Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
Majmua

9.3.Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida o‘qituvchi 
tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik 
loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini 
tashkil etish va h.k. kiritish mumkin. 


71 
Mustaqil ishlash
o‘qituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni 
o‘rganilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni 
adabiyotlardan topib konspekt qilish, o‘rganish, referat yozish, fan to‘garaklariga 
qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning 
alohida turi bo‘lib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol 
o‘ynaydi. 
Informatika darslarida o‘quvchilarga mustaqil topshiriq berishda ko‘proq 
mantiqiy savollarga e’tibor qaratish lozim. Masalan quyidagicha: 
1.Bit nima? 1bit, 5bit, 16 bit axborotni saqlash uchun nechta 2 li raqamdan 
foydalaniladi? 
2.Bayt nima? 1bayt, 5baytt, 16 bayt axborotni yozish uchun necha bit kerak 
bo‘ladi? 
3.Xavfsizlik eshigi uchta kalit bilan ochiladi, har bir kalit tushib qolishi, 
unitib qoldirilishi mumkin. Eshikni ochish uchun qancha kombinatsiyani saqlash 
kerak? Ularni yozib chiqing! Vahokazo. 
Viktorina-bu ma’lum mavzu bo‘yicha qisqa va aniq javob berilishi kerak 
bo‘lgan kamida 10 savollar to‘plami. Viktorina o‘qitishni nazorat qilish vositasi 
bo‘lib, u dars boshlanishida ham , oxirida ham o‘tkazilishi mumkin. Dars 
boshlanishida o‘tkazilsa, o‘rganilganlarni faollashtirilishini nazorat qilish, dars 
oxirida o‘tkazilsa, bugungi o‘rganilganlarni mustahkamlashni nazorat qilish 
bajariladi. Viktorina 5-6 minutdan oshmasligi kerak! 
O‘qituvchi viktorina mavzusini e’lon qiladi. Savollarni ekranga birin-ketin 
chiqarib, o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar unga javob beradilar. Yakunlangach 
o‘qituvchi kim necha bahoga o‘zlashtirganligini e’lon qiladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling