Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


 Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
Majmua

11.3. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari. 
Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari-bu har xil 
pedagogik jarayon(dars va darsdan tashqari)ni, vaziyatlarni tizimli tashkil etishni 
tavsiflovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Konsepsiya - pedagogik jarayonni tashkil etishdagi nuqtayi-nazar, yetakchi 
g‘oya va tamoyillar ko‘rinishida bo‘lib, u ilmiy tadqiqot natijasiga asoslanadi va 
qoidalar, hoyalar, qarashlarni o‘z ichiga oladi. 
Model-pedagogik jarayonning anologi (aynan moslik)i bo‘lib, pedagogik 
jarayon elementlari (maqsad, mazmun, shakl, vosita, metod va natija) orasidagi 
munosabatni aks ettiradi. Modelning misoli sifatida biz ta’lim muassasasi 
bitiruvchisini olishimiz mumkin, uning bilimi, shaxsiy sifatlarida pedagoglar 
jamoasining mehnati, ularning innovatsion pedagogik faoliyatlari loyihasi aks 
etadi. 
Reja-bu o‘tkaziladigan tadbirlar va ishlar ro‘yxati bo‘lib, unda tadbir va 
ishlarning o‘tkazilish tartibi va joyi ko‘rsatiladi. Loyihalashtirish jarayonida 
rejalardan keng foydalaniladi. Masalan: o‘quv reja, ta’lim muassasasining o‘quv-


89 
tarbiyaviy ishlar rejasi, dars rejasi bo‘lib, ularning har biri o‘z maqsadi va o‘ziga 
xos tuzilishga ega bo‘ladi. 
.Muammoli va mantiqiy nazorat savollari 
1. Innovatsion pedagogik faoliyat bilan innovatsion 
texnologiyaning farqi nimada? 
2. Loyihalashtirish bilan rejalashtirishning qanday farqi 
bor deb o‘ylaysiz, fikringizni izohlang! 
3. Pedagogik muhitning boshqa muhitdan qanday farqi bor? Izohlang! 
4. Pedagog o‘z innovatsion faoliyatini loyihalashtirishi uchun unda qanday 
xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak? 
5. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish vositasi bilan shakllari 
bir-biridan qanday farq qiladi? Izohlang! 
6. Darsning innovatsion loyihasi model bo‘la oladimi? Nima uchun? 
7. Konsepsiyadan rejaning qanday farqi bor? Izohlang! 
8. Moddiy vositalarning ma’naviy vositalardan farqini izohlab bering! 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling