Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Majmua

11.2. 
Innovatsion 
pedagogik 
muhitni 
tashkil 
etish 
vositalar. 
В.I.Slabodchikov g‘oyasiga ko‘ra qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, uning 
mazmun-mohiyati, aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi. Muhit o‘zining 
chegarasi va tarkibiga ega. “Muhit asosini nimalar tashkil etadi?”, “uning qanday 
aloqalari mavjud?”, “muhitning vositasi nima va nimalari bilan ajralib turadi?” 
kabi savollarga javob berishi kerak. Ta’lim muhiti ilgaridan belgilab berilgan, 
qandaydir bir ma’noli narsa emas. Ta’lim beruvchi va talabalarning uchrashuvi 
qayerda boshlansa, o‘sha yerdan ta’lim muhiti boshlanadi, qaysiki ularning 
birgalikdagi faoliyatining manbai sifatida alohida institutlarda, ta’lim dasturlari, 
ta’lim subyektlari orasida ta’lim jarayoni tashkil etilib, muhit loyihalanadi va 
quriladi. Bundan, muhit ta’limni tashkil etish jarayonida subyekt (o‘qituvchi va 
o‘quvchi)larning birgalikdagi faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi [19]. 
Innovatsion pedagogik muhit shaxsni har tomonlama rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatadigan, pedagogik ijodkorlikni, noan’anaviy fikrlashni shakllantiradigan 
ta’lim muhiti bo‘lib, bu muhitni yaratuvchilari o‘qituvchi va o‘quvchilar 
hamkorligini ta’minlanishi hisoblanadi. 
Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalarini shartli ravishda ikki 
qismga bo‘lib ko‘rsatishimiz mumkin. Birinchisi moddiy, ikkinchisi ma’naviy 
vositalardir. 


88 
Moddiy vositalarga informatika o‘qituvchisi innovatsion pedagogik muhitni 
tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish 
hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, 
ma’naviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, 
tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik 
texnologiyalardan nazariy va amaliy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, fanning o‘quv 
qo‘llanmalari, majmualari, elektron ta’lim resurslari va h.k. 
Pedagogik jarayonning ishlanmasi bilan innovatsion loyihalashtirish farq 
qiladi, ishlanma hech qanday yangi g‘oyalarga asoslanmasligi, ilgaridan ma’lum 
metodlar va usullardan, texnologiyalardan foydalanish, har doim ham istiqbolli, 
ertangi kun ehtiyojini hisobga olmasligi, o‘quvchi shaxsining qimmatli 
ehtiyojlari(xohlaydimi, yo‘qmi?)ni hisobga olmasligi mumkin. Innovatsion 
pedagogik loyihalashtirish esa aksincha, o‘quvchini har tomonlama o‘rgangan 
holda uning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, o‘qitishda hali ma’lum bo‘lib 
ulgurmagan innovatsion pedagogik texnologiyalardan, metodlardan, zamonaviy 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan, elektron ta’lim 
resurslaridan foydalaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling