Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim 
uzviyligida o’quvchilar kognitiv ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasini 
takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 



evolyutsion xususiyatga ega bo‘lgan shaxsning kognitiv rivojlanish fenomeni 
yaqin rivojlanish hududlari tushunchasi, o‘quv jarayonini tashkil etish, ichki nutqni 
takomillashtirish g‘oyalari orqali takomillashtirilganligiga doir nazariy 
ma’lumotlardan qoraqalpoq tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan F3-2016-
09081165532 raqamli “Qaraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga 
muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020y.y) 
mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika 
fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 6 dekabrdagi 
361-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs kognitiv rivojlanish tushunchasi 
mazmuni nazariy jihatdan boyitilishiga erishilgan; 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov 
mashg‘ulotlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining 
mazmunli va protsessual bloklari perseptiv ko‘nikmalar, intellektual ko‘nikmalar va 
mnemonik ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgangiga oid 
tajribalar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” 
o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan. Guvohnoma № 237-235). Natijada maktabga tayyorlov guruhlaridagi 
mashg‘ulotlarda pedagoglar va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari oshirilgan; 
shaxs kognitiv rivojlanish strategiyasi, kognitiv rivojlantirish muammolari va 
yechimlari, xususiyatlari, integrativ ta’limni amalga oshirish bosqichlari falsafiy
psixologik, pedagogik manbalarning nazariy-metodik tahlili asosida ochib 
berilganligi hamda bolalarni kognitiv rivojlantirish va maktabga tayyorlashga 
qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlovchi perseptiv, intellektual va 
mnemonik 
ko‘nikmalarni 
rivojlantiruvchi 
ta’limiy 
o‘yinlar 
asosida 
takomillashtirilgan metodikaning samaradorlik ko‘rsatkichlari kognitiv, faoliyatli va 
hissiy-sezgili mezonlar asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar yosh avlodni 
umminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ITD–1.A–1–
173 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi 
asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi 
mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi Qarshi davlat universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/96 sonli 
ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhlarida o‘quvchilarni kognitiv 
rivojlantirishda milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat 
qilgan. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling