Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
Majmua

 
12.3.O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida. 
O’qitishning individual shaklida o‘quvchilarning individual xususiyatlari, 
qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib topshiriqlarni bajarishlari tushuniladi. Bu 
shakldan informatika sohasidagi fanlardan laboratoriya, mustaqil ish, kurs ishini 
bajarishda va darsning ixtiyoriy bosqichida didaktik topshiriqlarni bajarishda, 
yangi 
bilimlarni 
o‘rganishda, 
o‘rganilgan 
bilimlarini 
mustahkamlash, 
umumlashtirish va takrorlashda foydalanish mumkin. Bu shaklda o‘quvchi 
mustaqil o‘qishi, o‘rganishi, o‘z bilimlarini chuqurlashtirishi bilan ijodiy faollikka 
yo‘l ochilsa-da, kamchiligi shundaki, o‘quvchining alohida holda o‘qishi, 
o‘rganishi, fikrlashi boshqalarniki bilan mos kelmasligi, bunday harakatning 
baholanish esa faqatgina o‘qituvchi va o‘quvchi uchungina qiziq bo‘lishi kuzatiladi 
[39].
Bugungi kun o‘quvchilarining bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini 
yangicha hal etilishi lozim bo‘lib, an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini 
tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar 
bo‘ladigan bo‘lsa, axborotlashgan ta’lim sharoitida kamchiliklarni bartaraf etish 
maqsadida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish o‘rinli hisoblanadi. 


95 
Frontal shakl o‘quvchilar faoliyatining shunday turiki, bunda dars 
jarayonida barcha o‘quvchilarning bitta topshiriqni o‘qituvchi rahbarligida 
bajarishlari tushuniladi.Bunda o‘qituvchi butun guruhni bir maromda o‘z 
nazoratida ushlab turishi, ularni topshiriqni bajarishga yo‘naltira olishi, qiziqtirishi 
lozim. Frontal shakl AKT sohasidagi fanlarning amaliy mashg‘ulotlarida, ba’zi 
hollarda ma’ruzada ham foydalaniladi.Bu shaklning kamchiligi shundaki, 
beriladigan topshiriqlar o‘rta darajada bo‘lib, yuqori ijodkorlikda ishlaydigan 
o‘quvchilarni o‘rta darajaga tushib qolishlariga olib keladi. 
Guruhli shakl. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar o‘qitishning guruhli 
shaklini o‘quvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali 
vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘qitishning guruhli shaklida kichik 
guruhchalarga bo‘lib o‘qitish alohida ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda o‘qitishni 
tashkil qilishda o‘quvchilarni bir-biriga yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni 
yo‘lga qo‘yish kerak. O‘quvchilar o‘rnini noa’anaviy holda bunday joylashtirish 
guruhchalarda muhokamali masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kichik 
guruhlardagi o‘quvchilar sonini quyidagicha hisobga olish lozim: 3ta, 4ta, 7ta va 
boshqa sondagi guruhchlar tashkil qilish kerak. Kichik guruhlardagi o‘quvchilarni 
aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, kirilldagi П harfi shakllarda joylashtirish maqsadga 
muvofiq
.
Kichik guruhlarda guruh a’zolari tomonidan o‘quv masalaning yechimini 
taqdim etishning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: 
➢ birgalikda – individual: har bir kichik guruh o‘z faoliyati natijasini taqdim 
etadi, yechimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi. 
➢ birgalikda–ketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, muammoning 
umumiy yechimi uchun zarur bo‘lgan mustaqil bo‘lak bo‘lib hisoblanadi. 
➢ birgalikda–o‘zaro 
aloqadorlikda
tavsiya 
etilganlardan 
guruhli 
yechimlarning ma’lum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa uchun 
umumiy bo‘lgan yakuniy fikr ishlab chiqiladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling