Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
Bog'liq
Majmua

11-laboratoriya topshirig’i 
Informatika fanlaridan loyihaviy o‘qitish texnologiyasini 
loyihalashtirish. 
Savollarga javob bering! 
1. Loyihalashtirish bilan rejalashtirishning qanday farqi bor deb o‘ylaysiz, 
fikringizni izohlang! 
2. Pedagogik muhitning boshqa muhitdan qanday farqi bor? Izohlang! 
3. Pedagog o‘z innovatsion faoliyatini loyihalashtirishi uchun unda qanday 
xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak? 
4. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish vositasi bilan shakllari bir-
biridan qanday farq qiladi? Izohlang! 
5. Darsning innovatsion loyihasi model bo‘la oladimi? Nima uchun? 
 
 


90 
4-MODUL INFORMATIKA FANLARINING MAZMUNINI 
LOYIHALASHTIRISH 
12-mavzu. O‘qitish texnologiyalariga kirish 
Reja 
12.1. O‘qitish texnologiyalari va uning turlari, o‘qitish texnologiyalarida 
maqsadni belgilash. 
12.2. O‘qitish texnologiyalarining shakl va vositalari 
12.3.O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida 
12.1. O‘qitish texnologiyalari va uning turlari, o‘qitish texnologiyalarida 
maqsadni belgilash. O‘qitish texnologiyasi- bu texnik va inson resurslariga 
asoslangan butun o‘quv jarayonini optimallashtirishga qaratilgan, ma’lum didaktik 
maqsadga erishishini kafolatlaydigan o‘quv jarayonini yaratish, qo‘llash va 
tartibga solishning tizimli usulidir [72].
O'qitish texnologiyasida o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
➢ o'quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda o’quv 
jarayoni maqsadlarni belgilash;
➢ qat’iy, maqsadli natijalarga erishishni kafolatlaydigan jarayonning 
takrorlanishi;
➢ Joriy natijalarni tahliliy baholash, ularni tuzatish va yakuniy qayta ishlash; 
Umumiy qilib aytganda o'qitish texnologiyasining tarkibiy qismlari subyekt 
(oqituvchi) va obyekt (o’quvchi), fanlarni o'qitishning maqsadi, mazmuni, 
vositalari, shakllari, usullarining yig'indisidir. O’qitishni texnologiyalash o'quv 
jarayonining barcha tarkibiga kirib boradi va shu bilan birga uning 
zamonaviylashuviga ta'sir ko'rsatadi. 
An’anaviy va o’qitish texnologiyalariga asoslangan o’quv jarayoni 
An’anaviy 
o’quv 
jarayoni 
O’qitish texnologiyalariga asoslangan 
o’quv jarayoni 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling