Qarshi davlat universiteti alimardonova mohichehra bahromovna maktabgacha va boshlang


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1455934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
maktabgacha va boshlangich talim uzviyligida oquvchilar kognitiv konikmalarini rivojlantirish metodikasi

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Olib borilgan tadqiqot yuzasidan 
ma’ruzalari 2 ta xorijiy, 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan 
o‘tkazilgan. 


10 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot ishiga doir 19 ta ilmiy, 
ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
attestatsiya komissiyasining falsafa doktori dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini 
chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola nashr etilgan. Shundan, 2 tasi 
xorijiy, 4 tasi respublika jurnallarida e’lon qilingan ishlardir.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 126
betni tashkil etadi. 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, 
tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan, respublika fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, 
tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning 
ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan, ularni amaliyotga joriy etish, nashr etilgan 
ishlar va tuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim 
uzviyligida bolalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy 
asoslari” deb nomlanib, ushbu bobda shaxs kognitiv ko‘nikmalarining mazmuni, 
maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning kognitiv ko‘nikmalariga doir nazariy 
qarashlar, ushbu yoshdagi bolalar kognitiv faoliyatining o‘ziga xosliklari tahlil 
qilingan. Shu bilan birga mustaqillik yillarida respublikamiz maktabgacha ta’lim 
tizimi hamda maktabga tayyorlov jarayonini rivojlantirishga doir qabul qilingan 
dasturlarida bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari 
o‘rganilgan.  
Kognitiv faoliyat, kognitiv rivojlanish haqida fikr yuritishdan oldin dastlab 
“bilish” tushunchaning izohli lug‘atdagi talqini bilan tanishib chiqish lozim. 
“Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da qiziqtirayotgan tushunchaning 
quyidagi talqinlarini uchratamiz:
bilish, bilmoq. Biror narsa yoki hodisa haqida ma’lumotga ega bo‘lmoq; 
egallamoq, o‘zlashtirmoq; his etmoq, sezmoq; anglamoq, tushunib yetmoq; 
tanimoq; hisoblamoq
2

Yuqorida keltirib o‘tilgan talqinlardan kelib chiqqan holda, ularni 
umumlashtirib, quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: insonning o‘z atrof-muhitida 
sodir bo‘layotgan narsalar, voqea-hodisalarni o‘rganishi, obyektiv borliq 
qonuniyatlarini anglashi umumiy tarzda bilish yoki kognitivlik deb ataladi. 
2
ХўжаевА., Нурмонов А., Зайнобитдинов С. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек тили фаол сўзларнинг изоҳли луғати. -
Т.: “Сард”, 2001. 56-b.


11 
Shuningdek, yangi o‘quv fanlari bilan tanishib borish jarayonini ham bilish yoki 
kognitivlik deb aytishga asos mavjud. Keltirilgan ikki fikrdan xulosa qilib, yana 
aytishimiz mumkinki, u yoki bu sohada nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtira olish 
jarayoni ham bilish yoki kognitiv jarayon deb aytiladi. “Kognitivlik” tushunchasi 
falsafada keng tadqiq qilingan va juda katta faoliyatni o‘zida mujassam etgan. Ya’ni, 
obyektiv borliqning inson ongida aks etish mohiyatiga asoslangan va shuning 
natijasida borliq va inson ongi imkoniyatlari haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumot 
olishga qaratilgan faoliyat demakdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ayttshimiz mumkinki, “kognitivlik” deganda 
ta’lim subyektining atrof-olam haqidagi yangi ma’lumotlar va tasavvurlarga ega 
bo‘lishiga qaratilgan maqsadli faoliyatini tushunamiz.
“Kognitivlik” tushunchasi psixologiya va pedagogika sohalariga oid 
tadqiqotlarda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, hozirgi vaqtda milliy umumta’lim va 
maktabgacha ta’lim tizimlari tomonidan ishlab chiqiladigan ta’lim dasturlariga 
davlat tomonidan qo‘yilayotgan talablarning maqsadi va mohiyati aynan “bilish” 
kategoriyasida o‘z ifodasini topadi.
Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni kognitiv rivojlantirish masalalariga 
bag‘ishlangan psixologik tadqiqotlarni L.S.Vigotskiy, V.V.Davidov, N.S.Leytes, 
A.N.Leontyev, 
N.G.Morozova, 
V.N.Myasishev, 
J.Piaje, 
N.N.Poddyakov, 
S.L.Rubinshteyn, A.I.Sorokina, D.B.Elkonin kabi psixolog olimlar izlanishlarida 
ham ko‘rishimiz mumkin. 
Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarni kognitiv rivojlantirish bilan bog‘liq 
tadqiqotlarga asosiy faoliyatini bag‘ishlagan olimlardan biri shveytsariyalik 
psixolog Jan Piaje hisoblanadi. Olimning xulosalariga ko‘ra, kognitiv rivojlanish 
bolaning atrofdagi olamni sekin-astalik bilan bilib borish jarayonidir. Uning 
fikricha, bilim olish insonning (bolaning) atrof-muhitga moslasha borishini ta’min 
etuvchi evolyutsion jarayondir. Bu “nazariya” insonlar, jonli va jonsiz tabiat, narsa 
va hodisalarning xossalari haqida dastlabki tasavvurlar va tushunchalardan iborat 
bo‘ladi. 
Bolani kognitiv rivojlantirishning katta ahamiyati italiyalik pedagog 
M.Montessorining ishlarida ham alohida qayd etiladi. Olima bilish jarayonlarini 
bolaning yoshiga qarab davriylashtirishni taklif qilgan. Ya’ni bilish davomiyligini 
muddatsiz deb hisoblagan holda bilish fazalarini belgilash va shu orqali qiyosiy 
o‘rganish natijasida kognitiv rivojlanishni qayd etib borish mumkin deb ta’kidlagan. 
Masalan, 6 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bola borliqni anglash harakatlarini erkin 
sodir etadi, atrofidagi ashyolar, hodisalarni idrok etish uchun sezgi va hissiyot 
organlarining imkoniyatlari bilan hisoblashmaydi va o‘ziga xos “tadqiqotchi” 
bo‘ladi. 
Maktabga tayyorlov yoshidagi bolaning kognitiv faoliyati evolyutsion jarayon 
sifatida bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichlar qiziquvchanlik, 
bilishga qiziqish, kognitiv qiziqishni rivojlantirish, kognitiv faollikni oshirish kabi 
aqliy, amaliy va hissiy harakatlardan iboratdir.


12 
Bolada kognitiv faollik shakllanishi uchun pedagogik-psixoloik shart-
sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: 
bolada paydo bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida va omilkorlik bilan bilish 
obyektiga yo‘naltira olish;
boladagi qiziqishlarni rag‘batlantirib, rivojlantirib borish; 
bolalar bilan ishlashda ularning shaxsiy xususiyatlarini ham e’tiborga olish; 
bolalarning qiziqish doirasini aniqlab, shu soha bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish; 
bolaning qiziqish obyekti bo‘lgan predmetlar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar 
tashkil etish, ertaklar aytish. 
Yuqorida ko‘rib o‘tgan masalalarni tahlil qilib shuni aytishimiz mumkinki, 
“qiziqish”, “kognitivlik”, “rivojlanish” kabi tushunchalar maktabga tayyorlov 
yoshidagi bolalarni kelajakda barkamol shaxslarga aylantirishdek ulkan vazifani 
bajarishda muhim qadam bo‘ladi. Shu sababdan ushbu tushunchalarga juda katta 
e’tibor berilib, ularning mohiyati qator fanlarning o‘rganish obyektiga aylangan. 
Shaxs kognitiv sohasi tashqi olamni, voqea-hodisalarni, jarayonlarni bilish 
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik manbalardagi kognitiv jarayonlar tahlili 
asosida shaxs kognitiv sohasi quyidagi psixik jarayonlardan iborat bo‘lishini 
aniqladik: 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling