Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichi bilan xulosa va tavsiyalar  bosqichi bir-biridan qanday farq qiladi?


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Bog'liq
Majmua

8. Loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichi bilan xulosa va tavsiyalar 
bosqichi bir-biridan qanday farq qiladi?  
 
8-seminar mashg’uloti 
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va kasbga yo’naltirib o’qitish 
Savollarga javob bering! 
1. Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlar boshqa fanlarning darsdan 
tashqari mashg‘ulotlaridan qanday farq qiladi? 
2. Informatika va matematika fanlaridan hamkorlikdagi darsdan tashqari 
mashg‘ulotlar qanday tashkil etiladi. Loyihasini tuzing! 
3. Informatika va fizika (ona tili, kimyo va boshqa.) fanlaridan 
hamkorlikdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar loyihasini tuzing! 
4. Ushbu qo‘llanmada keltirilmagan yana qanday darsdan tashqari 
mashg‘ulotlari mavjud yoritib bering! 
5. Informatikadan 
9-sinf va 10-sinf darsdan tashqari mashg‘ulotlari 
loyihalashtirish qanday farq qiladi? Loyihalashtiring va tushuntirib bering! 
6. Informatikadan viktorinani rejasi berilgan uni loyihalashtirish 
bosqichlariga asosan loyihalashtiring! 
7. Informatikadan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni loyihalashtiring! 
8. Informatikadan “Zakovat” klubini tashkil etishni loyihalashtiring! 
 
 
 
9-mavzu. Informatika darslarida o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi 
texnologiyalar 
Reja


67 
9.1. Nazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlar. O‘quvchilar bilimini 
baholashda qo‘llaniladigan texnologiyalar 
9.2. Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini 
nazorat qilish vositalari 
9.3. Baholashning zamonaviy metodlari 
 
9.1. Nazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlari. O‘quvchilar 
bilimini baholashda qo‘llaniladigan texnologiyalar. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma 
va malakalarini nazorat qilish o‘quv jarayoninig muhim elementi bo‘lib, u o‘quv 
jarayonining sifati va samaradorligini belgilaydi. O‘quvchilar bilimini nazorat 
qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga imkon beradi, chunki o‘quvchilarni 
sinovdan o‘tkazish ularni yaqindan bilish, individual xususiyatlarini yaxshi 
o‘rganishga yordam beradi. 
Informatika fanidan nazorat qilishning xilma-xil usullaridan foydalanish 
o‘quvchilar bilimini aniq baholashga imkoniyat beradi. Boshqa fanlar singari 
informatika fanida ham o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalarni bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Nazariy bilimlarni nazorat 
qilishning an’anaviy usullariga og‘zaki so‘rov, yozma ish, testdan foydalanilsa
amaliy ko‘nikmalarni baholashda berilgan amaliy topshiriqni bajarish hisobga 
olinadi. 
Ba’zida informatika darslarida noan’anaviy nazoratning referat, konkurs 
loyiha, kichik tadqiqot, kichik keys, krossvord, viktorina kabi turlaridan ham 
foydalaniladi [42]. 
Nazorat qilishning an’anaviy va noan’anaviy turlari 

 
 
 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling