Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
Majmua

14.2. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish. Loyihaviy 
o‘qitish texnologiyasini informatika o`qituvchisining o`quv faoliyatini tashkil 
etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda; 
2. O`qituvchi tomonidan taklif etilgan kichik loyihalarning maktab 
o`quvchilari tomonidan bajara olinadigan bo’lishii;
3. Loyiha 
asosida 
faoliyat 
tashkil 
etilganda 
o`quv-mavzularda 
rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddati aniq ko’rsatilishi;
4. Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qilishi 
va u loyihaning boshqaruvchi, yo’naltiruvchisi hisoblanishi;
5. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`lishi.
6. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va 
vazifalari tushunarli, o`quvchilar bilan uning bajarish yo`llari kelishilgan bo`lishi;
7. Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining hohish va istaklariga binoan 
loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi; 
8. O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida 
baholanishi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham 
chiqarilgan bo’lishi;
9. O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini 
ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda himoya 
qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazilishi kerak bo’ladi.


105 
Informatika fanidan loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan 
darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, 
o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. 
O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchidan faollikda ish 
yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini bajarilishi talab 
etiladi. 
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik 
ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga 
erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf 
etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar 
oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir 
bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning 
tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling