Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu. Pedagogik faoliyat va unga qo’yilgan talablar
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI “Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi QARSHI – 2022 2 MUNDARIJA O‘quv materiallari: a) Ma’ruza matnlari b) Amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari 2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari 3. Glossariy 4. Ilovalar: a) Fan dasturi b) Ishchi fan dasturi v) Tarqatma materiallar d) Testlar g) Baholash mezonlari е) O‘UMning elektron varianti 3 1-mavzu. Pedagogik faoliyat va unga qo’yilgan talablar Reja 1.1.Pedagogik faoliyat. 1.2.Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar. 1.1.Pedagogik faoliyat.Pedagogik faoliyat turlari. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi “Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi” deb nomlanib, “Kim pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?” degan savolga javob beradi [1]. 5-модда. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi. Zamonaviy pedagogik(P) va axborot texnologiyalari(AT)ning ta’lim jarayoniga shiddat bilan kirib kelayotganligini hisobga olsak, pedagogning zamonaviy bo‘lmoqlik sharti bu bevosita pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishini hisobga olishimiz mumkin. a) Yanada kengroq e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarning integratsiyasidan foydalanish samarali natija berayotganligini ko‘rishimiz mumkin . 4 Birinchi Prezidentimizning “Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi” degan fikrlari buning yaqqol namunasidir. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi muhitini joriy etish va uning asosida ta’lim-tarbiya tizimida samarali natijalarni qo‘lga kiritishimiz lozim bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling