________ da _____ - raqamli reyestr bayonnomasi).
Q.SH.Tursunov
 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash raisi o‘rinbosari, p.f.d., professor 
I.B.Kamolov 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash ilmiy kotibi, p.f.f.d. (PhD), professor 
SH.
O‘.
Nurullayeva 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash qoshidagi Ilmiy seminar
raisi, p.f.d. (DSc), professor 
 
 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda ilm-fan 
taraqqiyotini jamiyat taraqqiyotining eng ustuvor omili deb bilgan mamlakatlarda 
yosh avlodni intellektual rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bolani erta 
bolalik davridanoq hissiy va kognitiv rivojlantirish uning kelajakda ilm-fan 
sohalarini chuqur va puxta o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan 
bugungi kunda dunyo tajribasida va maktabgacha ta’lim sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarda bolalarni ilk yoshidanoq kognitiv rivojlantirish muammosiga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va rivojlangan 
Yevropa mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar yechimiga ilm-
fan va jamiyat taraqiyotidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilgan. 
Dunyoning Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi 
rivojlangan mamlakatlaridagi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini 
rivojlantirish, bolalarni kognitiv rivojlantirishga doir olib borilayotgan tadqiqotlarda 
psixologiya hamda pedagogikaning eng dolzarb muammosi sifatida o‘rganilmoqda. 
Jumladan, bolalarning tashqi olamdagi predmetlarni, voqea-hodisalarni hissiy va 
kognitiv bilishga, ular haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish hamda obyektiv 
munosabat bildira olishga bo‘lgan jarayonlarni rag‘batlantirish, shaxs tafakkurini 
rivojlantiruvchi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq 
etish masalalari qator tadqiqotlar obyekti sifatida o‘rganilmoqda.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini uzluksiz ta’lim tizimining 
muhim bosqichi sifatida rivojlantirishga e’tibor qaratilib, maktabgacha va 
boshlang‘ich ta’lim uzviyligini ta’minlash, maktabgacha ta’limdanoq bolalarni 
ta’lim jarayoniga tayyorlash, o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirishdagi muammolar 
yechimiga islohotlar asosida yangicha yondashuvlar tatbiq etilmoqda. Jumladan, 
“maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv 
dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan 
yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish”
1
2022 - 2026 yillarda xalq 
ta’limini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan milliy dasturni amalga oshirishning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi 
PF-60-sonli, 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli, 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli farmonlari, 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish 
bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni. https://lex.uz/docs/6008663 



2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va kelgusida 
jadallashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli, 2018-yil 30-
sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarorlarida hamda pedagogik faoliyatni 
tashkil etish va rivojlantirishga oid boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat 
qiladi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling