Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frontal shakl
- Guruhli shakl
12.3.O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida. O’qitishning individual shaklida o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib topshiriqlarni bajarishlari tushuniladi. Bu shakldan informatika sohasidagi fanlardan laboratoriya, mustaqil ish, kurs ishini bajarishda va darsning ixtiyoriy bosqichida didaktik topshiriqlarni bajarishda, yangi bilimlarni o‘rganishda, o‘rganilgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda foydalanish mumkin. Bu shaklda o‘quvchi mustaqil o‘qishi, o‘rganishi, o‘z bilimlarini chuqurlashtirishi bilan ijodiy faollikka yo‘l ochilsa-da, kamchiligi shundaki, o‘quvchining alohida holda o‘qishi, o‘rganishi, fikrlashi boshqalarniki bilan mos kelmasligi, bunday harakatning baholanish esa faqatgina o‘qituvchi va o‘quvchi uchungina qiziq bo‘lishi kuzatiladi [39]. Bugungi kun o‘quvchilarining bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini yangicha hal etilishi lozim bo‘lib, an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo‘ladigan bo‘lsa, axborotlashgan ta’lim sharoitida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish o‘rinli hisoblanadi. 95 Frontal shakl o‘quvchilar faoliyatining shunday turiki, bunda dars jarayonida barcha o‘quvchilarning bitta topshiriqni o‘qituvchi rahbarligida bajarishlari tushuniladi.Bunda o‘qituvchi butun guruhni bir maromda o‘z nazoratida ushlab turishi, ularni topshiriqni bajarishga yo‘naltira olishi, qiziqtirishi lozim. Frontal shakl AKT sohasidagi fanlarning amaliy mashg‘ulotlarida, ba’zi hollarda ma’ruzada ham foydalaniladi.Bu shaklning kamchiligi shundaki, beriladigan topshiriqlar o‘rta darajada bo‘lib, yuqori ijodkorlikda ishlaydigan o‘quvchilarni o‘rta darajaga tushib qolishlariga olib keladi. Guruhli shakl. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar o‘qitishning guruhli shaklini o‘quvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘qitishning guruhli shaklida kichik guruhchalarga bo‘lib o‘qitish alohida ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil qilishda o‘quvchilarni bir-biriga yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni yo‘lga qo‘yish kerak. O‘quvchilar o‘rnini noa’anaviy holda bunday joylashtirish guruhchalarda muhokamali masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kichik guruhlardagi o‘quvchilar sonini quyidagicha hisobga olish lozim: 3ta, 4ta, 7ta va boshqa sondagi guruhchlar tashkil qilish kerak. Kichik guruhlardagi o‘quvchilarni aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, kirilldagi П harfi shakllarda joylashtirish maqsadga muvofiq . Kichik guruhlarda guruh a’zolari tomonidan o‘quv masalaning yechimini taqdim etishning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: ➢ birgalikda – individual: har bir kichik guruh o‘z faoliyati natijasini taqdim etadi, yechimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi. ➢ birgalikda–ketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, muammoning umumiy yechimi uchun zarur bo‘lgan mustaqil bo‘lak bo‘lib hisoblanadi. ➢ birgalikda–o‘zaro aloqadorlikda: tavsiya etilganlardan guruhli yechimlarning ma’lum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa uchun umumiy bo‘lgan yakuniy fikr ishlab chiqiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling