Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


 Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
Bog'liq
Majmua

 
 Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bosqich o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning birgalikdagi harakati, o‘zaro ta’siri bo‘lib, yuqoridagi loyiha (dars 
ishlanmasi, texnologik xaritaga mos)ga mos 80 minutlik dars olib boriladi. 
 Yakunlovchi bosqich.
O‘qituvchi olib borilgan darsni tahlil qilinadi. 
Darsda kimlar aktiv ishtirok etdi, o‘tilgan mavzuni talabalar qanday darajada 
o‘zlashtirdilar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalar egallandi, u DTSga mos 
bo‘ldimi, loyiha bo‘yicha olib borilgan dars talabga javob beradimi va h.k 
 
.
Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi. O‘quv jarayoni jonli jarayon 
bo‘lganligi sababli har doim ham tuzilgan loyiha 100% amalga oshmay qolishi 
mumkin. Bunda tanlangan pedagogik texnologiya yoki metod yaxshi samara 
bermasligi, aqliy hujumdagi savollar tartibi, qisman mazmuni o‘zgarishi ro‘y 
berishi mumkin. O‘qituvchi barchasini hisobga olib, kerakli xulosalar qiladi
keyingi dars jarayonida ularni takrorlamaslik uchun loyihaga o‘zgarishlar kiritadi, 
mazmunga mos boshqa metodlarni, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun 
tavsiyalar beradi. 
Informatika o‘qituvchisi yuqorida keltirilgan loyihani fanning amaliy
laboratoriya darslari uchun ham tayyorlashi va amalga oshirishi mumkin. Bunday 
loyihalar dars sifati va samaradorligiga hissa qo‘shadi. Auditoriyadagi ma’ruza, 
amaliy, laboratoriya, seminardarslarining ajralmas qismi, ularni to‘ldirib boruvchi 
bu mustaqil ishlarni bajarishdir.
 
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari


85 
9. Loyihalashtirishni ta’lim jarayonida qo‘llash nima uchun kerak? 
10. Ta’lim jarayonida kafolatli natijaga erishish deganda nimani tushunasiz, 
izohlab bering! 
11. Nima usun loyiha asosida olib borilgan dars davlat ta’lim standarti va 
undan yuqori bo‘lashi kerak, asoslab bering! 
12. Ta’lim metodini loyihalash ta’lim vositalarini loyihalashtiirishdan 
qaydan farq qiladi? Misollar asosida tushuntirib bering! 
13. Darsning texnologik xaritasi bilan dars ishlanmasining o‘xshash va 
farqli jihatlarini tushuntirib bering! 
14. Informatika o‘qituvchisi faoliyatini loyihalash ta’lim jarayonini 
loyihalashtirishdan qanday farq qiladi? Izohlang! 
15. Loyihalash asosida tashkil etilgan dars natijasi nima uchun davlat ta’lim 
standarti talabiga teng va undan yuqori bo‘lishi kerak? 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling