Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Bog'liq
Majmua

Maxsus kurs. Har bir yo‘nalishning o‘quv rejasida shu yo‘nalishda 
o‘qitiladigan maxsus kurslarga soatlar ajratilgan bo‘lib, mutaxassislikni chuqurroq 
o‘rgatishga xizmat qiladi. 5110700- Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim 
texnologiyalari”, “Masofali ta’lim texnologiyalari”, “Obyektga yo‘naltirilgan 
dasturlash tillari” va boshqa fanlar o‘rin olib bu fanlar shu yo‘nalish talabalarida 
innovatsion faoliyatga yo‘naltirishga o‘z hissasini qo‘shadi. 
Malakaviy amaliyot. Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ta’lim 
olayotgan talabalar olgan bilim va ko‘nikmalarini pedagogik amaliyot jarayonida 
qo‘llaydilar. Malakaviy amaliyot bo‘lg‘usi o‘qituvchida innovatsion faoliyatni 
shakllanishi, kasbiy pedagogik tafakkurning faol shakllanishiga, pedagoglik 
kasbiga va ta’lim oluvchilarga bo‘lgan hurmat, muhabbatini rivojlantirishga, 
kasbning sir-asrorlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Malakaviy amaliyot jarayonida 
talaba quyidagi ishlarni olib boradi. 


17 
➢ ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar, informatika fanini o‘rganishda 
qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik dasturiy vositalar va pedagogik 
texnologiyalarni o‘rganadi; 
➢ o‘qituvchi va sinf rahbarining o‘quv, tarbiyaviy va innovatsion faoliyati 
tizimi bilan tanishadi; 
➢ innovatsion pedagogik-psixologik metodlar yordamida o‘quvchi yoki 
pedagogik jamoaning psixologik-pedagogik tahlilini amalga oshiradi; 
➢ o‘quvchiga pedagogik- psixologik tavsifnoma tuzishni o‘rganadi; 
➢ fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish, tahlil qilishni o‘rganadi, 
bunda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishni amalda 
qo‘llaydi; 
➢ darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilarning ota-onalari 
bilan ishlashni o‘rganadi; 
➢ metodik ishlarda faol qatnashadi, o‘qituvchilarning o‘quv tarbiyaviy 
ishlari tajribasini o‘rganadi, tahlil qiladi;
➢ pedagogik kengashga qatnashadi, shuningdek, kurs ishi yoki bitiruv 
malakaviy ish mavzusi bo‘yicha materiallar to‘playdi va h.k. 
Malakaviy amaliyot jarayonida amaliyotchi talabalarni kasbiy pedagogik 
kompetentligini shakllantirish mezoni sifatida a) boshlang‘ich kompetentlikka
kasbiy pedagogik bilimlar, axborotlashuv, kommunikativ va tashkilotchilik 
qobiliyatlari, 2) tayanch kompetentlikka: baholash, pedagogik jarayon tahlili, 
o‘z-o‘zini tahlil, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish, 3) maxsus kompetentlikka: tadqiqotchilik, ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni bajarish, loyihalash va dasturchilik, innovatsion faoliyatni tashkil etish 
qobiliyatlarini kiritgan holda, kuzatuvlarimiz davomida kommunikativlik, 
tashkilotchilik va o‘z-o‘zini boshqarish, innovatsion pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalanish dinamikasini oshganligi, shuning bilan birga, 
loyihalash, 
o‘z-o‘zini 
baholash, 
va 
dasturlash 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganlgini ko‘rishimiz mumkin.


18 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling